Bosh sahifa » Tadbir senariysi » Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

by nafisa nafisa

Zulfiya tavalludiga bag'ishlangan tadbir ssenariysi

Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan tadbir

Ushbu sahifamizda Zulfiya Isroilovaning xotirasiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi, Zulfiyaxonim  she’rlari bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.

Zulfiya Isroilova She’rlar to’plami. Zulfiya she’rlari

  “Zebi zamona  ZULFIYAXONIM” tadbiri ssenariysi

M:  Oftob ziyosidan munavvar olam,
Nurga intiladi tashna nigohlar.
Iqbolidan mamnun, baxtiyor odam,
Chapak chalib qutlar, gullar, giyohlar.
Gulgun saodatim sizsiz, shoiram!

D:  Qit`adan qit`aga uchar misralar,
Fazogir insonim  sizsiz, shoiram!
Orzusidan inson mag`rur yuksalar,
So`z bilan dunyoni asir aylar ishq.
Fazogir insonim sizsiz, shoiram!

“Bahor” raqsi  6-“D” sinf qizlari ijrosida

      Zulfiya hayoti va ijodi haqidagi slayd namoyishi ketadi.   

M: Assalomu-alaykum aziz ustozlar, davramiz qatnashchilari, she`riyat va adabiyot ixlosmandlari.

D:  Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan “Zebi zamona  ZULFIYAXONIM” deb nomlangan adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsiz!

M:  1915-yil 1-mart… Toshkentning Degrezlik mahallasida, Isroil temirchi oilasida to`rt o`g`ildan so`ng dunyoni o`z yig`isiga to`ldirib uzoq kutilgan qizaloq dunyoga keldi. Oila a`zolari bu jajji mehmonni quvonch bilan kutib olishdi va unga  hayoti Zuhro yulduzdek porloq bo`lsin deb Zulfiya ismini berishdi.

Ayollar haqida chiroyli she’rlar to’plami

Ona alla aytadi:
Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Baxtimga sen katta bo`lgin,
Ko`rar ko`zim-o, alla.
Vafo va sadoqat tantanasi sen,
She`r bo`lib oqadi dil istaklarim.
Yuksaklarni ko`zlab turibdi aniq,
Mening nurli kelajagim sensan, shoiram!

Jonim qizalog`im, sen onangning orzu istagisan. Men ham Nodirabegim, Uvaysiy kabi shoira bo`lishni orzu qilardim. Ming afsuski, bu nasib etmadi. Ostona hatlab ko`chaga chiqmagan onaizoring, insholloh seni shoira, olima qilib voyaga yetkazadi. Hali seni yorug`, nurli kelajak kutmoqda. ( Ona chiqib ketadi), Musiqa ketadi.

D: Onalar duosi shak-shubhasiz inobat bo`ladi deganlari rost ekan. Oradan o`n yeti yil o`tib, Zulfiya Isroilovaning “Hayot varaqlari” nomli birinchi she`rlar to`plami nashrdan chiqdi.

Sahna ( Ona nimadir tikish bilan band bo`ladi, Zulfiya kirib keladi)

Zulfiya: Oyijon, oyijon, meni tabriklang. Qarang, orzularingiz ro`yobga chiqdi. Orzularimning ilk ro`yobi bu axir. ( Ona kitobni olib quvonch bilan)

Ona: Barakalla, qizim, barakalla.Ilohim bunday parvozlaring ko`p  bo`lsin, ona qizim. Kitobingni otang va akalarinnga ham ko`rsatgin, hali rosa sevinishadi-da.

Zulfiya: Xo`p bo`ladi, oyijon. Sevinchimdan ichimga sig`may ketyapman.Men hozir qaytaman.(chiqib ketadi)

Ona:Shukur,beadad shukur.Shu kunlarni qanchalar orziqib kutgandim-a Qizginamning omadini bergin har doim.Ha esim qursin choy qo`ygandim-a?                       ( chiqib ketadi)

Ona haqida chiroyli she’rlar

D: Oradan oz fursat o`tib, shoira Zulfiyaning hayot  va ijod  yo`li Jizzax vohasining faxri, o`zbek xalqining suyukli shoiri  Hamid Olimjon bilan bog`landi.

Qo`shiq “Eng gullagan yoshlik chog`imda”

M: Shoir-xalq qalbining tarjimoni, uning orzu-intilishlari ifodachisi. Zulfiyaxonim oddiy temirchi qizidan qahramon shoir darajasigacha bosib o`tgan bosib o`tgan yo`li- bu Sharq o`zbek ayolining shonli yo`lidir.

D: 1920-1930-yillarning birinchi yarmidan ijod qilib boshlagan Zulfiyaxonim she`rlarida tong, erkin va farovon hayot tasviri yetakchilik qiladi. “ Baxt va shodlik kuychisi”  Hamid Olimjon hamda “Tong kuychisi” Zulfiya Isroilova o`zbek adabiyotida yana bir yangi sarlavha ochib berdilar.

Sahna: ( Zulfiya qo`lida choynak va payola bilan kirib keladi)

Zulfiya: – Toliqib qolmadingizmi? Biroz dam olsangiz bo`lardi. ( choy uzatadi) (Qog`ozga ko`zi tushib, xursand bo`ladi). Voy,bitdimi she`ringiz? Ko`rdingizmi, hovlimizdagi o`rik daraxti oppoq bo`lib gullabdi.

H.Olimjon: Ha, juda chiroyli manzara. She`rni o`qib, fikringizni bildiring, shoira. (Zulfiya she`rni ovozini chiqarib o`qiydi)

Zulfiya: Derazamning oldida bir tup,
O`rik oppoq bo`lib gullabdi.
Novdalarni bezab g`unchalar,
Tongda aytdi hayot otini.
Har bahorda shu bo`lar takror,
Har bahor ham shunday o`tadi.
Qancha tirishsam ham ul beor,
Yillar meni aldab ketadi.\

Navro’z -bahor bayrami ssenariylar to’plami

  • Juda ajoyib,ofarin. Men ham o`rik gullarini juda yaxshi ko`raman.

“O`rik gullaganda” qo`shig`i  ijro etiladi.

M: Zulfiyaxonim o`zining go`zal, otashga to`liq satrlarga boy she`rlari bilan mamlakatlar chegarasini hech qanday to`siqlarsiz bosib o`tdi. Uning she`rlari dunyoning 20 dan ortiq tillarid ajarang topdi.

D: Uning xalqaro “Nilufar” mukofoti va Javoharla`l Neru nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo`lganligi ham bu o`zbek ayolining tengsiz  ijodkor ekanligidan dalolatdir. Shoira Zulfiya ijodiga yuksak baho berib, Mustay karim, Rasul Hamzatov, qirg`iz yozuvchisi Ch . Aytmatov, Konstantin Simonovlar u haqiqiy o`zbek she`riyati malikasi ekanligini ta`kidlagan.

Zulfiya haqidagi fikrlar ketadi. O`zbek  tilidagi she`rlar ketadi.

Slayd ( o`zi o`qigan she`r ketadi)

M: 1944-yil 3-iyul. Zulfiya hayotida fojeali kun bo`ldi. Shu kuni o`zbek xalqi o`zining suyukli shoir farzandidan, Zulfiyaxonim esa turmush o`rtog`I, suyangan tog`i Hamid Olimjondan ayrildi.Bu og`ir judolik edi. Endi shoira o`z ijodi bilan Hamid Olimjon ijodini yelkama-yelka olib borishga qaror qildi.

Zulfiya: ( Qo`lida Hamid Olimjon portreti,  olib kelib stol ustiga qo`yadi)

Qalb bo`lganda yiroqda,
Iroda ekan ojiz.
Do`stlar ham ko`p atrofda,
Ammo men yakka-yolg`iz.
Yana bahor keldi ( xo`rsinib) chiqib ketadi.

She`r “Salqin saharlarda” , “Orik gullaganda” ( rus va o`zbek, ingliz tillarida)

M: O`zbek xalqi o`zining sevimli  shoirasini doimo  e`zozda, ardoqda tutdi. Shoira ham xalqning ehtiromiga javoban tinmay ijod qildi, erkin va farovon turmushni kuyladi. 1999-yil  ___________ da muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan “Zulfiya “ nomidagi  Davalat mukofoti ta`sis etildi. Shoiraning izdoshlari fan, ta`lim, sport va madaniyat yo`nalishlarida  o`z iqtidorini namoyish etib kelayotgan yuzlab  o`zbek qizlari “Zulfiyaxonim qizlari” nomiga sazovor bo`ldilar va Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

Zulfiya hayoti va ijodi. Tarjimai hol. She’rlari ijod yo’li

D: Jumladan,  bizning viloyatimizda ham ushbu mukofot sohibalari 14 nafarni tashkil etadi. Iroda Mamatmurodova, Yoqutxon Xolbekova, Yulduz Hamroqulova ( sport yo`nalishida), she`riyat, fan vat a`limy o`nalishlarida sovrindor bo`lishdi. Ular shoira Zulfiyaxonimning Vatan ravnaqi yo`lidagi xizmatlarini faxr ila davom ettirib kelishmoqda.

Zulfiya: ( Stolda kitob ushlagan holda she`r o`qiydi).

Hayot kitobini sekin varaqlab,
Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim.

Va “O`zbekning Zulfiyasiman” she`rlari aytiladi.

Shuning bilan tadbir o`z nihoyasiga yetadi. 

 

Balli qizlar ko’rik tanlovi ssenariysi
                         

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x