Bosh sahifa » Tadbir senariysi » Navro’z -bahor bayrami ssenariylar to’plami

Navro’z -bahor bayrami ssenariylar to’plami

by nafisa nafisa

Navro’z -bahor bayrami 

Navro'z -bahor bayrami ssenariylar to'plami

Ushbu sahifamizda Bahor bayrami bo’lmish navro’z bayramiga atalgan ssenariylar to’plami keltirilgan havolani ustiga bosing va bepul yuklab oling.

21-mart navro’z bayrami

navro’z tadbir ssenariysi

navro’z bayrami ssenariysi

navro’z bayramga buklet

 

Poyi qadamingdan aylanay Navro’z

O’quvchilar “Binafsha” guruhi ijro etgan “Kamolot” qo’shig’i bilan sahnaga kirib kelishadi.

Boshlovchi:

— Assalomu alaykum qadrli bayram qatnashchilari, muhtarama mehmonlar, munis onaxonlar! O’lkamizda bahor nafasi kezib yurgan ayni  damlarda hamyurtlarimiz kayfiyatida ham o’zgacha ko’tarinkilik. Yosh – u qari yasharish va yangilanish, fasllar kelinchagi bo’lmish Bahoroyni  allanechuk intiqlik bilan kutishadi.

Siz azizlarni bahoringiz, yangi kuningiz bo’lmish Navro’zingiz bilan muborakbod etish maqsadida 10 – maktabning        — sinf o’quvchilari “Poyi qadamingdan aylanay, Navro’z” nomli bayram dasturini tayyorlaganlar. Marhamat tinglab tomosha qiling!

“Bahor valsi” yangraydi, 6 ta qiz va 6 ta o’g’il bola raqs ijro etadilar.

  • o’quvchi:

Salom senga bahor ayyomi,
Salom senga Navro’zi olam.
Senga olqish, alyorlar aytar,
Bugun har bir dili pok odam.

2 – o’quvchi:        

 Maysa boshin ko’tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Momolar – u onaxonlar jam,
Doshqozonda qaynar sumalak.

Boshlovchi:

Aziz bolajonlar, bayramimizga Bahoroy ham tashrif buyurganlar, qani, birgalikda uni kutib olaylik – chi.

 21 mart navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami

BAHOROY:

Men bahorman, gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Kirib keldim, aziz bolalar,
Olib keldim gul – u lolalar.
Meni derlar go’zal bahoroy,
Yetib keldim shoshib sizlarga.
Jon kiritdim, iliqlik bilan,
Maysalar – u gul, ildizlarga.

 8 nafar qizlar ijrosida “Gullar” qo’shig’iga raqs.

1 – o’quvchi:  Keldi bahor, keldi ko’klam,

Bizlar bahor elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi,
Navro’z bahor kuychisi.

2 – o’quvchi:
Ye, Vatanim bahori,
Ifor ochib kulasan.
Sen pushti va zangori,
Gullar bilan to’lasan.

BAHOROY:
Bolajonlar, hozir sizlarga bir nechata topishmoq aytaman, topasizlarmi?

Bolalar: (barabariga)   — Ha!
Bahoroy:
— Qirda yoydim qizil gilam,
Ko’rinadi go’zal biram.

Hamma birgalikda:

— Lolaqizg’aldoq

1 – o’quvchi:

Dalalardir makonim,
Yomg’irdir osh – u nonim,
Bahor qandayin yaxshi,
Qizil gullarning naqshi.

2 – o’quvchi:

Kuldi lolaqizg’aldoq,
Bahor keldi yo.
Yashnab ketdi hamma yoq,
Qizlar kuldi yo.
Gullar, mening gullarim,
Gulga to’lar yo’llarim.

 Chaman – chaman bog’imda” qo’shig’ini hamma ijro etadi.

BAHOROY:

Yerdan asta unadi,
Ilk bahorda kuladi.

Hamma:

Boychechak

1 – o’quvchi:    Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul demak.
Chunki bahor elchisi,
Shu mittigul boychechak.

2 – o’quvchi:                           

 Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.

Boychechak” qo’shig’ini hamma birga kuylaydi.

Bahordan berdi darak
Oson bo’lmadi kutmak.
Senga talpingach yurak,
Sevgan gulim boychechak.
Boychechak, boychechak,
Sevgan gulim boychechak.
Boshlab berding bahorni,
Toza kumush nahorni.
Olibsan ixtiyorni,
Seplaringni yoy chechak.
Boychechak, boychechak,
Seplaringni yoy chechak.

Boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Poyi qadamingdan aylanay Navro’z” deb nomlangan bayram tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizni yana bir bor kirib kelayotgan Navro’zi olam bahor bayrami bilan muborakbod etamiz. Har doim labingizdan kulgi, chehrangizdan tabassum arimasin.

 bahor fasli haqida she’rlar

***********************************************

Navro’zing muborak O’zbekistonim

Assalom fasli bahor, assalom ey ahli davra
Xushu xursandlik bugun, yangraydi shodiyona
Marhabo ey azizlar, xush kelibsiz davramizga
Bahor va shodlik ayyomi – Yangi kun muborak sizga
Avval yuragingga mo’ralaydi u
So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro’z

Serquyosh yurtimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. Avvalo, bu xalqimizning tarixan uzoq yillik milliy turmush va  tafakkur mahsuli bo’lgan an’ana va urf – odatlari, ma’naviy qadriyatlari tiklanganligida namoyon bo’lmoqda. Haqiqiy o’zbekona urf – odatlarimizning hayotdan o’rin olayotgani, qadriyatlarimizning o’z mavqeini topayotgani ham  shuning boisidir. O’zbek o’zligiga ishona boshladi.

Quloq tutib maysa ohiga
Malham qo’ygan ko’ngil dog’iga
Hijron yoqqan o’rik shoxiga,
Oq ro’molin otgan kelinchak
Salom Navro’z!
Assalom Navro’z!

Ma’naviy boyligimiz bo’lgan Navro’z va hayitlarning tiklanganligi juda savobli ish bo’ldi.  Kattalarga hurmat, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiqko’ngillilik, odamlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdardlik va o’zaro yordam tuyg’usi xalqimizga xosdir

Ana shu yasharish, go’zallik, nafosat bayrami Navro’zi olam bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog’lik, ishlaringizda omad, zafarlar tilaymiz

Bu tong egnida atlasdan ko’ylak
Shafaqqa o’ralgan qizlarday gulgun
Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak
Sanamlar qo’lida intizor bu kun
Bahoroy kirib keladi
Xush kelibsan bahorim
Bu diyorga marhabo
Shuhrati olamga ketgan
Gul diyorga marhabo!

Zulfiya Isroilova She’rlar to’plami. Zulfiya she’rlari

Bahoroy: Assalomu – alaykum meni intiq bo’lib kutgan azizlarim, mehribonlarim. Barchangizga qorli tog’lardan, qir – adirlardan, keng dalalaru, chaman bog’lardan salom keltirdim. Sizlarni shodlik va mehnat bayrami, nafosat va go’zallik ayyomi Navro’zi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman va huzuringizga Navro’zoyni chorlayman.Navro’z -bahor bayrami ssenariylar to’plami

Quyosh tegrasida aylani falak
Tabiat bezanib misli kelinchak
Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak
Assalom, Yangi kun, assalom Navro’z
Yana tenglashibdi kecha va kunduz
Ko’kda nur taratar yarqirab yulduz
Lablarda tabassum, aytib shirin so’z
Hamma: Assalom Yangi kun, assalom Navro’z

Navro’zoy:  Salom mening qadrdonlarim! Ollohga shukronalar bo’lsin siz – la diydor nasib etganiga mana 4 000 yil bo’lyapti, silzar bilan birgaman. Mustaqillik sharofati bilan men qad rostladim, bugun esa ezgulik va poklanish bayrami bilan sizni qutlash baxtidan mamnunman

Bahoroy: 

Dimoqqa yalpizlar nafasi urar
Yurakda muattar chechaklar kular
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Qadaming qutlug’ bo’lsin, aziz mehmonim
Navro’zing muborak O’zbekistonim

Navro’zoy: 

Istiqlol tongida dillar chulg’ondi
Yuraklar to’lg’onib, dillar uyg’ondi
Navro’z navolari jonni yayratib
Ona yurt og’ushi dilga burkandi
Hurlik Navro’zida aytingiz alyor
Alyorlarga jo’r bo’lsin so’z ila ash’or

Navro’z — bahor bayrami. O’lkamizda bahor – yilimiz o’z umrini yangidan boshlaydi. Yurt soya – salqin bo’lsin, o’tgan – ketganlar rohatlansin deb, navro’zgacha yo’llarga ko’chat, bolalarga atab hovli va bog’larda meva nihollari ekiladi. Ko’chalar tozalanib, ariqlar qaziladi. Hammyoq supurib sidiriladi.

Navro’zga atab yoshlar rang – barang kiyimlar tikadilar. Qariyalarga sarpo tayyorlanadi. Navro’z uchun uzum, qovun, olma kabi yoz mevalari saqlangan bo’ladi. Shinni, qiyomlardan tashqari, turli qandolatlar, sumalak pishiriladi.

Bayram urf – odatlari

  1.  Navro’zda uy – joyni tozalaydilar
  2.  Navro’zga qadar daraxtlar tanasini oqlaydilar
  3.  Navro’zda bug’doy undirib, sumalak pishiriladi
  4.  Navro’zda yaxshi niyat qiladilar
  5.  Navro’zda navro’z taomlari pishiradilar
  6.  Navro’zda araz – ginalarni unutadilar
  7.  Navro’zda qarindosh – urug’larga boradilar
  8.  Navro’z kuni ota – ona qabrini ziyorat qiladilar
  9.  Navro’zda g’iybat qilmaydilar
  10.  Navro’zda otni, itni urmaydilar
  11.  Navro’z kuni bemorlarga bayram taomlari jo’natadilar

Tabrik uchun so’z navbati maktab ma’muriyatiga beriladi

Qo’shiq va raqs:  Bahorim mening!

Tadbirimiz tugadi, diqqat e’tiboringiz uchun rahmat!!!

 

 Eng sara she’rlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
1 Fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Malika

muchal bayramiga ssenaiy kerak

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
1
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x