Bahor fasli haqida she'rlar to'plami.
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Bahor fasli haqida she’rlar to’plami.Navro’z, ayollar haqida she’rlar.

Bahor fasli haqida she’rlar to’plami.Navro’z, ayollar haqida she’rlar.

Bahor fasli haqida eng yangi she’rlar to’plami.Bolalar kattalar uchun 8-mart xotin – qizlar bayrami, navro’z bahor bayrami, va ayollarga atab eng sara she’rlar to’plami.

Bahor fasli haqida she'rlar to'plami.

Bahor fasli.

Bahor – fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. Daraxtlar gulga burkanadi, qushlarning orombaxsh sasi olamni tutadi.Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi.

Xush kelding ey Bahorim.

Toʼrt faslning oldida
aytay bugun iqrorim,
Quchoq ochibon kutib,
qilay sevgi izhorim,
Fasllar orasida
chiroyli, betakrorim,
Xush kelding suyukligim,
xush kelding ey Bahorim.

Yerdan boychechak chiqdi –
qorlarga alam qilsin,
Qaxraton qishga mehri
borlarga alam qilsin,
Yomgʼir sevmagan koʼngli
torlarga alam qilsin,
Xush kelding suyukligim,
xush kelding ey Bahorim.

Sevgi kurtak ochadi –
toshlarga alam qilsin,
Zilol suv qiqirlar koʼz
yoshlarga alam qilsin,
Sevib qolmagan yolgʼiz
boshlarga alam qilsin,
Xush kelding suyukligim,
xush kelding ey Bahorim.

Yetti malak pishirar
doshqozonda sumalak,
Chiroyiga zeb berar
yetti rangli kamalak,
Аtrofida parvona
oshiq boʼlib kapalak,
Xush kelding suyukligim,
xush kelding ey Bahorim.

Yomgʼirlari yuvadi
yurakdagi dogʼlarni,
Sehrli jozibasi
chogʼ qilar dimogʼlarni,
Chiroyi bosh egdirar
hatto magʼrur togʼlarni,
Xush kelding suyukligim,
xush kelding ey Bahorim.

Yam yashil oʼt maysazor,
ajib iforlari bor,
Qir adirlar lolazor,
alvon gulzorlari bor,
Bahorni sevib qolgan
bizdek xushtorlari bor,
Xush kelding suyukligim,
xush kelding ey Bahorim.

21 mart navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami

Kechikkan Bahor.

Qayerlarda eding kerak fursating,
Endi xuzuringdan koʼpdir ozorim.
Koʼnglimni ezadi bor xaqiqating,
Umrimga kechikib kelgan baxorim.

Uzoqdan umiding milt etib porlar,
Shirin aldov bilan oʼziga chorlar,
Kurtagi ochilmay burkagan qorlar,
Umrimga kechikib kelgan baxorim.

Аxir kutgan edim seni yil boʼyi,
Аsir etgan edi visoling oʼyi,
Baxorsanu kelar kuzning mung kuyi,
Umrimga kechikib kelgan baxorim.

Mayli boʼgʼzim yoqar bir ohim boʼlgin,
Savob deb topganim gunoxim boʼlgin,
Soʼnggi nafasgacha xamroxim boʼlgin
Umrimga kechikib kelgan baxorim.

Bahor ko’klam.

Biz kutgandik baxor taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sogʼingandik baxor faslini,
Qarang baxor isi sezildi.

Qarang qushlar ovozi jarang,
Koʼz quvnatar koʼm koʼk maysalar.
Ochilmoqda gullar rang barang,
Baxor goʼzal ayting qanchalar?

Yeh baxorni oʼrni boʼlakcha,
Oʼxshamaydi xech bir fasilga.
Baxordagi gullar oʼzgacha,
Mast boʼlasiz gullar xidiga.

Sogʼngandik baxor faslini,
Qarang baxor yoʼqlab kelibti.
Najot berib mayin shabboda,
Qarang koʼkda varrak uchibti.

Biz kutgandik oftob taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sogʼingandik baxor faslini,
Qarang baxor isi sezildi.

Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

Bahor fasli tabrik sherlari.

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso – bir tayoq tushsin.Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin…

Bahor keldi o’lkamizga

Bahor fasli.

Yana keldi qaldirg’och
Humo qo’ndi yelkamizga
Borliq bizga bag’ring och
Bahor fasli tarovatin
Shunda bildim tabiat
Qish ketib bahor keldi
Quyosh bobo nuring soch
Bahor kelinchak misol
Sepin yoydi olamga
Ko’rib ko’zing quvnaydi
Boychechagu lolamga
Sen yaproqdagi shabnam
Fasllarning sarasi
Qo’y qo’zilar o’tlagan
Yaylovlarning egasi
O’zingdir olam ko’rki
Fasllar kelinchagi
Bolasi orom olgan
Kelinchak belanchagi
Senda hayot mujassam
Sen yasharish faslisan
Yangi yil ibtidosi
Yorqin hayot aslisan.
Bahor Fasli Ko’klamoyim.
Sochimda oq, men bahordan o‘tindim:
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Qor qo‘ynida seni qo‘msab o‘kindim,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Kel-da endi sog‘intirmay odamni,
Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni…
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Jon ustida asrab yuray ko‘kni men,
To‘yib-to‘yib ko‘zga suray ko‘kni men.
Yana senga yetamanmi-yo‘qmi men,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala-dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo‘yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim!..

Sog’indingmi bahorni.

Oʼtdi qishning sovugʼi,
Goxi qizgʼonib qorni.
Oʼyga tolib tun chogʼi,
Sogʼindingmi baxorni?

Gullarning sarasini,
Qushlarning sayrashini,
Koʼngillar yayrashini,
Sogʼindingmi baxorni?!

Sabo chertsa dil toring,
Iliq, nurli naxoring.
Qaldirgʼochlar izxorin
Sogʼindingmi baxorni?!

Tunda tushib qirq malak,
Pishiradi sumalak.
Kimlar yetolmay xalak.
Sogʼindingmi baxorni?!

Sirli yomgʼir shivirin,
Kamalak rangin sirin.
Eslagin birin-birin.
Sogʼindingmi baxorni?!

Varrak uchgan osmonda,
Oʼrik gullagan onda.
Dil yayrab xayajonda.
Sogʼindingmi baxorni?!

Qir-u adirlarga boq.
Ochilganda qizgʼaldoq.
Shirin entikib shu choq.
Sogʼindingmi baxorni?!

8-mart ayollar bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami

Bahor keldi seni so’roqlab…

Bahor keldi seni so'roqlab

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.

Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

“Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
“Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?”

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

8-mart xotin-qizlar bayram ssenariysi

Bahor fasli haqida she’r

Inson ko’zlarida jon olar bahor,
Barcha tomirida uning to’lqini.
O’tmishning behuda oni kabi qor,
Beiz, bedard erib ketar uchquni.

Inson ko’zlarida jon olar bahor,
O’yinqaroq go’dak singari bulut.
Ko’k qovog’i uyuq, yorqin bir viqor,
Kishilar qalbidan boqar bo’lib o’t.

Bahorning sehrgar boqiy chiroyi,
Yosh-u keksa ko’nglin ovlaydi birdek.
Ko’zguni sindirib tashlar. Chiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.

Har nurga, har qushga, har kurtakka shod,
Benihoya yaqin bo’ladi yiroq.
Go’yo sensiz hosil bo’ladi barbod,
Har tikilgan chigit ko’ksing etar tog’.

Bahor bo’lmasaydi, odamzod albat,
O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

Vafo qilurmisan bahorim.

Ruhimda yo’qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo’qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yoz o’tdi, kuz o’tdi, qish o’tdi,
Boshlardan sinovli ish o’tdi.
Yurakka izg’irin – nish o’tdi,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog’indim,
Chechakzor yerlarni sog’indim,
U inja sirlarni sog’indim,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Lolaning lablari xandadir,
Dog’i ham tubida – andadir.
Qxshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Intiqmiz do’st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan – tor bilan,
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Navro’z -bahor bayrami ssenariylar to’plami

Buncha yaxshisan bahor.

Sunbul-sunbul bir quloch,
Tolbargakdan taqib soch.
Gul tersam, guloyim deb,
Qo’shiq aytdi qaldirg’och.

Olam go’zal, beg’ubor,
Buncha yaxshisan, bahor.
Gulzorlar bo’y taratar,
Bulbullarni sayratar.

Halinchagim hayyo-hu-uv,
Uchsam jonni yayratar.
Ko’ngil naqshisan, bahor,
Buncha yaxshisan, bahor.

Chehralarga chiroy sen,
Sehrga, sirga boy sen.
Osmoni tinch elimda,
Qanot yozgan Xumoy sen.

Hofiz – baxshisan bahor,
Buncha yaxshisan, bahor.

Yil fasllar haqida eng yangi she’rlar.

Bahor guli.

Bilib qo’ying suyganimni,
Yor ishqida kuyganimni.
O’ylab bag’rim tilganimni,
Sevgan yorim Bahor guli.

Erta bahor uni ko’rdim,
Bir ko’rdimu uni sevdim.
Bir tuyg’uni qalbga tuydim,
Sevgan jonim Bahor guli.

Har bahorni intiq kutdim,
Bahor gulni ko’rgach kuldim.
Kuz kelmasin deya yurdim,
Sevgan gulim Bahor guli.

Kuz kelganga bahor ketdi,
Nega bahor tashlab ketdi?
Qish yuragim ezib ketdi,
Kuygan gulim Bahor guli.

Bahor keldi.

Keldi bahor, gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.

Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar mildirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho’h bulbullar sayrashar.

Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog’da qizil lolalar,
Terib oling bolalar.

Tog’ bag’rida qo’zilar,
Ma’rab o’tga cho’zilar.
Tolbargak taqib qizlar,
Chuchmomalarni izlar.

Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g’uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog’lar,
Bizni kutar o’rtoqlar.

she’rlar to’plami.

manba

Subscribe
Notify of
guest
1 Fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
1
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top