Kitob haqida chiroyli she’rlar to’plami

Kitob haqida chiroyli she’rlar to’plami

Kitob haqida chiroyli she’rlar to’plami

Kitob mening do’stimsan (Qo‘shiq).

Kitob haqida chiroyli she'rlar to'plami

Yosh o‘ynoqi ko‘zlarim,
Shuur olar kitobdan.
Tarkib topib so‘zlarim,
Baxtim kular kitobdan.

Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.
Jovon ichra joylashgan
Quyosh sochib nur-ziyo.

Har yaxshilik, har yomon,
Qat-qatida joylashgan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.

Barcha bilmas qahramon,
El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqatib,
Qonib o‘qish bir odat.

Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.

VATAN HAQIDA SHE’RLAR >>

Bolaga kitob bering!

Bolaga kitob bering

Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!.
Qingʼir yoʼlga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!.
Internet-degan ajdar,
Goh undan oqar zahar,
Dod-demay, roʼzi mahshar,
Bolaga kitob bering!.
Kel! – diya, imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming, ming astagʼfirulloh,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzi ochiq koʼrmasdan,
Shayton yoʼldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!.
Koʼkrak kerib yurganlar,
Koʼrkam saroy qurganlar,
Ne beray, deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
“Lison ut tayir”larim,
Yurakka sayrlarim,
Аvliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzlarni ochish kerak,
Gʼaflatdan qochish kerak.
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Dersiz: “Pul yigʼish kerak,
Oltinu, kumush kerak”,
Xudodan qoʼrqish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Gullar quchib yurganlar,
Gulsaroylar qurganlar,
Ne beray-deb, tuganlar,
Bolaga kitob bering!.
Xazinai jahon u,
Kichik Аbu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!.
Buxoriy-sarvarim u,
Termiziy-anvarim u,
Mahmud Zamaxsharim u,
Bolaga kitob bering!.
Keskir qilich boʼlsin u,
Kitobga oʼch boʼlsin u,
Yengilmas kuch boʼlsin u,
Bolaga kitob bering!.
Xonlar kabi yurganlar,
Xonsaroylar qurganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxti boʼlsin, kulsin u,
Bolaga kitob bering!.

ASKARLAR HAQIDA SHE’RLAR >>

She’r. Kitob deydi

She’r. Kitob deydi

Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo‘lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog‘im.

Kitob deydi

Kitob deydi

Kitob deydi: -«Men bilan,
Doʼstlashing, boʼlur foyda.
Oʼrgansangiz qunt bilan,
Аsqotaman xar joyda.

«Bilim manbai» derlar,
Barcha meni ardoqlab.
Meni qoʼlga olsanglar,
Nomim qoʼyaman oqlab!»

Kitob haqida

Kitob haqida

Tushimga kiribdi bir kuni kitob.
Haddan ziyod xarob ahvoli.
Yuzida ming faryod, aylardi xitob.
Dimog’im bo’g’ardi uni savoli.
-Endi meni keragim yo’qmi?
Nega uloqtirding meni jovonga?
Aqldan shunchalik ko’ngillar to’qmi?
Keragim qolmadimi? endi zamonga.
Xechkim o’qimaydi, yozadigan ko’p.
Planshet a’lodur, alifboyimdan.
Meni yirtib… noxot soladigan ko’p.
Xechkim olib qo»ymas … sigir poyidan.
Ho’p dedim, chidadim, o’qimay qo’yding.
Sabirim qolmadi zarra toqatga.
Qog’oz yuragimni olovda so’yding.
Ishlatib yubording xojatga.
Kitoblari qolgan kutubxonani.
Majburan obuna bo’lar o’quvchi.
Asrlab asragan asarlarimni.
Xaridori faqat, pista sotuvchi.
Telefonni yaratish uchun.
Mendan to’plangandi barcha ma’lumot…
Shu yerga kelganda yetmadi kuchim.
Shu so’zga dod soldi butun koinot.….

Kitob o’qigan bola

Kitob o'qigan bolaO‘rganar avval odob
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob
Kitob o‘qigan bola.

Hurmat qilar kattani,
Kichiklar jon-u tani,
Bajaradi va’dani —
Kitob o‘qigan bola.

Suhbati xo‘p serma’no,
Yurish-turishi a’lo.
Olar faqat “besh” baho
Kitob o‘qigan bola.

VATAN HAQIDA SHE’RLAR >>

Kitob -Obid Rasul

Kitob - Obid RasulDarslik kitob qo’lingda,
Berilgandir u senga.
Yirtmay ko‘zday asrasang,
Kerak ukang Erkinga.

Erkin ham but yuritsa,
Muallim xursand bo‘lar.
Kitobga mehri ko‘pni
Sinfdoshlar xush ko‘rar.

Kitobing qoldan qolga,
O‘tib borsa top-toza.
Undan ko‘plar shodlanib,
Olishadi andoza.

Kitob bilim manbayi,
Bu barchaga ayon — haq.
Kitob o‘qib yashasang,
Umring o‘tar xushchaqchaq.

Boshqa she’rlar

Manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali