Bosh sahifa » Tadbir senariysi » 18-noyabr Bayroq haqida tadbir ssenariylar. Bayroq haqida

18-noyabr Bayroq haqida tadbir ssenariylar. Bayroq haqida

by nafisa nafisa

18-noyabr Bayroq haqida tadbir ssenariylar. Bayroq haqida

Bayroq haqida tadbir ssenariylar.

Hilpirra Bayrog’im.

1- boshlovchi: Salom sizga yurak to’ridan
Davramizga yig’ilgan do’stlar
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga”Xush kelibsizlar.”
2-boshlovchi:Assalomu alaykum aziz ustozlar,qadrli ota-onalar,maktabdosh do’stlar,mehribon
opa-singillar.O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 25 yilligiga
bag’ishlangan bayram kechamizga xush kelibsizlar.Bugun biz sizlar bilan davlatimiz ramzi
bo’lgan bayroq haqida suhbat quramiz.
1-boshlovchi:Turonda tengi yo’q donishmand o’zbek
Toshkandu Buxoro Samarqand o’zbek
Tarixing so’zlasam cho’ng doston bo’lur
So’z kavkabin sochsam keng osmon bo’lur.
2-boshlovchi:Ey menga ertaklar so’ylagan zamin
Ergashib izingdan qolmasman sening
O’zgalar nazdida Bog’u eraming
Jiydang yaprog’iga olmasman sening
Vatan qayda bo’lmay ,sen hamrohimsan
Bobolarim yotar sajdagohimsan.
1- boshlovchi:Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha,buyuk sohibqiron bobomiz Amir
Temur davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat bergan.
2- boshlovchi:Jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham u mamlakat tug’ini baland
tutsin,deb farmon bergan.
1- boshlovchi:Bayroqning egilishi mag’lubiyat belgisi,deb qabul qilingan.
2- boshlovchi:Bayroqdoq bo’lish askar uchun yuksak sharaf hisoblangan.
1-o’quvchi:Bayroq biror firqa,tashkilot,ummat,millat va uning davlatining belgisidir.
Bularning orasida millat uchun eng muhimi va uning mustaqilligini va xalqaro hurmatga
egaligini bildiruvchi bayroq-davlat bayrog’idir.
2-o’quvchi:Флаг,переполненный огнём,
Цветущий как заря.
И тонким золотом на нём
Три доблести горят,
То цвета флага,то полумесяц
То звёзды на нём горят
И краше в мире флага нет.
3-o’quvchi:Сегодня в буйстве флаги всей земли
Взвивается и флаг Узбекистана
Мы к этому стремились и пришли
В мечте своей нелёгкой и желанной
4-o’quvchi:Пусть судьбоносный ветер перемен
Заветною судьбой народов веет
И флаг свободы каждый светлый день
Над нашим государством реёт.

5-o’quvchi:Davlat bayrog’i-Davlatning asosiy ramzlaridan biri.
6-o’quvchi:Davlat timsollarini asrash uchun ajdodlarimiz o’z jonlarini ham fido etganlar.
7-o’quvchi:Ulug’ alloma shayx Najmiddin Kubro 75 yoshga kirgan bo’lishiga qaramasdan”Yo
Vatan,yo sharafli o’lim”,deya bir qo’lida bayroq,bir qo’lida shamshir ko’tarib.mo’g’ul
istilochilariga qarshi mardonavor jangga kiradi.Mo’g’ul askari uning qo’lidagi bayroqqa chang
soladi.Buyuk bobomiz Vatan himoyasi yo’lida halok bo’ladi.Ammo vafot etgach ham,qo’lidagi
tug’ dastasini qo’yib yubormaydi.Bosqinchilar uning panjalarini kesib,yalovni olishgan
ekan.(O’quvchilar rollarga kirib bajaradi.)
8-o’quvchi:Balki bu bir rivoyadir.Lekin uning zamirida bayroqning ulug’ligini tasdiqlovchi
qanchalik katta ma’no va mazmun yashirin.
9-o’quvchi :Shu boisdan ham davlat bayrog’ini muqaddas bilib ko’zga surtadilar.
10-o’quvchi:Uning qarshisida tiz cho’kadilar.
11-o’quvchi:Hilpilla bayrog’im,hilpilla mag’rur,
Ozod,hur xalqimga baxsh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida.
Hilpira bizlarga baxsh etib g’urur.
12-o’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Respublikamiz Oliy Kengashining
navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan va shu kuni Prezidentimiz
Islom Karimov “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi” qonunga imzo
chekkan.
13-o’quvchi:Ushbu qonun 13 moddadan iborat.
3-modda:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I xalqaro maydonda: O’zbekiston
Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlarga safarlari chog’ida,xalqaro
tashkilotlarda,konferensiyalarda,jahon ko’rgazmalarida,sport musobaqalarida O’zbekiston
Respublikasining timsoli bo’ladi.
4-modda:Bayroqning uzunligi 250smga,kengligi 125smga teng.Moviy rang,oq rang va yashil
rangli enlarning kengligi bir xil.Har bir en 40 smga tengdir.Qizil hoshiyalarning kengligi 2.5smga
teng.
7-modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I bilan bir vaqtda boshqa davlatlarning
bayrog’I ko’tarilsa, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I o’ng tomondan,boshqa
davlatning bayrog’I chap tomondan ko’tarilmog’I kerak.
1-o’quvchi:Ona yurtim jon yurtim
Hur O’zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog’ini
O’pib yuzimga surtdim.
2-o’quvchi:Ko’zlarga nur bag’ishlar
Respublikam bayrog’i.
Osmoni keng musaffo
Vatan chaman har yog’i
Respublikam bayrog’i.
3-o’quvchi:Yo’ldoshdir yo’limizda
Parpirab qo’limizda
Mehri dillarda yashar
Surati ko’nglimizda
Respublikam bayrog’i.
4-o’quvchi:Porlasa turfa rangda
Quyosh deysiz qaranga
Zafarlarga chorlovchi
Respublikam bayrog’i
5-o’quvchi:Tinchlik,mustaqillik bu
Bundan orzular kular
Kelajak yorqinlik bu
Respublikam bayrog’i
6-o’quvchi:Bu shonli O’zbekiston
Baxtimiz Bahorimiz
Nomi tillarda doston
Sharaf iftixorimiz
Respublikam bayrog’i.
7-o’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I bilan bir vaqtda bir qancha
davlatlarning bayrog’I ko’tarilganida O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’I
alohida,qolganlari esa o’zbek alfaviti bo’yicha ko’tariladi.
8-o’quvchi:Davlat bayrog’I va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud
bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy
an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.
9-o’quvchi :Ko’kda hilpirar mag’rur , O’zbekiston bayrog’i
Dillarga solar g’urur, O’zbekiston bayrog’I
“O’z bayrog’im ” deb xalqim, Dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, O’z ramzi, ma’nosi bor.
2-boshlovchi:Albatta milliy bayrog’imizni hammamiz har kuni ko’ramiz, uning shakli va
ranglari, hamda, boshqa elementlarining joylashuvi bizga yod bo’lib ketgan. Lekin, keling,
bayrog’imizga tegishli barcha tafsilotlarni ham yaqindan bilamizmi?…
1-boshlovchi:Bolajonlar hozir sizga bayrog’imizdagi ranglar,oy va yulduzlar o’zlari haqida
so’zlab berishadi.
2-boshlovchi:Marhamat diqqat qiling,qulog’ingizga quyib oling.
Oq rang:
Men-chi oq rang bo’laman
Vazifam-doim tinchlik
Timsolim-soflik,poklik
Orzu va xayollar bilan
Intilishim ichki go’zallik
Moviy rang:
Men moviy rang bo’laman
Bayroqdan joy olganman,
Tiriklik,mangu osmon
Obihayot ramziman
Donishmandlik,halollikni
Yaxshilik sadoqatni
O’zimda aks etganman.
Amir Temur ruhini
Doimo shod etgayman.
Yashil rang:
Bayroqdagi yashil rang
Tabiat yangilanishi
Ko’pgina xalqlarda esa
Umid va shodumonlik
Qizil chiziq:
Qizil chiziqlar esa
Vujudda oqayotgan
Hayotiy irmoqlarni
Jo’shishidan berar darak.
Oy:
Men bilan tarix bog’liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog’liq
Mustaqillik ramzi ham.
Yulduz:
O’zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog’ida saodat
Komillikdir eshigi.
1-o’quvchi:Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi
Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to’ldirar
Maqsad sari tenglikda
2-o’quvchi:Havo rang tinchlik demak
Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli
Ma’nolarni so’zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi
Yangi chiqqan to’lin oy
Har ko’zni o’zga chorlar
Duoga ochamiz qo’l
Dilga nur,poklik solar
3-o’quvchi:12 baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
4-o’quvchi :Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i.
5-o’quvchi :Hurlikni ulug’lab hilpirar mag’rur
O’zbek iftixori vatan bayrog’i
Yashaydi millatlar do’st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog’i
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko’rsam der yurtini jannatiy makon
Bag’ishlab eliga umri qalbini.
6-o’quvchi:Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar,Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon
Istiqloldan keyin ajdodlar tug’in
Yangiladik ne tong erk bo’ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.
7-o’quvchi:Blue,white and green
And has a red tie
That’s why beautiful
The flag of Uzbekistan.
Zarina:Hoist my flag
Hoist pridly
For my free people
Give freedom
Hoist my flag
In the bwilding of U.N.O
Give happiness to my people
Tez aytish:Bahodir bayroqni Botirga berdimi?
Botir bayroqni Bahodirga berdimi?
Topishmoq:U baxtimiz timsoli,quyosh kabi porlaydi,
Xalqimizni doimo zafarlarga chorlaydi.
1-o’quvchi:Vatanim shon-shuhrati,
Salohiyat, qudrati,
Mustaqillik nusrati
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.
2-o’quvchi:Ranglarining ma’nosi,
Xalqning ruhi, navosi,
O‘zbekiston havosi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.
3-o’quvchi:Men shu Vatan erkasi,
Men shu Vatan ertasi.
Alpqomat yelkasi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!
4-o’quvchi:Qora o’tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko’zda,muhabbatda,
Porla,Millat bayrog’i!
5-o’quvchi:Osmon to’la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq-
12 si eng yarqiroq,
Porla,Millat bayrog’i!
6-o’quvchi:Mangulik hur yo’lidasan,
O’zgidasan,so’lidasan.
Ozod xalqning qo’lidasan
Porla,Millat bayrog’i!
7-o’quvchi:Dunyoda millat va elatlar,xalqlar va davlatlar ko’p,lekin O’zbekiston bitta.Uning
bayrog’I ham yagona.
Gulsanam:Ana shu bayroq ostida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimiz uchun ezgu maqsadlar
sari olg’a boraveramiz.
1-boshlovchi:Shu bilan bizlarga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi,
e’tiboringiz uchun rahmat.
2-boshlovchi:Xayr,sog’-omon bo’ling,bayrog’imizni yuksaklarga ko’taring

Vatanimiz bayrog’i mavzusidagi insho. Bayroq haqida

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar