Bosh sahifa » Tadbir senariysi » 9-aprel Amir Temur tavalludiga atab bayram tadbir ssenariylar.

9-aprel Amir Temur tavalludiga atab bayram tadbir ssenariylar.

by nafisa nafisa

9-aprel Amir Temur tavalludiga atab bayram tadbir ssenariysi.

Amir Temur tavalludiga  tadbir ssenariylar.

Sahifamizdan siz 9-aprel Amir Temur tavalludiga atab bayram tadbir ssenariylar, sherlar qo’shiqlar va Amir Temur haqidagi barcha ma’lumotlarni olioshingiz mumkin.

Buyuk Sohibqiron

Amir-Temur-ajdodlarimiz-ssenariy

“Sohibqiron Amir Temur bobomiz” nomli ertalik syenariysi

Amir Temur ssenariy

Buyuk_sarkarda

Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida bolalar uchun she’rlar

Buyuk Sohibqiron tadbir ssenariysi

Maqsad: Amir Temur hayoti haqidagi tushunchalarni kengaytirish. Amir Temurning davlat tuzumi va uni boshqarishdagi mohiyati, kelajak avlodlarga qoldirgan merosi, tuzuklari haqida tushuncha berish. Biz Temur avlodi va uning ezgu ishlari davomchisi ekanligimizni anglatish.  Milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish.

Jihozlar: Amir Temur byusti, rasmi, tuzuklaridan namunalar, Temur haqidagi kitoblar, gazeta va jurnallar.

Tadbirning borishi:

Tadbir o’tkaziladigan sahnaga «Amir Temur — buyuk sohibqiron», «Biz Temur avlodimiz», «9-aprel — Amir Temur tavallud topgan kun» kabi so’zlar yozib qo’yilgan.

Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.

1-boshlovchi:

—  Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,

Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,

Istiqlol  mash’alin gurlab yoqolgan,

Boshi osmon bo’lsin bugun o’zbekning,

Dong’i doston bo’lsin bugun o’zbekning!

2-boshlovchi:

—  Beruniy yaratgan ziyosi bilan,

Jon tabibi — ibn Sinosi bilan

Qaddi baland bo’lsin bugun o’zbekning,

Jismi payvand bo’lsin bugun o’zbekning!

  • Amir Temur otliq bobosi bilan,

Marvarid yaratgan navosi bilan,

Intizor Boburiy Mirzosi bilan

Nasli ulug’ bo’lsin bugun o’zbekning,

Rizqi to’luq  bo’lsin  bugun o’zbekning!

1-boshlovchi: — Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va mehribon tarbiyachilar!

2-boshlovchi: — Assalomu alaykum, shirin bolajonlar-u aziz o’quvchilar!

1-boshlovchi: — Bugun biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga baqishlangan tadbirni o’tkazish  uchun yig’ilib turibmiz.

2-boshlovchi: — Amir Temur bobomiz buyuk sohibqiron, sarkarda va qudratli mamlakat tuzib, uni adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo’lgan.

1-boshlovchi: — Hurmatli ustozlar, bugun o’quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi she’rlar hamda u zotning hayoti va faoliyati to’g’risida turli ma’lumotlar tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.

2-boshlovchi: — Marhamat, aziz o’quvchilar!

1-o’quvchi:

— Amir Temur bobomiz

Mard-u jasur bobomiz.

Jang-u jadallar kezgan

Buyuk davlat, yurt tuzgan.

Abadiy o’chmas nomi,

Tilimizda kalomi.

Unutmaymiz hech qachon

Sizni ulug’ bobojon!

Tavsiya etamiz: 9-aprel Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan qo’shiqlar.

2-o’quvchi:

—  Buyuk saltanatni tikladi Temur,

Istagi: avlodim otsa zo’r tomir,

Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib,

Xalqim osoyishta ko’rsaydi umr.

3-o’quvchi:

—  Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,

Ko’zimning qarog’i jon dilbandlarim.

Millatning dardiga darmon bo’lingiz,

Bo’shashtirmang  mening bo’gin-bandlarim.

 4-o’quvchi:

—  Adolat, ozodlik dastida bo’ling,

Yomonlik, razolat qasdida bo’ling.

Nifoq tuxumlarin ekmangiz also,

Yaxshilik, ezgulik rostida bo’ling!

Milliy raqs ijro etiladi. Raqs tugagach, o’quvchilar Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida so’zlab berishadi.

1-o’quvchi: — Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo’lmagan Xo’ja llg’or qishlog’ida barlos urug’iga mansub bo’lgan bek Tarag’ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.

2-o’quvchi: — Temur yoshligidan bilimga tashna bo’lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otlarni juda sevgan va mohir chavandoz bo’lgan.

3-o’quvchi: — Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo’lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma’rifat, madaniyatni targ’ib etgan. Qizil O’rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.

4-o’quvchi: — Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.

5-o’quvchi: — Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o’z davrining buyuk davlat arbobi bo’lgan. Uning shiori — «Kuch — adolatdadir», degan purma’no hikmat bo’lgan.

6-o’quvchi: — Amir Temur 27ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.

7-o’quvchi: — Amir Temur davlatining poytaxti — Samarqand shahri bo’lib, juda obod va chiroyli shaharga aylantirildi.

8-o’quvchi: — Bobomiz Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.

Amir Temur hayotini yorituvchi sahna ko’rinishi namoyish etiladi. So’ngra o’quvchilar shoir Temur Ubaydulloning «Pirlar qissasi» she’ridan parchalar o’qib berishadi:

1-o’quvchi:

—  Temur otli pahlavon,

Topar chog’ida kamol —

Unga bo’ldi esh, hamdam

Shayx Shamsiddin  Kulol.

2-o’quvchi:

—  Sohib karomatlarning

Biri edi Shayx Kulol.

Tarag’ay Bahodirning

Piri edi Shayx Kulol.

3-o’quvchi:

  • Amir Temur bahramand

Pirning o’gitlaridan.

Ixlos bilan ushladi

Shayx Kulolning baridan.

4-o’quvchi:

—  Bir tomondan qo’lladi

Suyub Said Baraka.

O’tmas edi uningsiz

Mashvarat-u ma’raka.

5-o’quvchi:

—  Shundan buyuk saltanat

Dovrug’ soldi jahonga.

Barcha ta’zim ayladi

Temur Sohibqironga.

6-o’quvchi;

—  Buyuk zotlar nafasi

Har doimo qo’llasin!

Ona yurtimni mudom

G’oliblikka yo’llasin!

1-boshlovchi: Sohibqiron buyuk davlat tuzishda, uning gullab-yashnashida quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganligini aytib o’tgan:

  1. Men davlatni shoshmay, insonparvarlik bilan boshqardim.
  2. Tartib va qoidalarga rioya qilish — mening davlatimni mustahkamladi.
  3. Men o’z askarlarimga g’amxo’rlik va olijanoblik ko’rsatdim.
  4. Men davlatni haqgo’ylik va aql bilan boshqardim.
  5. Adiblar, allomalar, olimlar, tarixchilarga muruvvatli bo’ldim.
  6. O’z ishimda qat’iy va dadil bo’ldim.
  7. O’z xalqimni doim tushundim.
  8. Yaxshiga yaxshi, yomonga qattiqqo’l bo’ldim.
  9. Men doim ahillikni istadim.
  10. O’z askarlarimni hurmat qildim va qonun-qoidalarga qattiq rioya qildim.

1-boshlovchi: — Aziz ustozlar va bilimdon o’quvchilar! Bugun biz buyuk bobomiz hayoti va faoliyatiga doir ko’p narsalarni bilib oldik.

2-boshlovchi: — Biz — O’zbekiston farzandi, buyuk Amir Temur avlodidan bo’lganligimiz bilan faxrlanamiz. Bobomizdek olijanob va haqiqatparvar, yurtsevar bo’laylik!

1-boshlovchi:

— Jahongir so’zidan yaxshilik bunyod,

Bizga mayoq bo’lsin, baxsh etib sabot.

Avlodlar bizlardan ololsin o’rnak,

Shunda rizo bo’lur Temurdayin zot.

 2-boshlovchi: — Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va tarbiyachilar, bugungi tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizga sog’lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Yurtimiz kelajagi bo’lmish yosh va barkamol avlodni tarbiyalashdek olijanob ishda hech qachon charchamang!

Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida qiziqarli faktlar, tarjimai hol, she’rlar va insho.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar