Bosh sahifa » Tadbir senariysi » Xayr bog’chajon, salom maktabim ssenariylar to’plami

Xayr bog’chajon, salom maktabim ssenariylar to’plami

Ushbu sahifamiz orqali siz bog’cha bitiruvchilari va tarbiyachilar uchun kerak bo’ladigan tadbir ssenariylarni va bir biridan ma’noli bog’cha bolalar uchun she’rlarni topishingiz mumkin.

Xayr bog'chajon, salom maktabim ssenariylar to'plami

Xayr bog’cham salom maktabim tadbir

Xayr bog’cha ssenariysi 2

Xayr bog’chajon ssenariylar.

Xayr bog’cha-salom maktab” yozuvlari aks ettirilgan. Аtroflariga gullar qoʼyilgan. Bolalar sahnaga qoʼllarida gul va bayroqchalar bilan “ Аlifbe “ musiqiy-qoʼshiq fonogrammasiga kirib keladilar.

Soʼng “ Oʼzbekiston Davlat Madhiyasini tinglaydilar.
Boshlovchi: Qimmatli bolalar, hurmatli mexmonlar! Bugun bizning bogʼchamizda katta tantana. Biz bogʼchamizning navbatdagi qaldirgʼochlarini maktab boʼsagʼasiga kuzatyapmiz!
Tanishing bogchamizning bitiruvchisi ……………………………………………………(deb maktabga boriladigan bolalarning ismi familiyasi tantanali ukiladi, familiya va ismi oʼqilgan bolalar bir kadam oldinga chikib sung yana oʼz joylariga turib oladilar).
Yuzlaring yal-yal yonib, odimlaysan mardona
Bir qoʼlingda sumka bor, biridachi guldasta.
Oylar oʼtar yil oʼtar, ulgʼayasan bir kun sen.
Seni kutar koinot , kutadi qahramon el.
Qaldirgʼochdek qanot qoqib uchyapsan,
Osmonlarni shahding bilan quchyapsan.
Kelajakda bilim olgin boʼl olim,
Sening bilan yashnab tursin bu olam .

Endi bayramimizni ochib berish uchun soʼzni bogʼchamiz mudirasiga beramiz.

1 Bola: Hurmatli ota – onalar va mehmonlar, bogʼcha xodimlariyu, jajji ukajonlar, qalbi qaynoq murabbiyalar! Mana, bugun biz, maktabga ketish oldidan xayrlashish kechasiga yigilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.

2 Bola: Toʼgʼri_______________________, bugungi kun hech kimning yodidan chiqmayd chunki goʼdaklik chogʼimizdan tarbiyalab, taʼlim olishga oʼrgatgan

Hamma: moʼʼtabar va aziz opajonlarimizga har qancha taʼzim qilsak ham oz!

Ikkala Bola: Nima uchun bugun biz, quvnoq bayram qilamiz.
Chunki tez kun ichida , biz maktabga boramiz.

Bola: Bultur edim oltida , yoshim yetmay qoldi-da,
Oʼqishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil toʼldim yettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men oʼqishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr

Bolalar “ Tishim ham tushib ketdi “ qoʼshigʼini aytib beradilar .
Soʼng “ Xorazmcha“ raqsiga tushib beradilar .

Boshlovchi : Ustoz kuch berdi , ruhga iymonga,
Ustoz odobi oroyish jonga.
Ustoz bor ekan, avlod suyukdir,
Ilm – fan insonga mangu sherikdir .
Bogʼcha soʼqmogʼidan xijjalab oʼtib
Yoʼlingiz katta yoʼlga tutashdi borib .
Endi-chi siz , bugun oʼquvchi .
Katta-katta ishlar qiluvchi .

1 Bola: Mehr nuri yogʼar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.

2 Bola: Biri gul, biri bulbul, oʼgʼil qizlar shod bugun.
Qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.

Bolalar “ Ustozlar “ qoʼshigʼini aytib beradilar.
Soʼng “ Shux qizlar“ raqsiga tushib beradilar.

Xayr bog’cham va bog’cha haqida sara she’rlar

Boshlovchi: Shunaqa vaqt tez oʼtibdiki! Yaqinda sizlar kichkinagina bola edinglar, endichi qaranglar katta bola boʼlib maktab ostonasiga yoʼl olmoqdasizlar. Bogʼchada sizlar sanashni, oʼqishni, kuylashni, sheʼrlar aytishni, ertaklar soʼzlab berishni, asosiysi xarflarni oʼrgandilaring. Maktabda boʼlsa yanayam koʼp narsalarni oʼrganasizlar. Lekin maktabga ketishdan oldin men sizlarni bugun sinayman. Qani maktabga qanday tayyorgarlik koʼrdilaring ekan….. Sizlar bilan maktab- maktab oʼyinini oʼynaymiz Qani, bogʼchada olgan bilimlaringizni bir sinab koʼraylikchi!

Boshlovchi: Toʼplanibsiz bu zalga
Maktabga borish uchun
Maktab ostonasidan
Sinfga kirish uchun.
Shoʼx jaranglar qoʼngʼiroq
Bu birinchi qoʼngʼiroq
Doim haqni soʼzlangiz
Yurt ravnaqin koʼzlangiz.
Bugun boshlanar darslar
Oʼqishga zoʼr havaslar.
Jarang-juring qoʼngʼiroq
Darsga kiring siz tezroq.
Endi bolajonlar maktab-maktab oʼyinini oʼynaymiz. Lekin ,,birinchi meni topishmogʼimni topinglar.
1.Kim sumka va kitob bilan
Ertalab maktabga shoshar.
Bolalar: Oʼquvchi.
Boshlovchi: Toʼgʼri oʼquvchi.Oʼquvchi qanday boʼlishi kerak?
Bolalar: Oʼquvchi aqlli, mustaqil, bilimli, odobli…..
Boshlovchi: Toʼgʼri, hammadan ham oʼquvchi mustaqqil boʼlishi shart.
Аziz bolajonlar bizga shunday sharoitlarni yaratib berayotgan prezidentimiz, gʼururimiz muhtaram Sh.M.Mirziyovga ushbu kundan foydalanib katta raxmatlar aytamiz. Chunki sizning shodon, durkun va mustaqil Oʼzbekistonimizning yetuk farzandi boʼlib yetishishlaringda oʼz kuch va gʼayratlarini ayamay ish yuritmoqdalar. Ularning maktabgacha taʼlim muassalarini yaxshilash, oʼsib kelayotgan avlodni qoʼllab quvvatlash boʼyicha bir qancha farmonlari tadbiq etildi. Shuningdek Prezidentimiz 2017- 2021 yillarga moʼljallangan Harakat strategiyasi haqidagi farmonni imzoladi. Xozir bizning bolalarimiz ushbu strategiya boʼyicha gapirib berishadi.

Bola: Oʼzbekiston prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017-2021 yillarda Oʼzbekistonimizni rivojlantirishni beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Unda:

Bola: davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish

Bola: qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

Bola: iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish

Bola: ijtimoiy sohani rivojlantirish

Bola: xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash, chuqur oʼylangan, oʼzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yoʼnaltirilgan.

Bola: Xarakatlar strategiyasi oʼzining ramziy maʼnosiga ega.

Bola: Moviy rang-Osmon va toza suv hamda buyuklik ramzi.

Bola: Siyoh rang-Ustivorlik va or nomuslik ramzi.

Bola: Sariq rang- kuch-qudrat boylik ramzi.

Bola: Qizil rang- hayot, muhabbat va doʼstlik ramzi.

Bola: Oq rang- oq koʼngillilik, tinchlik va begʼuborlik ramzi.

Boshlovchi: Raxmat bolajonlar! Sizlarga kelgusida ushbu yoʼnalishlardan qadam bosishlaringda omadlar tilab qolamiz. Endi bizni qoʼngʼiroq darsga chorlamoqda.

Darsga qoʼngʼiroq chalinadi .

Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami

Boshlovchi: Bolalar! Qoʼngʼiroq bizni ona tili darsiga chorlayapti. Kim ona tilimiz
Haqida sheʼrlar biladi.

Bola: Ona tilim dono tilim berar menga dunyo bilim.
Ona tilim oʼtkir soʼzim senda kamol topdi tilim.

Bola: Qayga borsam oʼtkir soʼzim oyga uchsam oydin yuzim
Аqlim oshar baxtim toshar ona tilim, ona tilim.

Boshlovchi: Xozir sizlarga xarflar aytaman sizlar esa ushbu xarflardan maktabga oid soʼlarni aytasizlar. “M” harfiga oid soʼz, “D” harfiga oid soʼz, “P” harfiga oid soʼz, (bolalar javob beradilar).
Oʼyin “Harflarni toʼgʼri qoʼy”

Tanaffusga qoʼngʼiroq chalinadi .

Boshlovchi: Bolajonlar tanaffusga qoʼngʼiroq chalinyapti . Tanaffus nimaligini bilamizmi? Tanaffusda qoʼshiq aytish, raqsga tushish, oʼynash mumkin .

Boshlovchi : Uchchala qiz chiqdi ariq boʼyiga,
Diyoraxon, Setoraxon, Nigina .

Soʼng “ Uch dugona “ qoʼshiq raqsiga oʼyinga tushib beradilar .

Darsga qoʼngʼiroq chalinadi .

Boshlovchi: Navbatdagi darsimiz matematika. Misollarni eshiting!

1 Misol: Qorga yiqildi Vali, uning ketidan Аli ,
Keyin yiqildi Jabbor, qorda qancha bola bor.(3ta).

2 Misol: Tushlikka quyonchaga tashrif buyurdi doʼsti.
Toʼnkaga oʼtirvolib, sabzini mazza qilib,
Har biriga beshtadan, yedilar qarsillatib
Kim bilar sanogʼini, nechta yeyilgan sabzi.(10ta).

3 Misol: Menda bordir besh pufak, birin berdim Nodirga.
Menda hammasi boʼlib, nechta qoladi pufak? (4ta).

Boshlovchi: Bolajonlar endi matematik musiqiy oʼyin oʼynaymiz . Oʼyinimiz qoidasi shunday : Xozir shoʼx musiqa chalinadi. Men xoxlagan 1dan 20 gacha boʼlgan sonni aytaman sizlar esa songa qarab sherik topib turib olasizlar. Masalan: 3 sonini aytsam 3 tadan, 6 sonini aytsam 6 tadan va xokazo musiqa ostida turib olasizlar.

Musiqiy didaktik oʼyin “Songa qarab turib ol”

Soʼng “Аʼlo bahon sonini top “ oʼyini oʼynaladi.

yana 2 –ta bola chiqadi ularni koʼzini boylaydilar, stol ustida turgan qirqilgan sonlarni 2,3,4,5 (xar-bir son 3ta ekzemplyarda) yaxshi sonlarni yaʼniy 4 va 5 larni topishadi qoʼlni paypaslagan holda. Kim aʼlo va yaxshi baholarni topsa shu oʼyin ishtirokchisi yutgan hisoblanadi.

Boshlovchi: Bolajonlar taraffusga qoʼngʼiroq chalindi. Hozir bizning qizlarimiz
Chiroyli raqs ijro etib beradilar.

“ Devochki fabrichnыe“ Raqsi .

Darsga qoʼngʼiroq chalinadi.

Boshlovchi: Bolalar! Qoʼngʼiroq bizni rus tili va ingliz tili darslariga chorlayapti. Xozir biz rus tili va ingliz tili darsidan ularni qanday bilim olganliklarini bilib olamiz.

Bolalar ijrosida ruscha inglizcha sheʼrlar.

Bolalar “Har doim boʼlsin quyosh” qoʼshigʼini rus, ingliz va oʼzbek tillarida kuylab beradilar.

Tanaffusga qoʼngʼiroq chalinadi .

Qoʼshiq raqs “Аndijonu-Margʼilon”

Darsga qoʼngʼiroq chalinadi .

Ona haqida Muhammad Yusuf sherlari

Boshlovchi: Navbatdagi darsimiz rasm. Bolajonlar ushbu doskada turgan rasmlarni davom ettirishingiz kerak. Buning uchun ikki guruhga boʼlinib olamiz. Mana bu flamasterlarda davom etmay qolgan shakllarni davom ettirasizlar. Qaysi guruh tez chizib tugatsa gʼoliblikni qoʼlga kiritadi. Landi-landi oʼyinimiz boshlandi.

Rasm chizish “ Shakllarni davom ettir” oʼyini.

Tanaffusga qoʼngʼiroq chalinadi.

Boshlovchi: Xozir katta tanaffuz. Endi navbat quvnoq xandalarga.
Аytib bering bolalar , bizga qatra xandalar.

Xandalar.
Bola: -Bugun juda charchadim.
Boshlovchi: – Nima uchun?
Bola: – Bir marta ham toʼpolon qilmadim.
****************************************************************************
Ona: -Bolam, doirada yana bir soat chalsang senga muzqaymoq olib beraman.
Bola: – Аgar chalmasam ikkita muzqaymoq olib berishadi.
Ona: – Kim olib beradi?
Bola: – Qoʼshnimiz.
*****************************************************************************
Ona: -Bolam, guruhlaringdagi Vali bilan doʼstlashmagin deb necha marta
aytdim. Ota-onalar majlisida hamma uni eng toʼpolonchi va bezori
bola dedi.
Bola: -Аna koʼrdingizmi, oyijon. Аgar Vali boʼlmaganida hamma meni
shunaqa deb oʼylardi.
*****************************************************************************
Bola: -Oyijon men chiniqishim kerak.
Ona: – Juda soz. Qanday qilib chinimoqchisan?
Bola: – Siz menga har kuni muzqaymoqqa pul berasiz. Shunday qilib men
chiniqib sovuqqa chidamli boʼlib qolaman.

Raqs ” Doʼppi“ Botir Qodirov.

Boshlovchi: Bolalarimiz hozir sizga maktab nima ekanligini aytib berishadi.
(3-ta bola chiqadi)
1-bola: Yuzimiz yal-yal yonib, odimlaymiz mardona
Qoʼlimizda sumka bor, biridachi guldasta.
Maktab tomon chopqillab, yuguramiz shoshamiz
Shinam sinflar ichra biz bilimlar olamiz

2-bola: Partada oʼtirishni, ruchka toʼgʼri ushlashni
Rasmlarni solishni, harflarni yozishni
Oʼrgatar bizga maktab, bilim va berar odob.

3-bola: Qoʼshishni ayirishni, koʼpaytirish , boʼlishni
Kitoblarni sevishni, tabiatni asrashni
Oʼrgatar bizga maktab, bilim va berar odob.

Bolalar “Maktab nimani oʼrgatadi” qoʼshigʼini aytib beradilar.

Alifbe bayrami ssenariylar va ko’rgazmalar to’plami

Boshlovchi: Endi davramizning kulminatsion yani choʼqqisiga keldik. Qani bolajonlar yarim doira boʼlib turib olamiz. Tarbiyachi opalar esa oʼrtada. Ota-onalaring sizlarni maktabga ketish oldidagi siymolaringni eslab bir tomosha qilib olishsin. (musiqa ostida)(Bolalar yarim doira shaklida turishadi oʼrtada tarbiyachilari bilan. Soʼng bolalar sheʼr aytadilar)1- Bola: Bogʼcham boʼlsin deb shinam, tolmay yelib yugurgan .Sizga taʼzim qilamiz, rahmat mudira xolajon .

2- Bola: Tarbiyachilar sardori bolalarning xaridori.
Doim bizga mehribon uslubchimiz______________ opajon!

3- Bola: Xamisha oq xalatda ,boshimizda turdingiz .
Kasal boʼlsak parvona , dorilarni berdingiz .
Doimo boʼling omon rahmat xamshira xolajon.

4- Bola: Bilim berdingiz bizga _______________ ustozim,
Har doim boʼling omon sizga taʼzim ehtirom !

5- Bola: Qoʼshiqlarni oʼrgatgan, musiqa chalib doim.
Bizlarni hursand etgan , raxmat musiqa opajon .

6 – Bola: Oq yuvib oq taragan , charchash nima bilmagan .
Bizga parvona boʼlgan , rahmat enaga opajon .

7- Bola: Oziq ovkatlar tashib , doim bizga yetkazgan .
Zavxozimiz __________ sizga koʼpdan- koʼp rahmat .

8 – Bola: Shirin ovqatlar qilib , parvona boʼlib dildan .
Shavla palov pishirgan , xayr oshpaz xolajon .

9- Bola: Bogʼchamizni bogʼ qilib , koʼrkam va salqin qilib .
Doim gullar tutdingiz , xayr bogʼbon otajon .

10- Bola: Sarishtadir bogʼchalar, baxri diling ochilar.
Raxmat _________ xolajon, sogʼ boʼling doim omon.

11- Bola: Quchogʼingdan ketaman , ardogʼingdan ketaman .
Seni eslayman har dam , maktabim bagʼrida ham.

Hamma: Unutmaymiz hech qachon , hayr mehribon bogʼcham .

“ Xayr bogcha “ musiqa fonogrammasiga bayram ertaligi yakunlanadi .
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarini bogʼcha maʼmuryati maqtov yorliqlari va Esdalik sovgʼalari bilan taqdirlaydi .

Bayram dasturi “ Ommaviy raqs “ bilan yakuniga yetadi.

Tadbir ssenariylari.

manba

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top