Sahifamiz orqali bahor faslida bo’ladigan ayollar bayrami uchun tadbir ssenariylar,balli qizlar ko’rik tanlovi uchun ssenariy va she’rlari blan tanishishingiz mumkin.
Yuklab olish >> Balli qizlar ko’rik tanlov senariysi
Balli qizlar tanlovi.
Shartlar:
- Tabrik qismi
- Moda ko’rinishi
- O’yin (Buxorocha)
- She’r (mavzuga oid)
- Dasturxon tuzash
- Sahna ko’rinishi (Mavzuga oid)
- Tort bezash
- Ovqat pishirish
1-shart
Bu cheksiz davlati ma’mur
Buxorodan, Buxorodan.
Bu tengsiz san’ati manzur
Buxorodan, Buxorodan
Nigohi sizni lol etsa
So’zi oshufta hol etsa
Biling bu orazi suqsur
Buxorodan, Buxorodan
Assalomu alaykum qalbi daryo ustozlar, aziz maktabdoshlar. Biz bugun azim Buxoroning nufuzli ilm maskani bo’lmish qadrdon maktabimiz sahnasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovlarini o’tkazyapmiz. Biz va sinf qizlari o’zimizning kuch va mahoratimizni sinamoqdamiz.
Bizning qizlar otalarning erkasi
Bizning qizlar onalar yordamchisi
Bizning qizlar lobar, chevar,
Bizning qizlar mehnatsevar
Bizning guruh: ………
Bizning shior: Intilganga tole yor
Keling do’stlar tanishaylik yaqindan
Keling do’stlar bellashaylik adolatdan
(Yana mavzuga oid she’r va qo’shiqlar, o’yinlar ijro etiladi)
8-mart xotin-qizlar bayram ssenariysi
2–shartda har bir mofda namoyishiga chiqqan qizga uning xarakteriga moslab boshlovchi she’r o’qiydi:
- Budur bizning Saida
Uzun sochli xushqomat.
Iqtidorli u juda
Unga tilaymiz omad
- Budir bizning Sakina
Daftarlari to’la besh
U urishqoq va ishchan
Omad bo’lsin unga esh
- Budir bizning Nigora
Puxtadir qilgan ishi
Zukkolikda tengi yo’q
G’olib bo’lish xoxishi
- Budir bizning Madina
Intiluvchan u har on
Darrov qiladi gina
Biroq juda mehribon
- Budir bizning Ferangiz
U bo’lajak raqqosa
Shuni bilib qo’yingiz
U uyalchangdir rosa
- Budir bizning Munavvar
Qalbi tongday beg’ubor
Bilimdonlikda sarvar
“Intilish” unga shior
- Budir bizning Gulbahor
Qalbi she’r bilan hamroh
U oq kongil, odobli
She’ridan olar panoh
- Budir bizning Sharofat
Nozikkina, erka qiz
So’zlashi jonga rohat
U oilada yolg’iz
Ayollar haqida saralangan she’rlar to’plami
3-shart bo’yicha qizlarning raqs mahoratlari namoyish etiladi va hakamlar tomonidan baholanadi
- Shart-She’riyat qadim buyuk so’qmoq ekan….. degan ekan bir shoir. Darhaqiqat she’riyat ummoni keng, sarhadlari cheksiz. Bizning qizlar she’riyatga juda qiziqishadi. Sizlarga hozir Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor.” She’rini aytib bermoqchimiz. Marhamat tinglang
- shart Dasturxon tuzash-ushbu shartda qizlarning qanday mehmon kutishlari, yoki qanday dasturxon ustini bezashlari sinovdan o’tkaziladi. Bunda har bir narsaning qayerda va qanday joylashtirilganiga hakamlar hay’ati qat’iy e’tibor berishlari zarur.
- Sahna ko’rinishida mavzudan kelib chiqqan holda qizlarning aktiyorlik mahorati kuzatiladi.
- shart Tort bezashda sharoitdan kelib chiqib, qizlar buni og’zaki tushuntirsalar ham bo’ladi
- shart Ovqat pishirish shartida qizlarga maxsus konvertlar beriladi. Konvertlar ichida ma’lum bir yoki ikkita ovqatning nomi yozilgan bo’ladi. Qizlar shu ovqatlarning qanday tayyorlanishi haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Hakamlar hay’ati ushbu shartni baholashda mahsulotlar ketma-ketligi va necha kishiga mo’ljallanganligiga e’tibor beradilar.
Texnologiya faniga senariylar