Yil fasllar haqida eng yangi she'rlar.Fasllar haqida she'r.
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Yil fasllar haqida eng yangi she’rlar.Fasllar haqida she’r.

Yil fasllar haqida eng yangi she’rlar.Fasllar haqida she’r.

Yil fasllari haqida she’rlar to’plami.Bolalar va makab o’quvchilari uchun fasllar haqida she’rlar.Qish, bahor, yoz, va kuz fasli haqida mavsum sara she’rlari.

Yil fasllar haqida eng yangi she'rlar.Fasllar haqida she'r.

Fasllar haqida she’r.

Yer yuzida to’liq yil 4 faslga ega: kuz, qish, bahor va yoz. Mavsumlarning mavjudligi erning harakatlari Quyosh atrofida uning orbitasida. Biz sayyora ichida bo’lgan kenglik va balandlikka qarab, meteorologiya va iqlimshunoslikdagi o’zgarishlar minimal yoki maksimal bo’lishi mumkin.

Bahor tilaklari.

Bahor

Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan,
Shoirlar bahorni kuylar azaldan?

Oshiqlar zangori kenglikka boqib,
Qo‘shiqlar aytadi bag‘rini yoqib.

Tabarruk chollarning chakkasida gul,
Momolar o‘yida bahordir nuqul.

Bir lahza yasharar qarri qo‘rg‘onlar,
Ajib dilbar bo‘lib qolar insonlar.

Ha, bahor misrasi menda ham talay,
Bu holning boisi bordir harqalay.

Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on,
Bag‘rida hozircha turfa hol pinhon.

Ranglar yashar unda balki pushti, oq,
Ajab, tikoni ham hozircha yumshoq.

Tong chog‘i shabboda ko‘taradi bosh,
Oh, nechog‘ latifu nechog‘lik yovvosh.

Asli qahratonning nabirasi u,
Nash’u namolari hozircha ezgu.

Inson fe’li qiziq, yashagay hurkib,
Shervachchani silab, sherdan-chi, qo‘rqib.

Bahor norasida go‘dakday shirin,
Qo‘ynida ezgulik armon yashirin.

Nashtar bo‘lmasidan g‘unchaning xori
Shirin tuyuladi uning diydori.

Bo‘ronga aylanmay shabboda – go‘dak
Ozurda dillarni yayratar beshak.

Odam bolasiga doim umid yor,
Shul sabab bahorga tilagi bisyor:

Olamga qabohat zahrin sochmasa,
Mas’um yuraklarda yara ochmasa.

Qoplamasa basdur yeru samoni
Mudhish qirg‘inlarning qora to‘zoni.

Bahor fasli haqida she’rlar to’plami.Navro’z, ayollar haqida she’rlar.

Navro’z.

Abdulla Oripov she'ri Navro'z

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Navro’z haqida boshqa she’rlar

Bahor keldi seni so‘roqlab…

Bahor keldi seni so‘roqlab… 

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.

Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

“Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
“Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?”

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen

8 – mart.onalar haqida she’r.

Do’rmonda kuz.

kuz

Bog‘imda mushuklar qoldirgan edim,
Daydib ketibdilar bechoralarim.
Barglarin to‘kmoqda daraxtlar qadim,
U bilan to‘kilar ezgu dardlarim.

Senga salom deyman so‘ng bor, behijon
Endi yerga yotding, soyabonim barg.
Nechun o‘ksik qolding, chinor, jonajon
Bog‘larga nahotki keldi bodi marg.

Arg‘uvon gullardi bu yerda abad,
Bu yerda kuylardi azal bulbullar.
Qushlarim, siz bizni tark etmang minut
Tag‘in ochilingiz bizning ey, gullar.

Sira ko‘z tegmasin qizg‘in ulfatga,
Qishda ham yashnaylik samoviy oydek.
Sizni taklif etar she’riy suhbatga
Mirtemir, Shayxzoda, albatta, Oybek.

Tabiat.

Buyuk ona tabiat,
Tilsimlaring juda moʼl.
Bizlarga berib sabot,
Koʼrsatasan toʼgʼri yoʼl.

Exson kutmaymiz sendan,
Bu bizning chin soʼzimiz.
Аksincha, kashfiyotni,
Yaratamiz oʼzimiz!…

Qahraton qish.

Qahraton qish.

Kunlar o’tdi, oylar o’tdi
Issiq yoz ham tashlab ketdi
Kelibon ayozli qish
Dalada to’xtadi ish

Yerlar bo’lgandi shudgor
Kuzdan qoldi bir yodgor
Go’zal zangori barglar
Bizga kuzni eslatar

Hozir hokim johil qish
Boshga keltirar tashvish
Osmon yig’lar zoru-zor
Yerlar bo’ldi oppoq qor

Oppoq bo’ldi chor tomon
Lek qor yog’ardi hamon
Oxir ovunib osmon
To’xtadi qorli bo’ron

Tinchlikka cho’mdi borliq
Qish cho’zilmasday ortiq
Lek oldinda bor bir oy
So’ng gullar ochar chiroy

Qorlar erib bitadi
Qish oxirga yetadi
Jildirab oqib soylar
Qushlar jo’r bo’lib kuylar

Qancha cho’zilmasin qish
Ko’klam albat keladi
Dalada boshlanib ish
Navro’z sasi yeladi.

Kunlar o’tdi, oylar o’tdi
Issiq yoz ham tashlab ketdi
Kelibon ayozli qish
Dalada to’xtadi ish

Yerlar bo’lgandi shudgor
Kuzdan qoldi bir yodgor
Go’zal zangori barglar
Bizga kuzni eslatar

Hozir hokim johil qish
Boshga keltirar tashvish
Osmon yig’lar zoru-zor
Yerlar bo’ldi oppoq qor

Oppoq bo’ldi chor tomon
Lek qor yog’ardi hamon
Oxir ovunib osmon
To’xtadi qorli bo’ron

Tinchlikka cho’mdi borliq
Qish cho’zilmasday ortiq
Lek oldinda bor bir oy
So’ng gullar ochar chiroy

Qorlar erib bitadi
Qish oxirga yetadi
Jildirab oqib soylar
Qushlar jo’r bo’lib kuylar

Qancha cho’zilmasin qish
Ko’klam albat keladi
Dalada boshlanib ish
Navro’z sasi yeladi.

Yangi yil haqida she’rlar

Fasllar haqida she’r.

fasllar qutlaganda

Ko’nglingiz quvonchi misli bir bahor,
Mehr-u muhabbatingiz yoz kabi bo’lsin!
Hayotingiz davomi kuz kabi sokin,
Qishning qorlaridek musaffo bo’lsin!

Bahor keldi.

Bahor keldi o’lkamizga
Yana keldi qaldirg’och
Humo qo’ndi yelkamizga
Borliq bizga bag’ring och

Bahor fasli tarovatin
Shunda bildim tabiat
Qish ketib bahor keldi
Quyosh bobo nuring soch

Bahor kelinchak misol
Sepin yoydi olamga
Ko’rib ko’zing quvnaydi
Boychechagu lolamga

Sen yaproqdagi shabnam
Fasllarning sarasi
Qo’y qo’zilar o’tlagan
Yaylovlarning egasi

O’zingdir olam ko’rki
Fasllar kelinchagi
Bolasi orom olgan
Kelinchak belanchagi

Senda hayot mujassam
Sen yasharish faslisan
Yangi yil ibtidosi
Yorqin hayot aslisan.

Balli qizlar ko’rik tanlovi ssenariysi

G’uncha.

Har kun boqqa borar edim ko’rgani uni,
Gulzor aro o’sayotgan nozik g’unchani.
Iliq shamol yalab o’tar uning yanog’in,
Asta-sekin hilpiratar nozik yaprog’in.

Ko’rganda u g’unchani ko’nglimda quvonch,
Kun sayin oshar menda sevgimga ishonch.
Bilmam, nimalar bizni yaqin etardi,
Yulduzlardan yuksakda ko’rardim seni.

Bir kun bog’dan shu g’unchani topa olmadim,
Ming afsuski, yorginamni asray olmadim.
Nahotki, bir begona ko’z nazar tashladi,
Bu nozik, mayin g’unchamdan meni ayirdi.

Kim uzdi bu g’unchani shu go’zal bog’dan,
Ajratib yolg’izimni, ajratib guldan.
Qani endi bu g’uncha? Tunlarim bedor
Sensiz o’tdi, jonginam, dunyo menga tor.

Yillar o’tar, to’xtamay izlayman seni,
O’shal payt ochilmagan nozik g’unchani.
G’uncha endi ochilib gulga aylangan,
Har zamonda kaminani esga olarkan.

Bolalar haqida she’r.

Oltin kuz

oltin kuz

Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,
O‘lkamizga kuz fasli keldi.
Ona yerning saxovatini
Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.

Kuzning qaynoq nafasi dastlab
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.

Egilibdi anor shoxlari
Ko‘tarolmay o‘z hosilini.
Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda
Mevalarning eng asilini.

Paxtazorlar oppoq libosda
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini.

Kuz manzaralari.

kuz manzaralari

Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bogʼlarda hazonlar yonadi lov-lov.
Doʼstlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan toʼkilgan olov.

Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Doʼstlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, soʼngsiz oʼylarim.

Quyosh ham falakda bamisli roʼyo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Doʼstlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.

Kuz fasli haqida eng yangi she’rlar.Bolalar uchun she’rlar

Yo’qotish.

Daraxtlar barglari sargʼayar birdan.
Ularga bahona kuzning quyoshi,
Unib chiqsa hamki ildizi yerdan,
Kuz kelib yoʼqoldi uning sirdoshi.

Sirdoshdan ayrilsa koʼpayadi gʼam,
Shodlikni oʼrnini bosar mahzunlik,
Har qanday janzotni yengarkan alam.
Sodiq oshnasidan boʼlsa mahrumlik…

Vatan haqida chiroyli she’rlar

Qish kelmoqda.

qish kelmoqda.

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.

Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.

Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.

Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?

Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.

Archa haqida she’r.

Qor parchalar

qor haqida she'rlar

Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir, adirlar, qo‘ralar
Oq kiyimga o‘ralar.

Uyga kirdi oq odam,
Qarasam, mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.

Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to‘nni uzatdim.

fasllar haqida she’r

boshqa mavzudagi she’rlar

manba.

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top