Mundarija
Eski yil ketdi,
Yangi yil keldi.
Doshqozonlar tizilsin,
Sumalaklar suzilsin.
Bugʻdoylar pishib, chosh boʻlsin,
Yeganimiz osh bo`lsin,
El-u yurtimiz bog” boʻlsin,
Rizqi ro’zimiz togʻ bo”lsin.
Baka-baka-bum
Baka-baka-bum, boychechak,
Baka-bum, boy tilla.
Boryaptilar boy bilan,
Quyon qochdi toy bilan.
Qozonga yog` soldingizmi?
Uyma cho’zma qildingizmi?
Uymangizdan uyib oldik,
Cho‘zmangizdan cho’zib oldik.
Tavsiya etamiz: Navro’z -bahor bayrami ssenariylar to’plami
Chitti gul.
Chitti gulga chit bosdim,
Ro‘molimga gul bosdim.
Ro‘molimning guli bor.
Uchar-uchar qushi bor.
Uchib keldi havoga,
Qaytib tushdi daryoga.
Daryo suvi quridi,
Baliqlari chiridi,
Ha-yu, chitti gul,
Ha-yu, chitti gul.
Chuchvara qaynaydi-ya,
Ocham menga bermaydi-ya,
Bermasa-bermasin-a,
Bizning uyga kirmasin-a.
Oshimizdan ichmasin-a,
Chitti gul, chitti gul.
Oftob chiqdi olamga,
Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga:
— Xola, xola, kulcha ber!
Xolam dedi: — O’tin ter,
Keyin yugurdim qirga,
O‘rtog‘im bilan birga.
O’tin terdik bir quchoq,
Bilmadik sira charchoq.
Xolam qordilar xamir,
Kulcha yopdi bir tandir.
Bizga kulcha berdilar,
Peshonamizdan o‘pdilar.
Oftob chiqdi olamga-ye!
Yugurib bordim xolamga-ye!..
KO’RGANDA AYTILADI
Qarg’a sayrab: “Qag’”, — deydi,
Mening vaqtim chogʻ, — deydi.
Sayrar joyim so‘rasang,
Qor qoplagan togʻ, — deydi.
Qarg’a sayrab: “Qag’”, — deydi,
Doim vaqtim chogʻ, — deydi.
Mehmon kelar uyingga,
Koʻrpachangni qoq! — deydi.
######
Zag‘izg‘onga aytiladi
Xushxabar:
Toʻy boʻlsin,
Toʻpig’i — saniki!
Tavsiya etamiz: 21-mart Navro’z bayrami haqida insho.
Kapalakka aytiladi.
Chir-chir kapalak,
Orta qolim tikanak.
Chumchuq churq-churq etadi,
Tutni tokib ketadi.
Cho‘qigani mayli-ya,
Nega tokib ketadi?!
Chumchuq donni yeb ketdi,
Ertaga beraman, deb ketdi,
Poyezd yo`ldan o’tganda,
Bermayman, deb uchib ketdi!
Aytishma o’yinlar.
Olatoy, bulatoy,
Man sani yo’rg‘alatay.
Yo’ʻrg’alama , chopa qol,
Tezroq shamolga yetay,
Shamoldan oʻzib ketay.
Onam dili qon boʻpti,
Yoshlari marjon boʻpti,
Marjonining ipi yo‘q.
Ipi emas, sepi yoʻq…
#######
Ana oʻsha tog’midi?
Togʻ yoqasi bog’midi?
Bog` yonida uymidi?
Uy atrofi gulmidi?
O’sha gullar ichida
Sayyoraxon bormidi?!
Qaldirg‘ochga aytiladi:
Qaldirg’och, g’och-g’och,
Eshigingni tezroq och,
Eshigingni ochmasang,
Menga yordam bermasang,
Doʻstlashmayman sanminan,
Gaplashmayman sanminan.
Ashulalar aytmayman,
Uchib kelsang, qo’ymayman.
Qaldirg’och, g’och-g’och.
Eshigingni och-och.
Eshigingni ochmasang,
Tuynugingdan kiraman.
So“k oshingni ichaman.
Ichaman-u, qochaman.
Tavsiya etamiz: 21 mart navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami
Qiziqmachoqlar.
Ikki g’oz-a, ikki g’oz,
Biri saman, bir bo’z.
Mindim boʻzning ustiga,
Tushdim tarvuz ustiga.
Tarvuz yoʻli oq nazar,
Ichida maymun kezar.
Maymunchani qoʻrqitdim,
Quyonchani hurkitdim.
Men ketaman elimga,
Po’ta bering belimga.
Doʻg’aychaga kelmasam,
Tuzoq quring yo’limga.
Toʼkilmang oʼrikning gullari misol,
Аrilar ulashsin umringizga bol,
Bahor quyoshidek porlasin iqbol,
Navroʼz muborakdir, Navroʼz muborak.
Bayramlar ketidan bayramlar takror,
Kelib ketishlarin qoʼymasin Bahor,
Sizga tilanajak tilaklarim bor,
Navroʼz muborakdir, Navroʼz muborak.
Quvonchlarga toʼlsin har bir kuningiz,
Аslo gʼamni koʼrmang, oʼynab kulingiz
Omonat dunyoda omon boʼlingiz,
Navroʼz muborakdir, Navroʼz muborak.
Nilufar Usmonova Bahor qo’shig’i.
Tavsiya etamiz: 8-mart va Navro’z bayrami uchun ssenariylar, she’rlar, qo’shiqlar.