Xayr bog’chajon,salom maktab saralangan she’rlar to’plami.Ushbu maqolada bolalar uchun she’rlar to’plami keltirilgan.Xayr bog’cham she’rlar.
Xayr bog’cham she’rlar.
Xayr bog’cham.
Yetti yoshga toʻldim men,
Rosa oʻynab-kuldim men.
Endi navbat oʻqishga,
“Alifbe” oʻrganishga.
Xayr sevimli bogʻcham,
Xayr oʻyinchoqlarim.
Men maktabga boraman,
Xayr qoʻgʻirchoqlarim.
Ertaklarni oʻrgatgan,
Uxlasak alla aytgan,
Xayr bogʻcha opajon,
Sogʻ boʻlingiz har qachon.
Biz bilan qoʻshiq kuylab,
Biz bilan sheʼr yod olgan.
Xayr, musiqa ustoz,
Sogʻinamiz sizni rost
Sport maydonchasida
Chiniqib kuchga toʻldik.
Bir-birimizni quvlab
Oʻyinga ham xoʻp toʻydik.
Axil-inoq boʻlgancha
Oʻynadik bekinmachoq,
Nogoh topib olganda,
Sevindik birga shu choq.
Vatan, ona soʻzining
Maʼnosini bildik biz.
Hur oʻlkam madhiyasin
Quloqlarga ildik biz.
Davlatim bayrogʻini,
Shon-shuhrat mayogʻini,
Ranglar maʼnosin anglab
Tushundim yarim oyini.
Xumo qushi qanotin
Yozib turgan baralla,
Yurtim gerbi haqida
Soʻzlab beray jaranglab.
Xayr qoʻgʻirchoqlarim,
Xayr oʻyinchoqlarim,
Xayr bogʻcham, jon bogʻcham,
Menga qadrdon bogʻcham.
Tavsiya etamiz: Xayr bog’cham, salom maktab ssenariy
Bog’cha opamga.
Doim aziz hurmatingiz,
Unutmaymiz xizmatingiz,
Yo’limizni yorug’ qilgan
Dilimizni sof dil qilgan
Boshimizni siladingiz,
Bizga oq yo’l tiladingiz
Mehr nuri yog’ar doim
Yuzingizdan ustozlar
Yursam deyman shu tabarruk
Izingizdan ustozlar.
Mana endi bog’chajon
Chiqib qoldi savodim
Bag’ishlayman senga Vatan
Bor bilimim sabotim.
Diyorim hur O’zbekiston
Gullar yurti bo’lajak
Kutar meni baxtli davron
Go’zal porloq kelajak
Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar
Yosh kimyogarlar.
Yosh kimyogar bolamiz,
Kimyo ilmin bilamiz.
Аxil boʼlib xammamiz,
Tajribalar qilamiz.
Kelajak xayot uchun,
Boʼlib yetuk kimyogar,
Ulkan mukofot uchun,
Biz boʼlamiz — daʼvogar!
Tartibli bola.
Shodivoyni ertalab,
Uygʼotganda oyisi,
Oʼrnidan turar sakrab,
Tartiblida boisi.
Qilib badan tarbiya,
Yuvinib, soʼng nonushta.
Oshiqar maktabiga,
Oʼrnak boʼlib xar ishda.
Аʼlochi u maktabda,
Xavas qilar doʼst-yoron.
Аlbatta kelajakda,
Boʼlur munosib inson!
A‘lo o‘qi albatta.
«2», «3» lar unga «ulfat» dir,
Dars tayyorlash, «katta kulfat» dir.
Doskada u tili yoʼq soqov,
Mexnatda xam ishyoqmas, yalqov.
«4» xam, «5» xam uning uchun yov,
«Bunday qilgin» deb aytsa birov,
Qovoq-tumshuq osadi darrov.
Soʼng tortishar, u oʼynab garov.
Dars paytida, oʼy surar anqov,
Dars qilgani yurak bermas dov.
Yaxshi oʼqish burchidir uning,
«Endi bekor oʼtmasin kuning,
Oʼzing oʼnglab, boʼl xarakatda,
Аʼlo oʼqi — endi albatta!»…
Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
Zor bo’lasan o’shanda.
«Bogʼchaga» desa Botir,
Koʼzlarida xavotir.
Goʼyo bogʼchada uni,
Tishin qayrab, xar kuni,
«Ola boʼji» kutmoqda,
Borganlarni yutmoqda.
Yuragi taka-puka,
— «Qoʼrqma Botirjon, uka.
Mexr qoʼyib, bogʼchaga,
Oʼrnak boʼlib barchaga,
Ilm olib, oʼrganib,
Maqtovlarga burkanib,
Borishni qilmani kanda,
«Zoʼr» boʼlasan oʼshanda!»
Maktabga boramiz.
Bultur edim oltida , yoshim yetmay qoldi-da,
Oʼqishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil toʼldim yettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men oʼqishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr
Ustozim.
Ustoz kuch berdi , ruhga iymonga,
Ustoz odobi oroyish jonga.
Ustoz bor ekan, avlod suyukdir,
Ilm – fan insonga mangu sherikdir .
Bogʼcha soʼqmogʼidan xijjalab oʼtib
Yoʼlingiz katta yoʼlga tutashdi borib .
Endi-chi siz , bugun oʼquvchi .
Katta-katta ishlar qiluvchi .’
Alifbe bayrami ssenariylar va ko’rgazmalar to’plami
Bog’cha bolaga.
Toʼplanibsiz bu zalga
Maktabga borish uchun
Maktab ostonasidan
Sinfga kirish uchun.
Shoʼx jaranglar qoʼngʼiroq
Bu birinchi qoʼngʼiroq
Doim haqni soʼzlangiz
Yurt ravnaqin koʼzlangiz.
Bugun boshlanar darslar
Oʼqishga zoʼr havaslar.
Jarang-juring qoʼngʼiroq
Darsga kiring siz tezroq.
Maktab tomon.
Yuzimiz yal-yal yonib, odimlaymiz mardona
Qoʼlimizda sumka bor, biridachi guldasta.
Maktab tomon chopqillab, yuguramiz shoshamiz
Shinam sinflar ichra biz bilimlar olamiz
Partada oʼtirishni, ruchka toʼgʼri ushlashni
Rasmlarni solishni, harflarni yozishni
Oʼrgatar bizga maktab, bilim va berar odob.
Qoʼshishni ayirishni, koʼpaytirish , boʼlishni
Kitoblarni sevishni, tabiatni asrashni
Oʼrgatar bizga maktab, bilim va berar odob.
Bolalar uchun raqamlar haqida she’rlar.
Bog’cha opajonim.
Mitti qo’llarimga qalam tutgansiz
Bizni o’ylagansiz yonib, kuygansiz
Hamisha bizlarga jonkuyar bo’lib
Bog’cha opajonim unutilmassiz.
Siz meni qalbimda ungan chiroqsiz
Gohida xotira goho ertaksiz
Bog’cha opajonim unitilmassiz.
Bu ustozlar.
Boshda fikr nur, gavhar
Bolalarga ustoz sarvar
Qalbi toza gullar qadar
Bu ustozlar, ustozlar.
Ustozlarim bor bo’ling
Burgut bo’ling sog’ bo’ling
Suyaguvchi tog’ bo’ling
Baxtimizga sog’ bo’ling.
Do’st va do’stlik haqida chiroyli she’rlar to’plami
Xayr mehribon bogʼcham.
- Bogʼcham boʼlsin deb shinam, tolmay yelib yugurgan .
Sizga taʼzim qilamiz, rahmat mudira xolajon . - Tarbiyachilar sardori bolalarning xaridori.
Doim bizga mehribon uslubchimiz______________ opajon! - Xamisha oq xalatda ,boshimizda turdingiz .
Kasal boʼlsak parvona , dorilarni berdingiz .
Doimo boʼling omon rahmat xamshira xolajon. - Bilim berdingiz bizga _______________ ustozim,
Har doim boʼling omon sizga taʼzim ehtirom ! - Qoʼshiqlarni oʼrgatgan, musiqa chalib doim.
Bizlarni hursand etgan , raxmat musiqa opajon . - Oq yuvib oq taragan , charchash nima bilmagan .
Bizga parvona boʼlgan , rahmat enaga opajon . - Oziq ovkatlar tashib , doim bizga yetkazgan .
Zavxozimiz __________ sizga koʼpdan- koʼp rahmat .Shirin ovqatlar qilib , parvona boʼlib dildan .
Shavla palov pishirgan , xayr oshpaz xolajon . - Bogʼchamizni bogʼ qilib , koʼrkam va salqin qilib .
Doim gullar tutdingiz , xayr bogʼbon otajon . - Sarishtadir bogʼchalar, baxri diling ochilar.
Raxmat _________ xolajon, sogʼ boʼling doim omon. - Quchogʼingdan ketaman , ardogʼingdan ketaman .
Seni eslayman har dam , maktabim bagʼrida ham.
Hamma: Unutmaymiz hech qachon , Xayr mehribon bogʼcham .
Bolaligim gulbaxor.
Men gullarni quchaman
Zavqla ochib quchog’im
Yayrab qushdek uchaman.
Ey la –la – la – la.
Bolaligim gulbaxor
Unda baxor husni bor
Quyosh uni erkalab
Kulib boqar har naxor.
Ey la –la – la – la.
Bahor menga o’xshaydi
U men bilan tursaydi
Qani endi yil bo’yi
U ketmasdan tursaydi.
Bizlar Navoiyda yashaymiz.
Dilda otash tillarda g’azal
Gurros-gurros qadam tashlaymiz
Hayot o’zi baxsh etgan g’azal
Bizlar Navoiyda yashaymiz.
Ulug’ ajdodlarning ishlari
Kelajakni ko’rar ko’zlari
Ozod yurtning o’g’il qizlari
Bizlar Navoiyda yashaymiz.
Bog’lar bahoriga qonamiz
Orzularga to’ymay yonamiz
O’zbekiston ota-onamiz
Bizlar Navoiyda yashaymiz.
Istiqlolni qutlab.
Men g’unchaman bahor bo’lgim keladi
Men shabnamman, nahor bo’lgim keladi
Men zarraman olam bo’lgim keladi.
Yurtlar ko’pdir bir-biridan ziyoda
O’zbekiston go’zal diyor dunyoda
Hur o’lkamda baxtli yashash tilagim
Istiqlolni qutlar jajji yuragim.
Ustozga.
Assalom qalb qo’ridan
Joy olgan ey buyuk zot
Bosh egurmiz qoshingizda
Ta’zim aylab umrbod.
Ustozlardir nomingiz
Sharafli mehnatingiz
Kuylay baland ardoqlay
Shogirdlik tuzin oqlay.
Xayr bog’cham she’rlar