Bolalar uchun 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga she’rlar. Maktab o’quvchilari va bog’cha tarbiyalanuvchilari uchun Vatan himoyachilar kuniga atalgan she’rlar.
Vatan himoyachilari kuniga she’rlar.
Tabarruk ona tuproq
Bag’ishlaydi kuch bizga.
Shu Vatanni asramoq-
Eng muqaddas burch bizga.
Ulg’ayib eng oldingi
Saflardan joy olamiz.
Mardona qasamyod
Mangu sodiq qolamiz.
Vatanim o’g’lonlari.
Kuch qaynar bilagida,
O’t yonar yuragida.
Postiga sergak juda,
Vatanim o’g’lonlari.
Deydi tinch bo’lsin osmon,
Zaminda yetilsin don.
El sokin olsin orom,
Vatanim o’g’lonlari.
Yomonlik bo’lmas sodir,
Aslo olmang xavotir.
Dovyurak,yovqur,botir,
Vatanim o’g’lonlari!
Vatanini sevadi,
Ardoqlaydi doimo.
Vatan tuyg’usi yuragida,
Vatanim o’g’lonlari!
Bir-biriga yelkadosh,
Maslakdosh hamda hamkor,
Deydi:Kuch-adolatda
Vatanim o’g’lonlari!
Qora bulut to’sa olmas,
O’zbek moviy osmonin,
Doim yorug’ quyoshi,
Vatanim o’g’lonlari!
Tavsiya etamiz: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni uchun tadbir ssenariylari
Chegarachi akam.
Vatan chagarasini,
Qo‘riqlaydi mard akam.
Buzmaydi va’dasini,
Yurtiga sodiq har dam.
Ko‘zlari misli lochin,
Begonani yo‘latmas.
Alpomishdayin u chin,
Dushmanidan tap tortmas.
Chegarada akam bor,
Men o‘qiyman baxtiyor.
Yaxshilarga do‘stu~yor,
Postida turar xushyor.
Men bo‘lajak askarman.
Erta turib, yugurib,
Kuch~quvvatga to‘laman.
Sport bilan do‘st bo‘lib,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Chap berib shamollarga,
Chegarada turaman.
Issiqdayam~qorlarda,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Temur bobomday qo‘rqmas,
Jaloliddinday qaytmas,
Ko‘rganlar qilar havas,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Tavsiya etamiz: Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami
O’g’lon.
Yurt tinchligi metin kullarda
Ishonchlari kamarda boglik
Xur vatanning yashnashi uchun
Himoyada bor bir kalkoni
Sarxadlarin kuriklar tinmay
Yuragida Temur madadi
Yashayapmiz bulmay xech kimdan kam
Himoyada uzbek o’g’loni.
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.
Alpomishdek botir, jasur yigitlar,
Arslon ham sizlardan dars olsa kerak.
Vatan uchun har nega qodir yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.
Siz sohibqironning vorislarisiz,
Kelajak kun sizga bog’liqdir, beshak.
Chayir va zabardast aziz o’g’lonlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!
Dunyoda bor ekan sizday o’glonlar,
Tinch va xotirjam uradi yurak.
Ko’ksi Vatan uchun qalqon yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak!
Tinchlik posbonlari.
Ko’zlarida teran ma’no o’y suradi.
Yuragida vatan ishqi jo’sh uradi.
Yurtim deya har yumushga Shay turadi.
Tinim bilmas tinchligimiz posbonlari.
Uning deya sokin kechar tunlarimiz.
Mazmunlidir o’tgan har bir kunlarimiz.
Zavqqa to’la shodlikka mo’l dillarimiz.
Tinim bilmas tinchligimiz posbonlari.
Ko’ngli iymon ma’rifatga to’la og’lon.
Yurtim deya yonib yasha sen har zamon.
Toki vaqtlar o’tib bir kun avlodlar ham.
Sendek bo’lsin baquvvat tan ziyrak o’g’lon.
Himoyachim.
Siz borsizki osudadir hayotimiz.
Siz borsizki ko’ngil tinch-u xalq farovon.
Siz borsizki xotirjamdir har kunimiz.
Ming shukurkim siz bor uchun dil charog’on.
Tavsiya etamiz: Vatan himoyachilari kuni uchun she’rlar to’plami
Askarlar haqida ruscha she’rlar.
Собрались сегодня в зале
Всей толпою мы не зря,
День защитника встречаем.
С 14 января
* * * * * * * * *
Всем желаю мира, счастья,
Смеха, радости, любви,
Жить в красивом, добром мире,
Чтобы не было войны!
* * * * * * * * *
В детском садике — играем:
Как солдаты мы шагаем,
А когда гулять идем,
Громко песенку поем!
Левой-правой, не зевай,
От других — не отставай,
Мы — шагаем, дружно, в ряд,
Словно воинский отряд!
* * * * * * * * *
Мы немного подрастем,
Тоже в армию пойдем,
Будем всех мы защищать,
Президенту — помогать
* * * * * * * * *
Мы пока что подрастаем,
Только ходим в детский сад,
Но уже все точно знаем —
Бережёт страну солдат!
И защитникам желаем,
В мире всех сильнее быть,
Чтобы полк врагов бескрайний
Одной левой победить!
* * * * * * * * *
Девочки у нас — что надо,
Загляденье и отрада,
Мы — должны их защищать
И в обиду не давать!
* * * * * * * * *
Поздравляем пап и братьев,
Нам на всех подарков хватит!
Быть желаем смелыми,
Добрыми, умелыми!
Будем мы «ура» кричать,
И учиться защищать!
* * * * * * * * *
У нас мальчишки — молодцы,
Они — защитники, бойцы,
Девчонок защищают,
Всем взрослым помогают,
Не важно, что они малы,
В душе они всегда храбры.
* * * * * * * * *
Наши мальчики сильны,
Скоро вырастут они,
Будут всех нас защищать
И в обиду не давать
Защитникам смелым
Мы крикнем «Ура!»
Здоровья желаем вам,
Счастья, добра.
* * * * * * * * *
Праздник сегодня у наших ребят,
У наших защитников, наших солдат,
У дедушек, пап, у дядей, братишек,
У наших героев, у наших мальчишек!
* * * * * * * * *
Tavsiya etamiz: Vatan himoyasi – muqaddas burch haqida insho.
Я папу — обожаю,
В день этот — поздравляю,
Защитник он для мамы,
И для меня он — самый!
Папа и дедушка,
Братик и дядя,
Вас всех поздравить
Сегодня я рада.
Папа, поздравляю я
С 14 января
Ты герой мой, и всегда
Буду я любить тебя
Мальчики у нас бойцы,
Вот какие — молодцы,
Нас девчонок — охраняют,
Никогда не обижают.
Я мужчина хоть куда:
Помогу во всем всегда,
Подрасту я очень скоро,
Буду мамочке — опорой!
Bolalar uchun askar haqida she’rlar.
Men askarman doimo.
Hushyorlik menga qurol.
Darrov sezaman , hatto
Shitirlasa, gar shamol.
Axir, Ona-Vatanim,
Tikkan menga ko’zini.
Fido etib bu jonim,
Oqlayman yurt tuzini.
Qo’riqlayman el tinchin,
Tonglarning kulgusin.
Keksalar baxt, sevinchin,
Go’daklar kulgusini.
Mustaqil Ona-Vatan ,
Mening ko’z qarog’imga.
Axir shu yurt , shu chaman,
O’stirdi quchog’ida.
– Kunduz bo’lsin yoki tun ,
Issiqmi, sovuqmi yo …..
Farqi yo’qdir men uchun .
Hushyorman men doimo.
Askar-askar o’ynaymiz.
-Askar-askar o’ynaymiz,
-Biz askar, biz askar.
-Askar-askar o’ynaymiz,
– Siz askar, siz askar.
-O’q otishga yo’l bo’lsin ,
-Qo’ymaymiz-qo’ymaymiz.
-Biz ham kichik qo’riqchi,
-Askarlarmiz, askarlar.
-Yurtimizni tinch-omon,
-Asraymiz, asraymiz.
Jajji askarlar.
Bizlar jajji askarlar ,
Yurt posboni navkarlar.
Yovga qilmaymiz shafqat ,
Qo’rqmas botir , shunqorlar .
Yelkamizda avtomat,
Turib navbatma-navbat.
Qo’riqlaymiz sarhadni,
Misli alpomish kelbat.
Jajji askarmiz hali,
Ko’rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi,
Ona –Vatan posbonlari!
Qadamidan o’t chaqnaydi,
Tomirida Temur qoni.
Shunqori bor el qo’rqmaydi,
Ortar olqish, sharf-shoni.
Alp –qomatli polvonlar,
Ona Vatan posbonlari!
-Vatanimiz O’zbekiston ,
Ushalmoqda armonlari.
Madhiyasi tilda doston,
Dardida em-darmonlari.
Ona –Vatan posbonlari!
Yurtimiz askarlari.
Sergak, mard va jasur
Yurtimiz askarlari.
Xo’p bilimdon va mag’rur,
Yurtimiz askarlari.
Yer-u osmon va suvda,
Emasdir hech qo’rquvda,
Ular doim mag’rurda,
Yurtimiz askarlari.
Tank boshqarar, goh otda,
Qasami turar yodda,
Nishon urar bexato,
Yurtimiz askarlari.
Yigitlar – sodiq o’g’lon,
Xizmatni bilishar shon,
Yurt uchun tikarlar jon,
Yurtimiz askarlari.
Tavsiya etamiz: Vatanparvarlik – oliy fazilat. “Vatanparvarlik haqidagi tushuncham”
Askar bo’laman.
Men oltiga to’lyapman,
Qarang, katta bo’lyapman.
Jasur askar bo’lishni,
Dildan orzu qilyapman.
Yoshman, o’rnim bog’chada,
Niyatlarim boshqacha.
Hozir sog’lom o’syapman,
Askar bo’lish yoshgacha.
Albat askar bo’laman,
O’ylab ba’zan tolaman.
Men so’zimda turguvchi,
Rostgo’y o’g’il bolaman.
Askarlar.
Qo’lda automat,
Bukmaydi qomat.
Birdek qadami,
Chiqmas hech dami,
Safda askarlar.
Qo’shiq aytar goh,
Havas qilsang oh.
Bo’lmasa-da soz,
Qarang, bir ovoz,
Safda askarlar.
Bahorda, qishda,
Chiqsa ham ishga,
Buzilmas safi,
Yo’q ortiq gapi,
Safda askarlar.
Yurtim askarlari.
Vatan himoyasi yigit uchun shon,
Askarlar bor ekan, kulib otar tong,
Yurt uchun xizmatda, yurt uchun qalqon,
Yurtim askarlari sizga tasanno.
Keksalar duoda sizni olqishlar,
Doimo sergaksiz, ham yoz-u qishlar,
Sarhadni buzolmas hattoki qushlar,
Yurtim askarlari sizga tasanno.
Harbiy texnikada erursiz mohir,
Yurtim bayrog’ini ko’tarib mag’rur,
Vatanim ishonar sizlarga axir,
Yurtim askarlari sizga tasanno.
Samodan boqasiz, suvdasiz hatto,
Burchingiz sharaf-la etasiz ado,
Vatan tayanchisiz, qilmaysiz xato,
Yurtim askarlari sizga tasanno.
Askar bo‘laman..
-Men-chi, yaxshi bolaman,
Kuch-qudratga to‘laman!
Oyim aytdilar, tez kunda,
Botir askar bo‘laman!
Vatanim keng, bepoyon,
Baxtli yashar, har inson!
Chegara mustahkamdir,
Kira olmas,. bir dushman!
Osmonimiz musaffo,
Yurtim, jahonda tanho!
Tugilganman shu yurtda,
Mendan baxtli yo‘q go‘yo!
Vatan himoyachilari kuniga she’rlar.
Mening akam harbiydir,
Vatan himoyachisi.
U jangovor komandir,
Uchqichning uchuvchisi.
Vatan sarhadlarini
Qo’riqlashar kunu tun.
Yov tumshug’in tiqolmas,
Yo’llari to’siq butun.
Men qahramon akamga,
Doim havas qilaman.
Voyaga yetsam agar
Men ham harbiy bo’laman.
14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga tabrik she’r.
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.
Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
Askarlarga.
Tinch turmas azaldan bu ko’hna olam,
Endi dunyo yuzi urush ko’rmasin.
Aqlli, baquvvat, kuchli yigitlar
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak.
Sizgadir olqishlar, sizga sharaf-shon,
Doimo yor bo’lsin sizlarga zafar,
Bugun bayramingiz bilan qutlabon,
Mening ham sizlarga tilagim bisyor.
Unutmang, vatanga siz doim kerak,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!
Vatan himoyachilari kuniga she’rlar.
Tavsiya etamiz: Askarlar haqida she’rlar to’plami