Mundarija
Taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova she’rlari va she’rlar to’plamini ushbu maqolaga joylashtirdik.
Bahor Keldi seni so’roqlab.
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.
Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo’lib shabboda,
Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi.
Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
Topmay, sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog’laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog’ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo’ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so’roq.
Barida sukunat, mayuslik ko’rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…
So’ngra jilo bo’lib kirdi yotog’imga,
Hulkar va Omonning o’pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar yonog’imga
Sekin xabar berdi menga o’zidan.
Lekin yotog’imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana el bo’ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so’ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo’shig’i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so’roqlab»
Meni she`rga o’rab suqlanib boqqan?
O’rik gullariga to’nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho’x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to’lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo’shig’ida
Mudom ko’rar edim o’z jamolimni.
Qani o’sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko’zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko’klamda sen parishonhol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim.
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g’aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko’chdi,
Kurtakni uyg’otib so’yladi g’amnok.
Sening yoding bilan elib beqaror,
Gullar g’unchasini etdi chok-chok.
Gulu rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo’shiq.
Bu qo’shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to’liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo’shqin, zabardast.
O’lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo’limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam,
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
Sen qaydasan yuragim
Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz…
Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.
Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim
Ta’na qilar. Netay men?
Sovush bermaydi menga
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi
Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Men o’tgan umrga (Zulfiya)
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima — bildim.
Shu-da bir yashash!..
Ayollar haqida saralangan she’rlar to’plami
Nevara (Zulfiya)
Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qog’ozni yular.
Damda varrak yasab ko’kka uchirib,
Izidan qop-qora ko’zlari yurar,
Varrak tortar shekil, murg’akni kuch-la
Oyoq tirab siltar dakani kibor
Ayrilib qog’ozdan, she’rdan va hushdan
Boqaman varrakboz jonga baxtiyor,
Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,
Ko’kish alangada yonar sochu qosh.
Borlig’i ezgu bir o’tganda kerak,
Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.
Daka varrak tiniq zangori fazo
Tubiga intilar, sho’ng’ir naq xayol.
Talpingan ko’ksingda, bolakay ne bor,
Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?
Nevara bo’lmasa, odamzod albat,
O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Balli qizlar ko’rik tanlovi ssenariysi
Ona haqid sheri bormi
+998991352054 shu telegramga yozing. Yoqimli va onajonlar haqida she’r tashlab beraman.