Ona tilim sheri
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Ona tilim sheri – Muhammad Yusuf

Ona tilim sheri – Muhammad Yusuf

Ona tilim sheri

M.Yusufning Ona tilim sheri nafaqat sheriyat ixlosmandlari balki sherga umuman qiziqmaydigan har bir insoniyatni qiziqitirib qo’yadi. Sababi Ona tilim sherida tilning qadri, vatanning qadri, yurtning tinchligi haqida o’z aksini topgan. Ushbu sherni kichik va katta bolalar o’rganib uni hirgoyi qilib yursa ne ajab.

Muhammad Yusuf – Ona tilim sheri

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Muhammad Yusufning lolaqizg’aldoq sheri

Videosi

Muhammad Yusufning boshqa sherlari

o’zbek tili bayramiga bolalar uchun she’rlar va qo’shiqlar

manba

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top