Ustozlarga bayram tabrigi she’r.Bu sahifamizdan ustoz va murabbiylar bayramiga atalgan fan o’qituvchilariga bayram tabrigi sifatida yozilgan juda ham qiziqarli va ma’noli she’rlarni topishingiz mumkin.She’rlardan foydalaning, o’qituvchilaringiz va hamkasblaringizga ulashing.
Ustozlarga bayram tabrigi.
Boshlang’ich ustozlarga.
Boshlangʼichdan boshlanar hayot
Soʼzlaringiz tuganmas bayot,
Koʼzingizda mehr limmo -lim,
Siz buyuksiz ustoz muallim,
Sizga boʼlsin qadr va eʼzoz,
Omon boʼling boshlangʼich ustoz,
Hayotingiz nurlarga toʼlsin,
Bayramingiz muborak boʼlsin.
Ona tili va Adabiyot ustozlarga.
Soʼzlardan yasab siz nafis guldasta,
Oʼquvchilar tomon tutasiz asta,
Shirin soʼz, jilmayib soʼzlaysiz har dam,
Аjib jumlalarda olam mujassam.
Sizda soʼz sanʼati Navoiyga xos,
Siz ona Vatanning koʼrkisiz ustoz,
Doim yoʼllaringiz gullarga toʼlsin,
Аziz bayramingiz muborak boʼlsin.
Matematika ustozlarga.
Hamma uchun kerak mashq,misolingiz,
Cheksiz boʼlsin ustoz baxtu kamolingiz,
Toʼrt amalning barcha uchun keragi bor,
Ustoz sizda Xorazmiy yuragi bor.
Xalqim deya,yurtim deya tinmadingiz,
Togʼlarga teng boʼlsin qadr qimmatingiz,
Rizqingiz ham qadringizdek ulugʼ boʼlsin,
Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin,qutlugʼ boʼlsin.
Ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi.
Kimyo va Biologiya ustozlarga.
Dur marvarid,yoqut koʼzli ustozlarim,
Sizga boʼlsin bugun eng zoʼr dilrozlarim,
Oltin boʼlsin,topganingiz tillo boʼlsin,
Borganingiz ulugʼ Kaʼʼbatilloh boʼlsin.
Oftob,zarrin nurlar yogʼsin yuzingizdan,
Rayhon sunbul unsin yurgan izingizdan.
Shodliklarga toʼlib toshsin har damingiz,
Qutlugʼ boʼlsin bugun aziz bayramingiz.
Tarixchi ustozlarga.
Kelajakka koʼprik boʼlgan tarixingiz,
Men soʼz bilan qilolmayman taʼrifingiz
Jurʼatingiz choʼpon Shiroq tayogʼidek,
Shiddatingiz Iskandarning mayogʼidek,
Koʼksingizda qadim Sharqning silsilasi,
Miyangizda Bonapartning xotirasi,
Kleopatra tabassumi labingizda,
Shohjahonning muhabbati qalbingizda,
Dono boʼlar doim tarix ustoz ahli,
Sizda bordir Piyotrning oʼtkir aqli,
Sizga qancha taʼrif aytsam shuncha kamdir,
Bobom Temur oʼgitlari sizda jamdir,
Qilsin oliy toifalar xoʼp nasiblar,
Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin hamkasblar.
Fizik ustozlarga.
Tabiatning qonunlarin anglagansiz,
Siz dunyoda eng zoʼr fanni tanlagansiz,
Fizikasiz hatto tonglar yorishmaydi,
Jismlar ham bir birini tortishmaydi,
Nьyutonning olmasini yoʼqdir puchi,
Hammamizni ushlab turar tortish kuchi,
Bu qonun bor har tabiat aʼzosida,
Siz eng yaxshi bu dunyo-yu, fazosida,
Sizga boʼlgan mehrimni siz dilga joylang,
Bugun bayram tabrigimni qabul aylang.
21-oktabr o’zbek tili bayramiga she’rlar va qo’shiqlar
Geografiya ustozlarga.
Qoʼlingizda butun dunyo xaritasi,
Sizni aytgum men taʼlimning farishtasi,
Ishgʼol aylab ulgurgansiz dil qaʼrini,
Sizga tortiq aylasam kam Yer sharini,
Moviy dengiz havosidek navolisiz,
Tunda esgan biriz kabi safolisiz,
Himolaydek baland boʼlsin qadringiz ham,
Аnd togʼidek uzun boʼlsin umringiz ham,
Tiniq boʼlsin doim koʼku osmoningiz,
Qutlugʼ boʼlsin ustoz bugun ayyomingiz.
Jismoniy tarbiya ustozlariga.
Kim yoʼq boʼlsa u darsiga qarab turar,
Oʼquvchilar doim uni soʼrab turar,
Taʼriflashga menda afsus soʼzlar yetmas,
Oʼquvilar uni darsidan qochib ketmas,
,,Oʼtamizmi” deb soʼrashar darsni boz,boz,
Baxtimizga omon boʼling,, Jismon” ustoz
Hayotingiz goʼzal boʼlsin,nurga toʼlsin,
Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin,qutlugʼ boʼlsin.
Rahbarlarga.
Ped jamoangiz shunday inoq ahil boʼlsin,
Maktabingiz har doim ham yashil boʼlsin,
Ne boʼlsa ham repititorlar yurib tursin,
Bitiruvchilar oʼqishlarga kirib tursin,
Ulugʼ boʼlsin kasbu koru mansabingiz,
Qizillarga tushmasin hech maktabingiz,
Majlislarda boʼlmasin hech koʼngil hira,
Yigʼilishlarga borib kelib tolmang sira.
Qadringiz teng boʼlsin deyman tillo zarga,
Bayram qutlugʼ boʼlsin ahli rahbarlarga.
Xurshid Karim she’ri.