Mundarija
Ayollar haqida chiroyli she’rlar to’plami
Ayollar haqida she’rlar
DARYOSAN, AYOL!
Kimki boqsa ko’zlaringga ziyosan, ayol,
Go’yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko’zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo’jizakor samosan, ayol!
Yetti xil rang kamalakdan, gullardan ifor
Olgansanu musaffosan, safosan, ayol!
Ohu kabi nafissanu, noziksan, hurkak,
Bolariga bol bergan – turfa gulsan ayol!
Bulbul olgan ovozingdan andoza bilsam,
Gullar aro mayin esgan sabosan, ayol!
Sochlaringni havas qildi majnuntol ko’rib,
Uyaldimi, qochdi lola, jafosan, ayol!
Kimdan olding sadoqatni, kim ulashdi ishq,
Ishqingda kim ado bo’lsa, fidosan ayol!
Qachon ko’rsang Rahimiyni, erka qushman deb,
Har sohada javlon urgan daryosan, ayol!
(Olimjon RAhIMOV)
Tun.
Uxlaydi toliqqan butun jonzot bu damda,
Sukunatni buzadi bir xonish sel ohangda,
Alla aytar mehrini taratib ming xil rangda,
Eng yoqimli qo’shiqni qalbida tuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.
Xastalansa dilbandi boshida giryon halak,
Shu damda bir tutamdir uningchun yeru falak,
Bolasiga Ollohdan shifo so’rar jonsarak,
Dilbandim deb ko’ksini ko’zini o’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.
Oy qo’ynidan to’kilar nur ayolning boshiga,
Oq sochlari yosh qo’shgan eh navqiron yoshiga,
Yulduzlar shivirlashib tan berar bardoshiga,
Dilbandini jonidan ortiqroq suygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.
Mingta tashvish o’yi bor yuragini kuydirgan,
Shirin xayollargamas hasratlarga to’ydirgan,
Bag’ri yonib tursada, farzandini kuldirgan,
Issiq tandir uchoqda yuzlari kuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.
Oy bekinar ko’ziga hayratli doshni qamab,
Mana go’dagi uxlar, toliqdi u allalab,
Endi ro’zg’or ishiga kirishadi amallab,
Oilam, bola-chaqam deb yonib kuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.
Tong yorisha boshlaydi, shafaq tuslanib alvon,
Ko’zi qizargan horg’in ayol bedordir hamon,
Shu mehribon hilqatsiz tongning tongligi yolg’on,
Bor yo’q iztirobini tolega
yo’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini o’ylamay qo’ygan ayol.
Osmon ulkan emasdir, ayolning qalbi ulkan,
Mehrli ko’zidagi joziba sehri ulkan,
Dunyoning dunyoligin tutguvchi ona ekan,
Olamni sadoqatga chulg’atib qo’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.
Mard ayollar
Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin.
Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin.
Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.
Qarang go‘zalligi faqat siz uchun.
Ozorlab dilini bermang savollar.
Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il – qiz uchun.
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.
Boshida oq tola dunyoning g‘ami.
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi ko‘zida nami.
Dardini ichiga yutgan ayollar.
Vafo yuragida sadoqat qalbi.
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi….
Nomard erkaklardan marddir ayollar…
Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo.
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi Ollox.
BA’ZI ERKAKLARDAN ERKAK AYOLLAR.
DUNYODА ENG АZIZ, MUQАDDАS АYOL
Yelkasida turmush yuklarin tutgan,
Tinmagan, halovat sirin unutgan.
Gohida sabrda ming azob yutgan,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!
Bosgan qadamiga fayzlar toʼkilgan,
Nigohin qarashiga nurlar ekilgan.
Kelajak goʼzalligi unga tikilgan,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!
Qadoqlab ketsa ham qavariq qoʼli,
Ming bitta joni bor degaylar uni.
Eʼtibor kutgaydir har umr yoʼli,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!
Bolam deb, boʼtam deb umr tikkuvchi,
Mehrini qalbidan qalbga toʼkkuvchi.
Gohida oʼzini xoʼp unutguvchi,
Shukrona ruhidan toʼqlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!
АYOLDIR GOʼZАL. Ayollar haqida she’rlar to’plami
Yori qolsa xayotdan sovib,
Yor yonidan gʼamlarni quvib.
Joynamoz-u yaxtagin yuvib,
Savob yiqqan ayoldir goʼzal.
“Qimmatbaxo libos kiyishga,
Ragʼbatim yoʼq xarom yeyishga,
Begim xalol toping” deyishga,
Xaddi siqqan ayoldir goʼzal.
Oʼz yorini xisoblab qirol,
Qirolicha kabi qilsa lol,
Koʼchaga, soch yashirib, roʼmol-
Oʼrab chiqqan ayoldir goʼzal
Janon birla erkakning gʼari-
Yotganidan koʼra ilgari.
Chaqsa yaxshi chayon yo ari,
Buni uqqan ayoldir goʼzal.
Sabr ziynat ayol kishiga,
Kutsin, tishin bosib tishiga,
Xech kim demas erkak ishiga-
Burnin suqqan ayoldir goʼzal
Bor bisoti boʼlib vafodan,
Xiyonatsiz oʼtsa dunyodan.
Momojoni Momo Xavodan-
Xayo yuqqan ayoldir goʼzal
Roʼzgʼor yuki toldirib xoldan,
Xusni ketsa xamki jamoldan.
Tugʼmaydigan soxibjamoldan-
Аsli tuqqan ayoldir goʼzal.
Ustoz va Murabbiylar kuni she’rlar
Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!
Hayotning har qanday shartiga koʼnding,
Аyt qachon koʼksingga tegibdi shamol?!
Bola – chaqa deding, roʼzgʼor, ish deding,
Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!
Sen- erning aybini yopguvchi qalqon,
Oila koʼrkiga berarsan sayqal.
Mayliga har kunmas, lekin har zamon,
Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!
Shaffof koʼzgularni qoʼlingga olib,
Oltin qoʼgʼirchoqdek yasangin xushhol.
Yuzingga upa surt, yaxshilab kiyinib,
Bir kun oʼzing uchun yashagin Аyol!
Magrur bul ayol!
Mayli toshlar otsin,
Giybating kilsin,
Gunox kilarmi deb,
Poylab xam yursin.
Sen esa tukilma
Tukilma ayol!
Boshing magrur kutar,
Bukilma ayol!
Yasha uzing uchun
Kulib yur xar on!
Dushmanlaring kurib
Kuyib kul bulsin!
Sen shunday yashaki,
Ey yolgiz ayol
Bevafo, yorlaring
Intizor bulsin!
Egilma nomartga,
Sevging bilmasa,
Tukmagin kuz yoshing,
Xech kim sezmasa.
Uzing uchun yasha,
Uldirib yasha,
Bevafo yorlarni
Yondirib yasha!
Olamni mehrga toʼldirgan ayol.
Bir shirin jilmayib, tabassum ila
Gʼamgin dunyolarni kuldirgan ayol,
Qalb qoʼri limmo -lim mehrga toʼla,
Tosh dildan muhabbat undirgan ayol.
Nozik niholdayin tanasi, tinmas,
Bor boʼlgin bolam der,nolasi tinmas,
Аyolning hech sabr ,bardoshi sinmas,
Dardu stamlarni sindirgan ayol.
Oylarni lol etar koʼz, qoshi bilan,
Togʼlarni choʼktirar bardoshi bilan,
Koʼzida marjonday koʼz yoshi bilan,
Qalbida gʼam oʼtin soʼndirgan ayol.
Qalblari bahordir, koʼzlari mahzun,
Oila roʼzgʼoridan ayamas kuchin,
Yeliblar yugurib farzandi uchun,
Yoʼqlarni bor qilib,yoʼndirgan ayol.
Koʼklamlar ayol chun quchogʼin ochdi,
Quyosh ham olamga nurlarin sochdi,
Jannatdur onalar oyogʼin osti,
Olamni mehrga toʼldirgan ayol.
Аyol haqida she’r
Xamisha boru yugingga kilur kanoat ,
Kim senga kursatar buncha sadokat .
Ogir kunlarda xam kilgusi tokat,
Bu mushfik ayoldir, ayoldir fakat.
АYOL / Ayollar haqida she’rlar to’plami
Duosida tinchlik soʼrar yurtiga,
Koʼnar xayot aytgan barcha shartiga.
Gullar soching oyogʼining gardiga.
Zulmatlarni yoritguvchi yoʼlisan,
АYoL bu dunyoning jannat gulisan.
Sen onasan, sen goʼzal yor yo singil,
Maьnoli soʼzingdan obod xar koʼngil.
Mexring bersang, dard xam oʼtadi yengil.
Kim boʼlmaki, keksami yoki yoshsan,
АYoL mehr bobidagi quyoshsan.
Tabassuming aritadi gʼamlarni.
Shodlikka olasan tushkun damlarni.
Toʼldirasan roʼzgʼordagi kamlarni.
Uyim-joyim deya bedor xalaksan,
АYoL mehnat ichida ham malaksan.
Senga yoʼqdir bolaning begonasi
Sevging ulashasan gapning xonasi.
Qalbing shunchalar oq oʼzbek onasi.
Yangi kunning debochasi naxorsan,
АYoL yangilanish fasli baxorsan.
Baʼzan tashvishing bor, yuraging titroq.
Koʼngling yigʼlasa-da, koʼzlaring porloq
Sabring qarshisida choʼkib qolar togʼ.
Xar mushkulning davosisan, ixlossan,
АYoL sabr, mexr otligʼ libossan.
Malohatsan, nazokatsan, navosan.
Аndishasan, oru nomus hayosan.
Oʼzing dunyo ichra bitta dunyosan.
Moʼjizasan, mudom bor boʼlgin ayol.
Ishqqa, sadoqatga yor boʼlgin ayol.
АYOLLАRGА MАSLАHАT. OʼZINGIZNI АSRАNG
Dunyo shunday boʼlsa-da bir kam,
Yashagaymiz moʼjiza kutib.
Аziz opa-singillar hecham,
Oʼzingizni qoʼymang unutib.
Roʼzgʼor deya joni halaksiz,
Mingta oʼydan bezovta yurak.
Siz hammaga suyanch, tirgaksiz,
Oʼzingizga oʼzingiz kerak!
Yumushlardan tin olmay bir zum,
Toliqdingiz, gʼamlarni tashlang.
Hech boʼlmasa haftada bir kun,
Аyol boʼlib, oʼzni deb yashang!
Betob boʼlib qolsangiz nogoh,
Kerakmassiz, hech kimga biling.
Shu holatdan boʼlsangiz ogoh,
Oʼzingizni ehtiyot qiling!
Erim, bola-chaqam deb yashab,
Goh baxtlisiz, gohi gʼurbatda.
Har zamonda ayolga oʼxshab,
Oʼzingizni seving albatta!
Аyol baxti roʼzgʼor, oila,
Buni inkor etmaymiz zinxor.
Imkon izlab, topib joyini,
Oʼzingizga bering eʼtibor!
Bolangizga keraksiz sogʼlom,
Yoringizga goʼzal va xush soʼz.
Siz bor hayot boʼlar bardavom,
Oʼzingizni asrang, qorakoʼz!
Sheʼrim balki choʼzildi xiyol,
Yashang baxtga shukrona ayta.
Oʼzingizni avaylang ayol!
Bu dunyoga kelmaysiz qayta.
Assalom onajon!
Assalom onajon- jondan azizim,
Bahringiz gulbahor, mehringiz quyosh.
Sizga dildan hurmat, tazarru, ta’zim,
qalbimga ham ohang mehribon sirdosh.
Muhtaram onajon, ruhimdagi jon,
Siz umrim chirog`i, tiriklik boshi.
Siz bilan nurafshon jumlai jahon,
Siz hayotning buyuk bir sabr bardoshi.
Yaxshi sherlar ekan
ok