Bosh sahifa » Insholar » 21-mart Navro’z bayrami haqida insho.

21-mart Navro’z bayrami haqida insho.

by nafisa nafisa

21-mart Navro’z bayrami haqida insho.

21-mart Navro’z bayrami.

Reja:

  1. Navro’z milliy bayrami.
  2. Navro’z bayrami tarixi.
  3. Navro’z muxtasham qadiryatlarimizdan biri va milliy bayramimizdir.

Navro’z milliy bayrami.

Bahor- fasllar gulshani, uyg’onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug’ilishidan bahra oladi zavqlanadi.

Turkiy xalqlar ham Navro’z bayramini, yani yangi kunning tug’ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro’z- bahor, yangi yil bayrami. Navro’z qadimiy milliy bayrami 21-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun tun bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina o’zbek oilalari Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Ko’k manti, osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizimiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.

Tavsiya etamiz: Bahor fasli haqida insho.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va an’analari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir.

Navro’z bayrami tarixi.

Navro’z (Navruz) bayrami fors- tojik va turkiy xalqlarining qadimiy bayramlaridan biridir.Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko’ra Navro’zning shakllanish davri- eng qadimgi zamonlardan “Zardushtiylik”ning paydo bo’lishigacha davom etgan asrlarni o’z ichiga olgan ekan. Navro’z atamasi ikki fors so’zidan tashkil topgan bo’lib “nav”-yangi, “ro’z”-kun yani, “yangi kun” degan ma’noni bildiradi. Qadim- qadimdan Navro’z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo’lib kelgan. O’sha kunlarda xatto urush janjallar ham to’xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o’tishgan. Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda ko’plichikning “Navro’z qayerda va qachon paydo bo’lgan ekan? -degan savolga shunday javob berilgan.

Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani bo’lgan, dunyoviy fanlarga asos slogan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navroz bayrami ilk bor xuddi shu zamindar Niso (ya’ni, ayol shahri poytaxti bo’lmish Parfiyona) grek va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Navro’zning qachon va qayerda vujudga kelganini aniq ko’rsatish qiyin bo’lsada, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan.

Tavsiya etamiz: 8-mart va Navro’z bayrami uchun ssenariylar, she’rlar, qo’shiqlar.

Chunki Navro’zning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yani Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Bu esa yil boshi qachon kelishidan qat’i nazar navro’zni uyg’onish bayrami sifatida nishonlash uchun asos bo’lgan.

Navro’z muxtasham qadiryatlarimizdan biri va milliy bayramimizdir.

Navro’z qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan muxtasham qadiryatlarimizdan biri va milliy bayramimizdir. Uning tarkibiga, qadimgi ota bobolarimizning mifologik tasavvuridan tortib bugungi zamondoshlarimizning qarashlarigacha bo’lgan ma’naviyat olami singib ketgan bo’lib u insoniyat madaniy taraqqiyotining har bir yutug’idan doimo kuch va quvvat olib turadi. Navro’z 21-martdan 22-martga o’tar kechasi “Qozon to’la” udumi bilan boshlanadi Shu oqshomda kechasi bilan ko’pchilik bo’lib sumalak vax alim ham pishirilgan. Bu taomlar qozoni ertasiga ochilgan. Navro’z “Qozoni to’ladigan”, ya’ni qut-baraka tantana qiladigan xalq bayramidir. Navro’zda qozon – qozon sumalaklar qaynashi , to’kin- sochinlik, dalalar serxosilligi, mevaga to’la bog’lar saxovatidan dalolat beradi. Navro’z yangi yil bayrami bo’libgina qolmay, mehnat bayrami ham hisoblangan. Vatanimiz O’zbekistonda ham Navro’z umumxalq bayrami deb 21-mart sanasida keng nishonlanadi. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi hiyobon va maydonlarda bayram tashkil etiladi, konsertlar beriladi. Bir necha kun mobaynida mahallalarda Navro’zga bag’ishlangan tadbirlar o’tkaziladi, sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar pishiriladi. Navro’z kunlari hokimliklar, mahallaning faollari, xayr-exson tashkilotlari- mehribonlik uylari bolalari, urush va mehnat fahriylari, yolg;iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg’a-salomlar ulashadilar.

Xulosa.

Bahor bayrami Navro‘zi olam haqidagi bayramona tomoshalar, tadbirlar xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan uzviy bog‘liq ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Bu borada muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 28 fevraldagi “2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan bu yilgi Navro‘z bayrami Toshkent, Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlari, shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi.
Qarorga muvofiq, Navro‘z kunlarida millatimiz tabiatiga xos bo‘lgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik kabi fazilatlar namoyon etiladi, yoshi ulug‘ insonlar, nuroniy otaxon va onaxonlarni har tomonlama e’zozlash, moddiy jihatdan hali o‘zini o‘nglab olmagan oilalarga beg‘araz yordam ko‘rsatiladi.

Tavsiya etamiz: 21 mart navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami

Bu esa barchamizning kuchimizga kuch qo‘shgan holda yoshlarimiz vatanparvar, xalqsevar, haqiqiy barkamol avlod bo‘lib yetishishiga, ularning milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishiga, Vatanini yovuz kimsalardan himoya qilishiga xizmat qiladi. Navro‘zi olam shukuhi esa bizlar uchun tinchlik va osoyishtalik ramzi, xalqimizning birligi, Vatanga bo‘lgan sadoqati, ona zaminimizga qut-baraka vositasi bo‘lsa ajab emas.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Navro’z bayrami nafaqat vatanimizning milliy bayrami balki butun o’rta osiyodavlatlarining umumxalq milliy bayrami xisoblanadi. Navro’z yangilanish yosharish, o’zaro bir-biriga mehr ko’rsatish, qo’ni -qo’shni, qarindosh urug’ mahalladoshlarga e’tibor qaratish keksalar va bolalar holidan habar olish ularga mehr ko’satish bayramidir . Navro’z yana milliy taomlar yilda bir marotaba aynan Navro’z bayrami kunlarida pishiriladigan sumalak va halim taomlari ham bayramidir. Navro’zda barcha – barcha yosharadi, o’ynaydi, quvnaydi, va xusrandchilik qiladi.

Tavsiya etamiz: Bahor fasli haqida she’rlar to’plami.Navro’z, ayollar haqida she’rlar.

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar