Muhammad Yusufni xotirlab.
Muhammad Yusuf degan shoir she`riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi.ย Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning ijodi haqida gap ketganda, ko`pincha qo`shiqlarini tilga oladilar. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq tiliga juda yaqin va ravon tilde yozilgan. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini barilla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta`riflagan she`rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.
Muhammad Yusuf xalq mehrini qozongan shoir
Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, qulog`ingiz ostida qo`shiq yangrab turgandek har bir she`rni zavq-shavq bilan o`qiymiz. Qat-qatiga ichki dardga sherik bo`lasiz.
Muhammad Yusuf degan shoir she`riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi.ย Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning ijodi haqida gap ketganda, ko`pincha qo`shiqlarini tilga oladilar. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq tiliga juda yaqin va ravon tilde yozilgan. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini barilla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta`riflagan she`rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.
Muhammad Yusuf kamdan-kam tig`iladigan iste`dod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi-shihratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas uning ortidan quvib yurardi. Yning yozgan she`rlari bir qarashda juda sodda, jo`n yoziladiganga o`xshab tuyuladi. Ammo, unga o`xshatib yozish biror bir shoir qo`lidan kelmaydi. Uning yoziladiganga o`xshab ko`ringan misralari muxlislarini yig`latadi, kuldiradi, o`z og`ushiga tortib oladi. Odamlar uning she`rlarini hayajonsiz o`qimaydigan, kitoblarini do`konlardan qidirib yuradigan bo`ldilar.
Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko`rish nasib etdi.. Yurtningeng ulug` bayramlarida uning qo`shiqlari barilla yangraydigan bo`ldi. Ozbekiston xaqidagiย she`rini yoshlar hatto o`z madhiyalariga aylantirib yubordilar. Shu o`rinda Hurmatli yurtboshimizningย bu kamsuqum shoirga shaxsan e`tiborini aytmay bo`lmaydi. Shoir Muhammad Yusufga Prezidentimizning mehrlari bobomiz Ulug`bek Haqidagi qo`shiqni eshingan paytlaridayoq tushgan edi. โXalq shoiriโย unvoniniย ham mamnuniyat bilan unga o`zlari topshirgan edilar.
Muhammad Yusuf sheโriyatida xalq va vatan timsoli
ย ย ย ย ย ย Ona- Vatanni sevish, uni ardoqlash, himoya qilish insonning birinchi darajali burchi, shu bilan birgalikda uning vatanparvarlik fazilati, qalbning eng oliy tuyg`ularidan biridir. Shuning uchun ham Vatan mehri, sog`inchi undan ikki qadam uzoqlashmasdan turib qalbga larza soladi. Vatan mehri, muqaddas ona tuproq sog`inchi o`rnini hech narsa bosa olmaydi. Muhammad Yusuf o`z sheโrlarida ham xalq qo`shiqlari ohangidan muhim uslubiy vosita sifatida unumli foydalangan. Bu ham shoir asarlarining xalqona, milliy ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Vatan!โฆ Bu so`zdan ulug`roq nima bor jahonda. Uni ulug`lamagan shoir bormikan dunyoda?!. Yana shunisi borki, har bir ijodkor o`z qalbidagi Vatanni o`zicha kashf etadi.
Muhammad Yusufning vatanparvarlik ruhida yozgan sheโrlarini ham o`ziga xos- Vatanga bo`lgan mehr natijasi, yuksak ilhom samarasi deb aytish mumkin. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madh etadi:
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim.
O`zing hoqon,
O`zing sulton,
O`zing taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi
Topganim koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanimโฆ
Muhammad Yusuf dastlabki yozgan sheโrlarining birida ยซOnajon, Toshkentda qolib bir zo`r shoir bo`laman, yoki qishloqqa borib, yalpizga suyanib o`lib qolamanยป degan misralarini bitgan edi.
Haqiqatdan ham, Muhammad Yusuf yurtimizning zo`r shoirlaridan biri bo`lib yetishdi. U Toshkent Davlat universitetini bitirgach, gazeta, jurnal va nashriyot tahririyatlarida ishladi. Birinchi yozgan sheโrlar to`plami ยซTanish teraklarยป 1985 yilda nashr etildi. Keyinchalik uning ยซIltijoยป, ยซUyqudagi qizยป, ยซIshq kemasiยป, ยซKo`ngilda bir yorยป, ยซYolg`onchi yorยป kabi ko`plab to`plamlari nashr etildi. Uning sheโrlari xalq orasida juda mashhur bo`lib, ko`pchiligi qo`shiq bo`lib kuylandi.
Jamiyatda bo`layotgan turli o`zgarishlarga shoir doim munosabat bildirib sheโr yozdi. Bu oddiy munosabat emas, kuyib, yonib aytilgan dil dardlari boshqalarning ham qalbida iztirob qo`zg`atdi. Muhammad Yusuf tarix haqida ko`p sheโr yozardi. Ona xalqi boshiga tushgan musibatlardan azob chekib, sitam ko`rardi. Bundan bir necha yuz yil oldin xalq boshiga tushgan musibat ham shoir yuragini o`rtadi. U xalqning kelajagi haqida o`yladi. Kelajakni bilish uchun esa tarixni bilish kerak deb taโkidlardi.
U ko`p sheโrlarida qatag`onga uchragan vatandoshlarimizning ruhini yod olar edi. Bu sheโrlar motam marosimida aytilayotgan marsiyaday taโsir kuchiga ega bo`lib, nohaq qatl etilgan ajdodlarimiz ruhiga qo`yilgan haykalday taโsurot qoldiradi. O`quvchi bu sheโrlarni o`qiganda ko`z o`ngida qancha dahshatlar namoyon bo`ladi:
Oq oltin bobom-a, voh tillo bobom,
Usmonim, Cho`lponim, Abdullo bobom.
Qora yer bahrida qon yig`lab qolgan
Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom.
Ko`rinib turibdiki, ana shu to`rt qator sheโrda qancha-qancha fikrlar bayon etilgan. Vaholanki, bu to`rt misra katta bir sheโrning dastlabki bandlari xolos. Sheโrning davomi ham huddi shunday haroratli misralar bilan yozilgan.
Shoirning ko`plab sheโrlari qo`shiq bo`lib kuylanib kelmoqda. Bu oddiy qo`shiqlar emas, kishini sehrlovchi, uni allalab tebratuvchi, his- tuyg`ularni junbushga keltiruvchi qo`shiqlardir.
Shoirning ona-Vatan, yurt, xalq haqidagi sheโrlari nihoyatda jozibali yozilgan. Uning ยซVatanยป, ยซMadhiyaยป, ยซSamarqandยป, ยซXalq bo`l elimยป sheโri bunga misol bo`la oladi. ยซXalq bo`l elimยป sheโriย ย el orasida katta shuhrat qozongan, bayramlarda elni oyoqqa turgazgan tantanali, jozibali qo`shiqqa aylandi:
Muhammad Yusufning lolaqizgโaldoq sheri
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib quritmasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang- xalq bo`l elim!
Dunyoga boq qaddi sendek kim bor yana,
Dovrug`i ham dardi sendek kim bor yana.
Xalq bo`lishga qaddi sendek kim bor yana.
Moziyni yod etay desang- xalq bo`l elim!
ย ย Shoir bu satrlarni bitar ekan, ajdodlarimizga bo`lgan xurmatni, Vatanning naqadar ulug`vorligini,ย jasurlik, fidokorlik kabi fazilatlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirgan holdaย el bilan-xalq bilan birgalikda bo`lishga ishontirdi va ยซUnga qanot bo`lay desang-xalq bo`l elimยป deya bong urdi.
hullas, Muhammad Yusuf serqirra ijodkor. U qalamga olgan mavzular turli xil bo`lib, barchasiga o`ziga xos originallik bilan yondoshgan.
Mehr va muhabbat kuychisi
ย ย ย ย ย ย ย Xalqona ohang Muhammad Yusuf sheโriyatining bosh yo`rig`ini belgilaydi. Uning sheโrlaridagi balandparvozlikdan xoli soddalik va samimiyat, ikkinchi tomondan, musiqaga yaqinlik ana shu xalqona ohangning o`zaklaridir.
Bolalikda ko`rgan kechirganlari, bolalik xotiralari ijodkor shaxsiyatini, dunyoqarashini shakllantirishi bor haqiqat. Ijodkor bolaligida nimagaki zoriqqan bo`lsa, nimagaki talpingan bo`lsa-ana shular uning asarlarida turli-tuman shakllarda namoyon bo`laveradi. Bunga adabiyot tarixidan ko`plab misollar keltirish mumkin. Fariduddin Attorning ยซMantiq ut-tayrยป asarini bolalikda yod olgan, Hazrat Alisher Navoiy ham butun umr davomida shu asar taโsirida yashadi, uning ilhombaxsh taโsiridan ruh oldi.
Shu maโnoda Muhammad Yusuf sheโriyatini kuzatadigan bo`lsak, unda, eng avvalo, mehrga zorlik, insoniy mehrga tashnalik hissini ilg`ash qiyin emas. Uning sheโrlarida tez-tez qo`llaniladigan, qo`llanish darajasi muntazam bo`lgan, mehr-muhabbatni uyg`otadigan, shavqat hissini kuchaytiradigan obrazlar juda ko`p. Bular: ยซjayronยป, ยซohuยป, ยซkiyikยป, ยซkapalakยป, ยซqaldirg`ochยป, ยซlolaqizg`aldoqยป, ยซyalpizยป, ยซyulduzยป kabilardir. ย Mazkur
iboralar satrdan satrga, banddan bandga, sheโrdan sheโrga ko`chib yuradi va shoir sheโriyatida mag`zunlikning, maโyuslikning, mehrning timsoli darajasiga ko`tarilgan.
Shoirning onalar haqida, qizlar va umuman olganda ayol kishi haqida bitgan dardchil sheโrlarida yuqorida taโkidlangan obrazlarni juda ko`p uchratish mumkin. Onalar, qizlar, singillar bilan tabiatan saralab olingan obrazlar o`rtasida ichki yaqinlik bor. Bu ichki yaqinlik har ikki tomonning nozikligida, himoyaga muhtojligida, ardoqqa zorligida, eโzozga tashnaligida, mehr chanqoqligida aniq-ravshan ko`rinadi.
Qiz bor uyning fayzi bo`lak deydilar.
Jannat yo`li-qiz bor yo`lak deydilar.
O`ngirimda o`g`lim yo`q deb o`ksimang,
Tog` bo`lmasa qir ham tirgak deydilar.
Elning baxti botirlarga yor bo`lsin.
Ominalar, Xolidalar bor bo`lsin.
Qiz yo`q yurtga ko`klamlar sep to`sharmi?
Qiz borki, o`lka omon, qo`rg`on but,
Qiz kutmasa yigit olov chekarmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo`lsin.
Maโsudalar, Mavludalar bor bo`lsin.
Muhammad Yusufning ijodidagi mag`zunlik, bu sheโrlarnio`qib kishini o`rtanishlari, rahmini keltiradigan ifodalar , tasvirlar ehtimol shoirning biografiyasi bilan bog`liq bo`lsa, ne ajab.
Muhammad Yusuf sara sheโrlar toโplami. M.Yusuf sherlari
Muhammad Yusufning ijodida sayqal topgan asoslardan yana biri muhabbat mavzuidir. Buyuk faylasuflar taโbiri bilan aytganda, muhabbat eski narsa, biroq har bir ko`ngil uni yangilaydi, yangidan kashf etadi. Muhabbat mavzuidagi sheโrlardan shoirning qalami ravonlashadi, mavhum tuyg`u konkret shaklga kiradi, o`zligini izg`or etayotgan his tilga kiradi. Muhabbatning ozorlari, firoqu jafolari, vaslu vafolari poetik obrazlarda, kutilmagan sifatlarda o`ziga xos tarzda, taโbir o`rni bo`lsa, muhammadona uslubda ifoda etiladi.
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..
Shunday qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi, uslubiga ega sanโatkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.
Shoir haqida xotiralar
ย ย ย ยซMuhammad Yusuf tez og`izga tushdi. Biror shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo`lmagan. Ochig`ini aytsam, Muhammadga ko`z tegdi. ย Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortdan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o`lmas meros qoldirdi.
Muhammad sheโr muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. Endi shoirning o`zi yo`q. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish Sheโriyati bor. Bu sheโriyat aslo zavol bilmaydiยป.
Said Ahmad,O`zbekiston qahramoni,O`zbekiston xalq yozuvchisi.
ยซU obro` talashmas, izzatini so`roqlab yugurib yurishdan or qilardi. Xuddi shundoq yaxshi insongina yaxshi ijodkor bo`lishi tabiiy va qonuniydir. Shu kabi yuksak fazilatlar tufayli Muhammad Yusufni xalqimiz ardoqladi. Yurtboshimiz otalarcha mehr ko`rgizdi. Uning xizmatlarini davlatimiz munosib baholadiยป Abdulla Oripov,O`zbekiston qahramoni,O`zbekiston xalq shoiri.
ยซBu ozg`ingina, istarasi issiq, qorachagina yigitcha bir ko`rishdayoq meni o`ziga tortgan edi. Shu o`rinda bir narsani taโkidlamoqchimanki, inson umrining ohirigacha ilm o`rganadi, xayot darsini o`rganadi. Ammo sheโr yozish ilmi shunday ilmki, uni o`rganib bo`lmaydi. U tug`ma bo`lishi kerak.
Muhammad ham tug`ma isteโdod sohibi edi. U bu isteโdodni rivojlantirdi, o`ziga talabchan bo`ldiยป.Erkin Vohidov, O`zbekiston qahramoni.O`zbekiston xalq yozuvchisi.
ย
ยป U rostgo`y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning sheโriyati butun maโnaviyatga to`la. U Vatan haqida kuylaydimi, muhabbat haqida qo`shiq to`qiydimi, yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi, hamisha xayotga, haqiqatga hamnafaslik tuyg`usi sezilib turardi. Uning sheโrlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og`zaki ijodiga qamohangdirยป.
Sobir Mirvaliev,
O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning asosiy sanalari
1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keldi.
1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kirdi.
Talabalik yillarida uning dastlabki sheโrlari ยซYoshlikยป jurnalida, ยซO`zbekiston adabiyoti va sanโatiยป gazetasida bosildi.
Ilk to`plami ยซTanish teraklarยป 1985 yilda nashr etildi. ยซBulbulga gapim borยป (1987), ยซIltijoยป (1988), ยซUyqudagi qizยป, ยซXalima enam allalariยป (1987), ยซIshq kemasiยป, ยป Ko`nglimda bir yorยป (1990), ยซBevafo ko`p ekanยป (1997), ยซErka kiyikยป (1992), ยซYolg`onchi yorยป, ยซOsmonimga olib ketamanยป (1994), ยซSaylanmaยป (ยซ2001, 2002, 2003, 2004) kabi asarlari nashr qilingan.
1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar ยซToshkent oqshomiยป gazetasida ishlagan.
1986-1992 yillar G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va sanโat nashriyotida, 1992-1995 yillar ยซO`zbekiston ovoziยป gazetasida ishlagan.
1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan.
1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan.
1997 yildan to vafoti (2001yil 30 iyul)gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
Ona haqida Muhammad Yusuf tomonidan yozilgan sherlar
Muhammad Yusuf haqidagi asarlar, xotiralar bibliografiyasi
1.ย ย ย ย ย ย ย ย S. Mirvaliev. ยซO`zbek adiblariยป. Toshkent, ยซFanยป,1993yil.
2.ย ย ย ย ย ย ย ย Q.Umurov. ยซAdabiyot nazariyasiยป. Toshkent, ยซSharqยป, 2002yil.
3.ย ย ย ย ย ย ย ย O`zbek adabiyoti tarixi.-Darslik,11sinf uchun, 2003yil.
4.ย ย ย ย ย ย ย ย O`zbek adabiyoti.-Darslik, 6 sinf uchun, 2002 yil.
5.ย ย ย ย ย ย ย ย Shoirlarga bir juft savol.-ยซO`zbkiston adabiyoti va sanโatiยป gazetasi, 1990 yil, 5yanvar.
6.ย ย ย ย ย ย ย ย Men qo`shiq yozmayman. .-ยซO`zbekiston adabiyoti va sanโatiยปgazetasi, 1992 yil, 23 son.
7.ย ย ย ย ย ย ย ย Yangi yil kattami, Navo`zmi?. -ยซO`zbkiston adabiyoti va sanโatiยปgazetasi, 1993yil, 5 mart.
8.ย ย ย ย ย ย ย ย Shoirni xotirlab. -ยซEruditยป gazetasi,2003 yil,9 bet.
9.ย ย ย ย ย ย ย ย Muhammad akaning uyida yozilgan dissertatsiya. -ยซDarakchiยป gazetasi,2003yil,24 iyul.
10.ย ย ย ย ย ย Zamira Eshonova. Ildizi nahd yurakda. -ยซYoshlikยป jurnali,1987yil,2-son,75bet.
11.ย ย ย ย ย ย So`zini o`qib,o`zini sog`inamiz.-ยซSug`diyonaยป gazetasi,2003yil,8may.
12.ย ย ย ย ย ย Onangizni ko`nglini oling.-ยซSaodatยป jurnali,2000 yil,6-son.
13.ย ย ย ย ย ย Qo`shiq millat qalbi.-ยป O`zbekiston adabiyoti va sanโatiยปgazetasi,1999 yil, 18iyun.
14.ย ย ย ย ย ย Ortda qolgan izโฆ -ยซO`zbekiston adabiyoti va sanโatiยปgazetasi, 2003yil,9 may.
15.ย ย ย ย ย ย Sog`inch satrlari. -ยซO`zbekiston adabiyoti va sanโatiยปgazetasi, 2003yil,21 noyabr.
16.ย ย ย ย ย ย har kim har kuni eslashi lozim qarz. โ ยซZavafshonยป gazetasi, 2002yil, 19 noyabr.
17.ย ย ย ย ย ย Barkamol ijodga daโvat. -ยซO`zbekiston adabiyoti va sanโatiยปgazetasi,1998 yil, 4sentyabr.
18.ย ย ย ย ย ย Menday xokisorni ko`rolmaslar qanchaโฆ- ยซDarakchiยป gazetasi, 2003yil,4 mart.
Muhammad Yusuf tavalludiga bagโishlangan ยซUlug`imsan Vatanimยป deb nomlangan ssenariysi.
Tadbir o`tkaziladigan zal bayramona bezatiladi. ยซMuhammad Yusuf 55ย yoshdaยปmavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Ko`rgazmaga shoirning chop etilgan kitoblari, gazeta va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning fotosuratlari qo`yiladi. Kechaga shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlarni, adabiyot fani o`qituvchilariniย hamย taklif qilish mumkin.ย Zaldaย Muhammad Yusuf sheโrlari asosida dilkash qo`shiq yangrab turadi.
Tabdirni o`tkazishdan oldinย ishtirokchilarga sheโrlar bo`lib beriladi.
Boshlovchilar adabiy kechani ochiq deb eโlon qilib, kechaga tashrif buyurgan mehmonlarni va ishtirokchilarni qutlaydilar.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum sheโriyatga oshno qalblar!
1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan sheโrlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz xayot bo`lganlarida hozir 55 yoshni qarshilagan bo`lar edilar, ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. U kishi oramizda yo`q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish sheโriyat bor.
1-boshlovchi: Bu sheโriyat aslo zavol ko`rmaydi. Shoirdanย chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Xaqiqiy maโnodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga taโluqli desak xato qilmaymiz.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi. 1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar esa ยซToshkent oqshomiยป gazetasida ishlagan.
1-boshlovchi:1986-1992 yillar G`afur g`ulom nomidagi Adabiyot va sanโat nashriyotida, 1992-1995 yillar ยซO`zbekiston ovoziยป gazetasida ishlagan.
1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan. 1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan. 1997 yildan to vafoti gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
2-boshlovchi:ย Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo`lsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig`latadigan, o`ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan sheโru qo`shiqlari bilan yashab qoladi.
1-boshlovchi: Shoirning ilk to`plami ยซTanish teraklarยป nomi bilan 1985 yilda nashr etildi. 1987 yildan to 2004 yilga qadar uningย ยซBulbulga gapim borยป, ยซIltijoยป, ยซUyqudagi qizยป, ยซXalima enam allalariยป, ยซIshq kemasiยป, ยป Ko`nglimda bir yorยป, ยซBevafo ko`p ekanยป, ยซErka kiyikยป, ยซYolg`onchi yorยป, ยซOsmonimga olib ketamanยป, ยซSaylanmaยป kabi asarlari nashr qilingan.
2-boshlovchi:ย Azizlar keling sizlarni bugungi kechamizga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o`tsam, ular Muhammad Yusufning eng yaqin insonlariย va taniqli shoir va yozuvchilarimizdir.
Mehmonlar bilan tanishtiriladi
Shundan so`ng boshlovchi davraga o`quvchilarni taklif qiladi va ular shoirning ยซTalabalar madhiyasiยป sheโrini yoddan ifodali aytib beradilar;
1-o`quvchi.
Alp o`g`lonlar o`lkasi bu ko`hna Turon
Qalqonlari, qanotlari ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang!
2-o`quvchi.
Taxtdan tushganda ham otdan tushmagan,
Ajdodingiz uy qurmagan-Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog`lar surgan,
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.
3-o`quvchi.
Ko`z ochgandan kezib yetti bag`ri ummon,
Yetti tilda so`zlashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton-
Boburlari, Behzodlari ilm istang.
4-o`quvchi.
Qaq yo`lida siz ilmning ummatlari,
Xalq yo`lida hidoyati, himmatlari,
Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.
5-o`quvchi.
Ilm istang, izingizdan ibrat yoqsin,
Ihlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin.
Ortingizdan mag`rur-mag`rur millat yoqsin-
Mulki Turon najotlari, ilm istang
6-o`quvchi.
Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
1-boshlovchi: Rahmat. Muhammad Yusuf xalqย dardini tushunardi, Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib ijod qilgan. Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir sheโriyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda taโriflagan sheโrlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.
Ona tilim sheri โ Muhammad Yusuf
So`z navbati mehmonlarga beriladi. Mehmonlarning chiqishi.
1-boshlovchi: Qiziqarli suhbatingiz uchun sizlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Shundan so`ng davrada sho`h qo`shiq yangraydi. Maktab o`quvchilari Muhammad Yusufning sheโri bilan ijro etilgan qo`shiqqa raqs ijro etadilar.
1-boshlovchi: Chiroyli raqsingiz uchun uchun raxmat.
2-boshlovchi:ย ย ย Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, quloqingiz ostida qo`shiq yangrab turgandek har bir sheโrni zavq-shavq bilan o`qiysiz. Qat-qatidagi ichki dardga sherik bo`lasiz. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta olgan.
1-boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko`rish nasib etdi. Yurtning eng ulug` bayramlarida uning qo`shiqlari baralla yangraydigan bo`ldi.
O`zbekiston haqidagi sheโrini yoshlar hatto o`z madhiyalariga aylantirib yubordilar.
2-boshlovchi: . Shu o`rinda hurmatli yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga shaxsanย eโtiborini aytib o`tishimiz lozim. Shoir Muhammad Yusufga Prezidentimizning mehrlari bobomiz Ulug`bek haqidagi qo`shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. ยซXalq shoiriยป unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufgaย o`zlari topshirgan edilar.
1-boshlovchi: Xurmatli mehmonlar va qadrli o`quvchilar, keling hozir Muhammad Yusufning xotirasini yod etib, hammamizga yod bo`lib ketgan ยซFidoying bo`lgaymiz-O`zbekistonยป qo`shig`ini birgalikda ijro etaylik.
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib oq taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni,O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!โฆ
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joninga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loninga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oninga.
Adoyining bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!โฆ
Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlaringa ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!โฆ
2-boshlovchi: Shoir bu satrlarni bitar ekan, ajdodlarimizga bo`lgan xurmatni, Vatanning naqadar ulug`vorligini,ย jasurlik, fidokorlik kabi fazilatlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirgan holdaย vatanparvarlikka daโvat etdi..
Boshlovchilar tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, ular orasidan shoirning sheโrlarini yod olgan o`quvchilarga navbatni beradilar.
1-boshlovchi:ย ย Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Muhammad Yusuf kamdan-kam tug`iladigan isteโdod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi.
2-boshlovchi:ย ย ย ย ย ย Xulosa qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi,uslubiga ega sanโatkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.Muhammad Yusuf tavalludiga atab tadbir ssenariylar toโplami
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf tavalludiga bag`ishlab o`tkazilgan kechamizning aziz mehmoni bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan minnatdormiz.