Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Ustoz va murabbiylar kuniga eng chiroyli she’rlar to’plami

Ustoz va murabbiylar kuniga eng chiroyli she’rlar to’plami

Ustoz va murabbiylar kuniga eng chiroyli she’rlar to’plami

Ustoz va murabbiylar kuniga eng chiroyli she'rlar to'plami

Etiboringizga 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni bayrami uchun she’rlar to’plami.

Ustoz va murabbiylar kuniga eng chiroyli she’rlar to’plami

RAXMAT SIZGA USTOZLAR.

RAXMAT SIZGA USTOZLAR

Oqargan sochingizda,
Meni ham hissam bor.
Siz borsiz menda doyim,
Bo‘lar omadlar bisyor.

Siz bergan saboqlardan,
O‘zimni o‘nglab olaman.
To‘g‘ri fikir chiqarib,
To‘g‘ri yo‘lda boraman.

Siz misoli bir quyosh,
Sizga intiq o‘smir yosh.
Agar siz bo‘lmasangiz,
Bo‘lamiz bizlar bebosh.

Hayotimni yoritgan
Sizning katta mehringiz.
Hamma narsaga yetar
Sizning jajji aqlingiz.

Biz sizni hurmat qilamiz
Bizlar sizni sevamiz.
Siz bo‘lmasangiz biz
Kimdan ilim olamiz.

Sizni sevaman ustozim
Siz o‘zingiz dil torim.
Hayotida yagona bo‘lgan
Ilimga to‘la gul bog‘im.

She’rlarni yuklab olish pdf da>>

1-oktabr Ustozlar bayramiga o’zbekcha va ruscha she’rlar

USTOZLAR.

USTOZLAR

1-Oktabr Ustoz va murabbiylar kuni sher

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Ustozlardan ko`p bilim olib

Ustozlarni ko`p ulug`laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o`ylab ko`r-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o`chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo`lma hech.
Bilsang faqat u seni o`ylar,
Тo`g`ri yo`lga — bilimga yo`llar.
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko`p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.

Aziz ustoz 

Aziz ustoz 

Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?
Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz
— Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?

Ustoz otangday ulug’

Ustoz otangday ulug’

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

USTOZLAR OMMON BO’LING!

USTOZLAR OMMON BO’LING!Ustoz va murabbiylar kuniga eng chiroyli she’rlar to’plami yana ajoyib she’rlar

Yana qalam ushladim.
Sher yozishni boshladim.
Talablarga binoan.
Ustozlarni maqtadim.

Xalqimizda bugun bayram.
Jonajon ustozlar kuni.
Xar bir ilm olgan odam.
Qadirlaydi ustozini.

Ex ustozlar bor böling.
Doyimo kulib yuring.
Biz yoshlarni baxtiga.
Doyimo omon böling.

Xammon yodda saqlanar.
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib.
Ustoz bergan saboqlar.

Gox söylaysiz xayotdan.
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlariz olgan odam.
Xech qörqmaydi sinovdan.

Qancha maxtov bölsa kam.
Chunki siz bor yorug’ olam.
Ustoz körmagan odamni.
Tan olmaydi bu olam.

Bilib bilmay sizlarni.
Köp rajitib qöyamiz.
Umir ötib kech bölgaoda.
Afsus qilib yig’laymiz.

Tög’ri bazi payitlarda.
Siz xam qarab turmaysiz.
Qöl ishlatib ursangizda.
Yomon böl deb urmaysiz.

Bölsin erkak yo ayol.
Tilim berar extimol.
Ular bergan saboqdan.
Özligingni anglab ol.

Nima deb atay mualimmi.
Yoki ustoz, domlajon.
Siz siz xayot xayotmi.
Barchangizdur jonajon.

Vatan haqida she’rlar

Ustozlar uchun she’rlar to’plami

Ustozlar uchun she’rlar to’plamiQadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh
— Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim
— Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa
— Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

1-oktabr bayrami uchun o’qituvchi ustozlarga bayram tabrigi

MUALLIM

MUALLIMFan bogʼining bogʼbonisan, muallim, Million dillar dostonisan, muallim.
Sen urgatding maʼrifatdan zoʼr kitob, Bul kitobki, nur sochishda zoʼr oftob.
Xazinasan, kalbing mehr daryosi, Unda porlar uluhlarning ziyosi.
Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding, Аklu, idrok, farosatdan dars berding.
Butun umring joning fido farzandga, Yetaklaysan doim oliy maksadga.
Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin, Vatanimiz shonu shuxratga tulsin

Til haqida eng chiroyli she’rlar to’plami

Ustozlarim

UstozlarimSizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Askarlar haqida she’rlar

USTOZ

USTOZBilim — katta daryo,
ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar,
Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob.
Kundaligim varag’ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi
— Bolalikda to’g’rilandi xatolar.
Esdalik daftarimni qo’lga oldim,
O’quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.
O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.

She’rlarni yuklab olish pdf da>>

USTOZLAR OMMON BO’LING.

USTOZLAR OMMON BO'LING.Yana qalam ushladim.
Sher yozishni boshladim.
Talablarga binoan.
Ustozlarni maqtadim.
Xalqimizda bugun bayram.
Jonajon ustozlar kuni.
Xar bir ilm olgan odam.
Qadirlaydi ustozini.
Ex ustozlar bor böling.
Doyimo kulib yuring.
Biz yoshlarni baxtiga.
Doyimo omon böling.
Xammon yodda saqlanar.
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib.
Ustoz bergan saboqlar.
Gox söylaysiz xayotdan.
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlariz olgan odam.
Xech qörqmaydi sinovdan.
Qancha maxtov bölsa kam.
Chunki siz bor yorug’ olam.
Ustoz körmagan odamni.
Tan olmaydi bu olam.
Bilib bilmay sizlarni.
Köp rajitib qöyamiz.
Umir ötib kech bölgaoda.
Afsus qilib yig’laymiz.
Tög’ri bazi payitlarda.
Siz xam qarab turmaysiz.
Qöl ishlatib ursangizda.
Yomon böl deb urmaysiz.
Bölsin erkak yo ayol.
Tilim berar extimol.
Ular bergan saboqdan.
Özligingni anglab ol.
Nima deb atay mualimmi.
Yoki ustoz, domlajon.
Siz siz xayot xayotmi.
Barchangizdur jonajon.

Ulug’ Ustoz

Ulug' UstozUlug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Boshqa she’rlar to’plami

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top