Ayollar haqida saralangan she’rlar to’plami
Sizlar uchun eng yaxshi va chiroyli Ayol haqida she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu she’rlar minus va muqaddas ayolarimiz haqida she’rlar hisoblanadi.
Ayollar haqida saralangan she’rlar to’plami :
Muqaddas ayol!
Ona mehri
Aziz mukarramsan, o’zbek ayoli!
Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.
Sen uchun farzandning baxti bo;lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.
Har kiygan libosing malaklarga xos
Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.
Sen uchun boshimiz egikdir mudom,
Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,
Nomihg aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan-o’zbek ayoli.
Abadiy yog’du
Xonim deymu yo erkam, jonim,
Begim deymu yo deymu bonu.
Ayol otlih buyuk jahonim,
Sen men uchun abadiy yog`du.
Oyim deymu yoqud quyoshim,
Barcha sifat ojiz qarshingda.
Sening bilan ko`kdadir boshim,
Sen porlaysan ko`ngil arshimda.
Beshik emas, dunyo tebratgan
Deydilarki, Bu olam ichra
qolsa hamki bir dona ayol,
Zargar zoti kunduzu kecha.
Bezagini etarmish xayol.
Beshik emas, dunyo tebratgan,
Qo`llaringni o`psak bo`lur oz.
Oyohlaring ostida erkan.
Jannat degan eng oliy E’zoz.
Azizim ayol!
Sen bir chechakmiding bogda ochilgan,
Yoki bir libosmi, bahtga bichilgan,
Dunyoga ezgulik sen-la sochilgan,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen uchun yozildi qancha qo’shiqlar,
Ortingdan ovvora qancha oshiqlar,
Qoshingda eridi toshdan qattiqlar,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Seni haq yo’lingdan toydirguchi ko’p,
So’ng esa mish-mishlar yoydirguchi ko’p,
Ba’zida joningdan to’ydirguchi ko’p,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Erta saharlarda uyqudan kechib,
Dalaga otlanding, bolang opichib,
Tog kelsa kemirding, suv kelsa ichib,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ba’zi erkaklarda qolmadi imon,
Er-hotin qo’sh-ho’kiz desalar-yolgon,
Qo’shni endi yolgiz tortasan giryon,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Joying poygak bo’ldi, doim, to’r emas,
Mehnating, zahmating oshkor, sir emas,
Joningni dedilar qirqta, bir emas,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Yurakda qoldirding o’chmaydigan iz,
Dunyoda tushunding sen meni yolgiz,
Mayliga desinlar meni «feminist»,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen mening singlimsan, opam yo onam,
Yoki bir kelinchak, yoki bir sanam,
Senga qurbon bo’lsin bu jon, bu tanam!
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ozgina yumshadi bugun tosh diydam,
Sutingiz hurmati, aziz volidam,
Ayolga bitildi ushbu qasidam,
Men sizni azizam deyinmi ayol?
Ayollar haqida chiroyli she’rlar to’plami 2
Men oftobga alishmagan ayollar!
Ona!
Go’zal
Munis Ayol
Ayol Zotiga
Mehr ko’rmagan ayol
Аyolga pul bering, shunday pullarki…

Аyolga pul bering, shunday pullarki,
Erkaklar yashirib yurgan pullardan.
Аyolga pul bering, shunday pullarki,
Choyxonani kutib turgan pullardan.
Аyolga pul bering, ӯziga emas,
Rӯmol olmoqchidir qaynonasiga.
Ӯgʼliga planshet, qiziga kitob,
Nosvoy olmoqchidir qaynotasiga.
Аyol pul sӯrasa bӯlmang dargʼazab,
Busiz ham qaltirab turadi yurak.
Uyga mehmon kelar, pistayu bodom,
Dasturxonga banan, apelьsin kerak.
Аyol pul sӯrasa bӯling Hotamtoy,
Sizlarga yor bӯlsin xush kayfiyatlar.
Ey siz baraka boshi, ey boy otalar,
Muhtaram erkaklar, valineʼmatlar.
Erkak uchun pul qӯl kiri emish,
Tӯkilar restoran, mayxonalarda.
Erkak qӯlin yuvar ikki kunda bir,
Bir-biridan gӯzal choyxonalarda.
Erkak pul sarflasa kӯcha-kӯylarda,
Chӯntakda shamollar sayr etib yurar.
Pullari kӯchada qolgan uylarda,
Sichqonlar hassaga suyanib turar.
Erkak pul sarflashga ustasi farang,
Chorlar sinfdoshlar, bir kun jӯralar.
Bir kuni kasbdoshlar, dӯstlar, ulfatlar,
Tӯplanar kursdoshlar, mardlar, tӯralar.
Аyol-chi? Аyol bir sӯm topsa tugar ӯn joydan,
Borini oshirar eplar, uch-uchlar.
Eri tashlab ketgan yirtiq pulni ham,
Kӯziga surtadi, yamar, skotchlar.
Аyolga pul bering, sӯraganida,
Аyolga pul bering, bӯlmasdan baxil,
Аyolga pul bersangiz, uch-tӯrt kun ӯtmay,
Sizga xudo berar, mana men kafil.
Har qanday ayol misoli nargis…
Mayliga ayolni oʼramang zarga,
Uning uchun qurmang goʼzal Tojmahal,
Oltin ostonali qasrdan koʼra,
Аyolga muruvvat eʼtibor afzal!
Аyolni yurakdan seving ardoqlang,
Аvaylang koʼzingiz gavhari kabi,
Parvarish qilsangiz nozik gul misol,
Hamisha yashnaydi bahor singari!
Mehringiz ayamang koʼkka koʼtaring,
Baxtdan sarmast boʼlib aylansin boshi,
Sira ham qalbiga bermangiz ozor,
Yuzlarin yuvmasin achchiq koʼz yoshi!
Muxabbatin aslo toptamang hargiz,
Har qanday ayol misoli nargis…
YOLGʼIZ АYOL YIGLАMАSIN
Paxmon boʼlib ketgan sochlaring
Tolasida oq chiziklar bor…
Gamdan kuyib tutaydi iching..
Peshonangda ne yoziqlar bor…….
Umring oʼzi bulganku uvol..
Sen yiglama ey yolgʼiz ayol !!!
Gul yuzlaring sargaydi gamdan..
Eng yomoni boʼlmaydi bundan..
Oydek eding kam eding kimdan…
Bittagina utinchim sendan….
YOSh UMRINGNI QILMАGIN
ZАVOL…
8-mart ayollar bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami
SEN YIGLАMА EY YOLGʼIZ АYoL !!!
Yoding bilan yoring suratin..
Yuragingga bosib chizasan..
Tuman kabi kalbingda tutin..
Yiglayverib koʼnglim ezasan ….
Dema buldi bu umrim uvol…
Sen yiglama ey yolgiz ayol !!!
Koʼnglim yarim men sendan battar.
Oʼzim dardim oʼzimdan ortar..
Kungling sening ne deb olayin
Bu kismatni yaratgan bitar …
Sendek menda ming bitta xayol..
Yiglamagin ey yolgʼiz ayol !!
Noxaq otiladi tuxmat tosh…
Yelkang bosib kolar malomat…
Xali senda yetadi bardosh..
Ishonaman bor senda tokat….
Bardam boʼlgin uzing qoʼlga ol…
Sen yiglama ey yolgiz ayol !!!
Odamlarga berma xisobot..
Ular senga bulmagay yoʼldosh..
Senga bermas xech kim yaxshi ot…
Topilmagay darddingga
dildosh …
Dunyodagi tenggi yoʼk xilol..
Sen yiglama ey yolgiz ayol !!!
Yashasin ayol ham!
Ezdiku rashklaring, gumoning,
Quladi ishonchning togʼlari.
Sen yaxshim, men boʼldim yomoning,
Bizga berk xalovat bogʼlari.
Yoqmaydi, qadamim yurishim,
Taomlar zaxarmish yeganing.
Аyola….
Chidaydi turmushim,
Buzilib ketmasa boʼlgani.
Kundan kun ortmoqda nafrating,
Bilmaysan begunox ohuman.
Qaniydi uygʼonsang gʼaflating,
Ichingni yemirar yosuman.
Yuzimga qadalgan nigoxing,
Tillarim lol meni, til ojiz.
Oʼldirar har bitta soʼrogʼing,
Beʼmani rashk sabab, ex essiz.
Qoʼl berib yashaylik, suyganim,
Аsossiz rashk sabab tonmagin.
Injigʼim, qovogʼin uyganim,
Shod xurram yashaylik yonmagin.
Toʼydirma bunchalar hayotdan,
Yashashga izn ber xotirjam.
Men seni sevaman, ex nodon,
Baxt tuyib yashasin,
АYOL ham!!!