Navro’z haqida chiroyli she’rlar – ushbu maqolada eng sara Navro’z haqida she’rlar ni taqdim etyapmiz. Ulardan foydalaning.
Kelmoqda navro’z
8-mart xotin-qizlar bayram ssenariysi
Navro’zi olam keldilar.
Аylabon lutfu-karam, navroʼzi olam keldilar,
Oʼsmadan qoshi qalam, navroʼzi olam keldilar.
Bir ajib his uygʼotib irmoqlarning xonishi,
Kuylashib savtu ajam, navroʼzi olam keldilar.
Navro’zi ayyom muborak bo’lsin
Xush ko’rdik Navro’z
Hademay Navro’z
Hademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning gʼuborin.
Hademay qaldirgʼoch keladi qaytib,
Oʼrik shohlarida boʼrtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qoʼshigʼin aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.
Hademay lolalar boʼsadek titrab,
Togʼlar viqoriga munis boqarlar,
Yana necha-necha oshiqlar yigʼlab,
Bir-birin bagʼrida gulhan yoqarlar.
Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor sepib turadi hanuz,
Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor,
Hademay Navroʼzdir, hademay Navroʼz!
Navro’zi olam bo’lsin muborak
Baxor gullaridan guldasta sizga
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga
Bir asr yashanggu, ya’na nim chorak
NAVRO’ZI OLAM bo’lsin muborak
Xush kelibsan Navroʼzoy!
Sevinchdan koʼzimda yosh,
Oʼzgacha porlar quyosh,
Qutlar seni qari, yosh,
Xush kelibsan Navroʼzoy!
Kelmoqda Navro’z
Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi.
Balli qizlar ko’rik tanlovi ssenariysi
Navro’z ekan tabrik sizniki
Navro’z ekan tabrik sizniki,
Yangi kunda kulgu sizniki,
Bu kun yana zamin bizniki,
Bayram bo’lsin sayyod bizniki!
Navro’zi olam keldilar!
Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qoshi qalam,
Navro’zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!
Xush kelding Navro’z O’zbekistonga
Xush kelding Navro’zim O’zbekistonga,
Xush ko’rdik boychechak bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga,
Anvorlar toshiydi toza yellaring.
Baraka toping otayizga ming raxmat
Man toshkent viloyati bustonloq tumanida yashayman
Bo’ladi manga yoqdi dib telegramdan yozsalarin luboy qo’shiqni musiqasini yoki lubboy ismga video ringtong budilnik rasmlar yasab beramz