Mundarija
Vatanimiz bayrogโi.
Reja:
- Bayrogโimiz gโurur va faxrimiz timsolidir.
- Bayroq Oโzbekiston ramzlaridan biri.
- Bayrogโimni koโkkalarga koโtaraman.
Bayrogโimiz gโurur va faxrimiz timsolidir.
Bayrogโimiz, gโurur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh koโkda falakning bayrogโi boโlib porlab turibdi, koโngilda muhabbat bayrogโi hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrogโi nurlantiradi.
Ozod va obod Vatanimiz โ Oโzbekistonning bayrogโi ham bizni ulugโ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashโaladir. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlat bayrogโi va uning ramzi bugungi Oโzbekiston hududida qadimda mavjud boโlgan davlatlar bilan tarixan bogโliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anโanalarini oโzida mujassamlashtiradi.
Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning oโz ramzlari, bayrogโi bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrogโimiz hech kimdan kam emasligimiz va kam boโlmasligimizni koโrsatib turadi.
Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boโlib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrogโini muqaddas bilib, uni koโz qorachigโidek asraganlar.
Oโzbekiston bayrogโi haqida sheโrlar
Bayroq Oโzbekiston ramzlaridan biri.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gโalaba timsoli boโlgan. Millat bayrogโi. U jondek aziz, nondek moโโtabar. Buyuk sohibqiron Amir Temur gโoliblik bayrogโini yuksak koโtardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulugโ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Bayroq esa tom maโnoda mamlakat ramzi, ulugโvorlik timsoliga aylandi. Jangchilarga jangovar ruh bagโishlash, ularning kayfiyatini koโtarish, irodasini chiniqtirish maqsadida jang maydonlari uzra baland hilpirab turdi. Bu bayroq eng ishonchli bahodirlar tomonidan qoโriqlandi. Bexos daydi oโq kelib tugโ koโtargan jangchiga tegsa-da, u tuproqqa qorishmadi โ darhol shahid sarboz oโrnini boshqasi egallaydi, maqsad janggohdagilarga bayroq koโrinmay qolmasin.
Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutish yoki sarbozning qoโlidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bunga sohibqiron alohida eโtibor bergan. Bayroqning pasaytirilishi magโlubiyat va ortga chekinish ishorasi boโlgan. Shuningdek, ยซTemur tuzuklariยปda taโkidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik koโrsatib, gโalaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari โ tugโ va nogโora inโom qilingan. Bu sohibqiron davlatida saltanat ramzlari nechogโlik baland maqom tutgani va ular qanday katta ijtimoiy-siyosiy, maโnaviy-maโrifiy ahamiyat kasb etganidan dalolat beradiโฆ
Davlat ramzlari haqida sheโrlar
Vatanimiz bayrogโi. U tarixning xalqimiz boshiga musibat tushgan davrlari โ oโtgan asr boshlarini yodimizga soladi. Oโsha kunlar xalqimiz qalbida ketmas dogโ boโlib qoldi. Vatan bayrogโini tutgan qoโllar qayrildi, ozodlikni kuylagan ovozlar boโgโildiโฆ Millat fidoyilari ยซxalq dushmaniยป, ยซquloqยป, ยซsotqinยป degan qora nomlar bilan taโqibga olindi. Dunyoga ne-ne allomalarni bergan qadim xalq omi, savodsizga chiqarildi. Xalqimizga nisbatan aytilgan bu haqorat asl vatandoshlarimiz qalbida maโrifat olovini yoqdi โ ular belini mahkam bogโlab, millatni erk va ozodlik bayrogโi ostida birlashishga chaqirdi.
Bu magโrur elning asrlar davomida orzu qilgan gโururi, shaโni, qadr-qimmati, irodasini ifodalovchi ozodlik bayrogโi edi!
Unda ajdodlar orzu-armoni aks etadi. Unda xalqimizning buguni, oโlmas xotirasi, iymon-eโtiqodi, kelajakka boโlgan komil ishonchi jilolanadi.
Bayrogโimiz 1992 yilning 2 martidan Oโzbekiston toโlaqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi. Mana, qariyb yigirma besh yildirki, u xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahonaro ifodasi, xalqimiz gโururi va iftixori timsoli boโlib xizmat qilmoqda.
Bayrogโimni koโkkalarga koโtaraman.
Vatan himoyasidek muqaddas burchni mardona oโtash uchun bayrogโimizni oโpib qasamyod qilayotgan harbiylarimizning qalbidagi olovni, koโzlaridagi joโmardlikni koโrib, faxrlanamiz. Ana shunday lahzalarda hech mubolagโasiz Vatanimiz bayrogโini koโzimizga toโtiyo qilgimiz keladi. Bu faxrlanish aslida yurtga boโlgan cheksiz mehr va sadoqatning yorqin koโrinishidir.
Har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuygโularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari boโlgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulugโlash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. Oโzbekiston farzandlari qayerda boโlmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrogโini ardoqlaydi. Chunki bayroq โ hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir!
Tavsiya etamiz:ย Bayroq haqida. Bayroq rasmi