8-mart ayollar bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami — ushbu maqolada eng saralangan she’rlarni joylashtirishga harakat qildik. 8-mart ayollar bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami dan foydalaning.
8-mart ayollarga tabrik she’r
Porlab turar yuzlari
Surar shirin hayollar
Bayramingiz muborak
Bugun aziz ayollar
Mehr degan bir ajib
His tuyg`uning bulog`i
Sizlar borki o`chmaydi
Xonadonlar chirog`i
Dardingiz ichga yutib
Doyim kulib turasiz
Mehri daryo chiroyli
Farishtalar bo`lasiz
***
Mayda o`rilgan sochlari
Go`zal shirin so`zlari
Barchangizni qutlayman
O`zbegimning qizlari
Go`zallikning timsoli
Osmonda oy misoli
Oshiq etar o`ziga
Guldan go`zal visoli
***
Sho`xligimiz ko`targan
Azizim jonajonlar
Bahtimizga sog` bo`ling
Mehribon onajonlar
***
Qo`llarimda gul dasta
Ketyapman qoshingizga
Shukr deyman hudoga
Yonimda boringizga
Bahor fasli haqida she’rlar to’plami.Navro’z, ayollar haqida she’rlar.
Ayollar yaxshi
Qorami, sariqmi
Ayol yaxshidur
Semizmi, oriqmi
Ayol yaxshidur
Bichuvchimi, tikuvchimi
O’qituvchimi, o’quvchimi
Sotuvchimi, uchuvchimi
Ayol yaxshidur.
Qora ko’zmi. Ko’k ko’zmi
Ola ko’zmi . Qo’y kuzmi
Bo’ta ko’zmi. Shaxlo ko’zmi
Baribir Ayol yaxshidur.
Extimol aytarsiz
Ey , birodar
Oshirvording sal
Bu ayol zotiga
Maqtovni ko’pimas
Ozrogi afzal…
Lekin…
Saxroga o’xshaydi
Ayolsiz dunyo
Quriydi qaqshaydi
Ayolsiz dunyo
Erkaklar ko’tarolmay
Sukunat yukin
Aqldan ozib
Qolishlari mumkin
Qalbimizda ungan
Baxoriy ko’klam
Bizga dono ayollarning
Yorligidandir
Extimol xayotning
Go’zalligi xam
Dunyoda ayollar
Borligidandir.
Ayollar haqida she’rlar to’plami
8-mart bayrami
Xayot bogʼlarida tikonlar soʼlsin,
Umr yoʼllaringiz gullarga toʼlsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlugʼ ayyomingiz muborak boʼlsin.
Bolam deb gʼam chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon,quvonchi yarim,
Ey ,mening jannatiy onajonlarim,
Qutlugʼ ayyomingiz muborak boʼlsin.
Qoshlari kamalak, sochlari chambar,
Ohu koʼz sanamlar, yuzlari dilbar,
Siz borsiz dunyo ham goʼzal, munavvar,
Qutlugʼ ayyomingiz muborak boʼlsin.
Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlugʼ ayyomingiz muborak boʼlsin.
Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin koʼzlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlugʼ ayyomingiz muborak boʼlsin.
8-mart muborak bo’lsin
G’am sizdan yiroq bo’lsin,
Tabassum xamrox bo’lsin
Bahordek pok umringiz,
Doim quvonchga to’lsin
8-Mart muborak bulsin…
Onalar haqida she’rlar to’plami
8-mart tabriklari
Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo.
«8-MART» Ayyomingiz muborak bo’lsin!!
Bayraming muborak ilk muhabbatim
Eslamay deyman-u, so’raydi yurak.
Azobim o’zingsan, armonli dilim..
Sen mendan baxtliroq, yashashing kerak.
Bayraming bilan… Ilk muhabbatim…
Ayollar omon bo’lsin
Dangillama uylar qurdiradigan,
Qarsillatib to’ylar qildiradigan
Erlarining soqolini,
xar kuni qirdiradigan.
Ayollar omon bo’lsin!
Shirin qilar oshingni,
Zaxar qilar oshingni.
Tergin deya toshingni.
Og’ritsa xam boshingni.
Ayollar omon bo’lsin!
Aytganini qilsa xam,
Ustimizdan kulsa xam.
Begona duxilarni,
Yuz metrdan bilsa xam.
Ayollar omon bo’lsin!
Tur desang o’tirsa xam ,
o’tir desang tursa xam.
Kun bo’yi pardoz qilib
Salonlarda yursa xam.
Ayollar omon bo’lsin!
Jaxlda shimarsa yeng,
Naq enamni ko’rdim deng.
Toqati tog’larga teng.
Bilagi Alplarga teng.
Ayollar omon bo’lsin!
Bozorlarda yugurgan.
Sandiqlarni to’ldirgan
Xamma ishga ulgurgan.
Ayollar omon bo’lsin!
Quda tanlab qidirgan.
Suymaganni suydirgan.
Muqom qilib kuldirgan.
Kelinini ko’ndirgan.
Ayollar omon bo’lsin!
Tabrik she’r
Aytishlaricha bir baland tog’ bor emish,
Shuhratingiz shu tog’dek baland bo’lsin.
Shu tog’ning ostida bir yo’l bor emish,
Umringiz shu yo’ldek uzun bo’lsin.
Shu tog’ oldida archalar bor emish,
Savobingiz shu archalardek ko’p bo’lsin,
Qadrdonim 8-mart bayramingiz
muborak bo’lsin!
Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo.
8-MART Ayyomingiz muborak bo’lsin!!!
Balli qizlar ko’rik tanlovi ssenariysi