O'zbekiston bayrog'i
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar

O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar

O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar – etiboringizga eng sara va o’rganishi oson bo’lgan she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar ni bolajonlarga o’rgatishni kanda qilmang!

O’zbekiston bayrog’i

O'zbekiston bayrog'i

Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Naqorat:
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i. (erkatoy uz)

Vatanimiz bayrog’i mavzusidagi insho. Bayroq haqida

Sheʼr bayroq haqida

Sheʼr bayrog haqida

Bizning bayrogʻimizning bayrogʻi,
Bizga qahramonlik merosining toji.
Ettita urushlar etti yorugʻlik toʻlqini,
Tabassum Oʻzbekiston, shiori,
Farzandlaringizni tirik qoldiring!
Yashil rang bizning hayotimizdan oʻstirildi,
Ota-bobolarimizning qoni qizil rang.
Oq nurda,
Ertaga umid qilaylik.
Oʻzbekiston, shiorimiz,
Farzandlaringizni tirik qoldiring!

18-noyabr Bayroq haqida tadbir ssenariylar.

Bayrog’imiz

Bayrog'imiz

Bayroq vatanning ramzidir,
Uning faxr va sharafi.
Ehtimol, olmani hidi,
Ehtimol, yaxshi xabar.

Ushbu maydon quloqlari bilan,
Bu bizning umumiy “kechikishimiz” dir,
Yelkanlar bilan qorlarda qoziqlar –
Bularning barchasi bizning Bayroq.

Tarixiy nurda boʻlsin
U kattaligi va rangini oʻzgartirdi
Sayyoramizning hech bir joyida
Boshqa hech kim yoʻq.

Oq, koʻk va qizil,
Ozodlik, sodiqlik va qon
Dahshatli davrda ham
Unda imon, umid, sevgi.

Sheʼr bayroq haqida
Bayroq turli xil boʻlishi mumkin,
Men faqat bir mil uzoqlikda
Moviy va oq rangli
Vatanim bayrogʻi.

Moviy ramz – bu abadiylik,
Dunyoning ramzi oq.
Halollikni hurmat qiling!
Siz doimo jasur boʻling!

Qalʼa, kuch va quvvat
Oʻzbek bayrogʻi ostida,
U biz uchun ramzdir,
Hurmat va shon-sharaf.

Mustaqillik haqida she’rlar

O‘zbekiston bayrog‘i – Iqbol Mirzo

O‘zbekiston bayrog‘i - Iqbol Mirzo

Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Tavsiya etamiz: Bayroq haqida. Bayroq rasmi

O‘zbekiston bayrog‘i

O‘zbekiston bayrog‘i

Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.

Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tog‘dor yurtim,
Muhtasham respublikam.

O‘ylama, ha, olamda
Nasibiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.

Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaverar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir sanat yaratibdi,
Maqsadi – bir burda non.

Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,

Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.

Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Yangi yil haqida she’rlar

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.

Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Yani Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.

Bejavob qolaverdi
Uning dardi so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.

Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.

Vatan haqida she’rlar >>

Hilpirayver bayrog‘im

Hilpirayver bayrog‘im

Bayrog‘imiz to‘rt rangda,
Qizil, yashil, moviy, oq
Menga oq rangi yoqar,
Hammasidan ham ko‘proq.

Oq rang insonlarga xos,
Odil, soflik belgisi
Yashil rangi Vatanning
Qir-adrlar ko‘zgusi.

Qizil rangi ham inson,
Tomirida oqqan qon.
Moviy rang o‘lkadagi
Ko‘m-ko‘k musaffo osmon.

O‘n ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir

O‘zbekiston ramzlari

O‘zbekiston ramzlari

Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu – baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya.

Bugun dadam berar dars
Asramog‘ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.

Millat bayrog‘i

Millat bayrog‘i

Qora o‘tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko‘zda, muhabbatda,
Porla, Millat bayrog‘i!

Osmon to‘la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq,
12 si eng yarqiroq,
Porla, Millat bayrog‘i!

Mangulik hur yo‘lidasan,
O‘ngidasan, so‘lidasan.
Ozod xalqning qo‘lidasan
Porla, Millat bayrog‘i.

Qo‘limda bayroq

Qo‘limda bayroq

Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im
Vatan bayrog‘i!

O‘zbekcha bayroq!

O‘zbekcha bayroq!

Vatan siymosini ifoda etib
Ko‘kda hilpiraydi o‘zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to‘rtta rangi
Moviy, qizil, yashil hamda oq.

Harbiri o‘zgacha mano kasb etib
G‘urur iftixorla tilga kiradi.
O‘zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.

Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg‘ubor osmon–u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog‘i rangi.

Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko‘zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo‘lmasmiz hech kam.

Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag‘onligi
Tinchlikday muqaddas qo‘rg‘onimiz u
O‘zbekistondek yurtim faravonligi.

Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog‘ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o‘z elimizni
Soldi nar g‘animlar qalbiga titroq.

Yashil rang uyg‘onish yasharish demak
Yashillik yarashar go‘zal bo‘stonga
Navqiron umidli shodumon yoshlar
Timsoli ko‘rk berar O‘zbekistonga.

Mo‘tabar bayrog‘im

Mo‘tabar bayrog‘im

Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to‘ldirar
Maqsad sari tenglikda.

Havo rang tinchlik demak
Oq – rangdir poklik ramzi
Yashil – yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi.

Yulduzlar doim sirli
Manolarni so‘zlaydi
12 yulduz 12 oy
tarixdan so‘zlaydi.

Yangi chiqqan to‘lin oy
Har ko‘zni o‘zga chorlar
Duoga ochamiz qo‘l
Dilga nur, poklik solar.

12 baxt yulduzi.
O‘ziga xo‘p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.

Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog‘i
Bizga juda mo‘tabar
O‘zbekiston bayrog‘i.

Vatan haqida she’rlar >>

Istiqlol bayrog‘i

Ona yurtim jon yurtim
Hur O‘zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog‘ini
O‘pib yuzimga surtdim. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top