Bosh sahifa » Tadbir senariysi » 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni uchun tadbir ssenariylari

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni uchun tadbir ssenariylari

by nafisa nafisa

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni uchun tadbir ssenariylari

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

 

14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

Ushbu sahifamiz orqali siz 14-yanvar kuni vatan himoyachilari kuni uchun kerak bo’ladigan tadbir ssenariylaridan namuna sifatida keltirilgan.Kerakli faylni ustiga bosish orqali bepul yuklab olishingiz mumkin.

14-Yanvar O`zbekiston askarlari ssenariy

14 yanvar mtm

“Vatan_himoyachilari”_mavzusida

VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Vatan-himoyachilari-kuni-tadbir-dasturi

Tinchlik-barqaror-bolsin-nomli-senariy

 

“Tinchlik barqaror bo’lsin” tadbir ssenariysi

Bayramona bezatitgan sahna. To’rda Vatanimiz himoyachilari, davlatimiz qurolli kuchlari aks etgan plakatlar va «Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!», «14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni» singari shiorlar osilgan. Ichki ishlar xodimlari, mahalla posbonlari taklif etilgan. Marsh sadolari ostida ikki boshlovchi sahnaga chiqadi).

1-boshlovchi: — Assalomu alaykum, osuda hayotimizning posbonlari, hurmatli otaxonlar, mehri ummon onaxonlar, ustoz-murabbiylar! Sizni bugungi davramizning aziz mehmoni sifatida ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz.

bu qiziq… Vatan himoyachilari kuni uchun she’rlar to’plami

2-boshlovchi: — Biz bugun 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 0‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 23 yillik to’yini nishonlash maqsadida ushbu koshonaga yig’ildik.
E’tiboringizga «Bizlar — kichik askarlar» mavzusidagi tadbirni havola qilamiz.

1-boshlovchi: — Dunyoda «Vatan» so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, vatan himoyachisi bo‘lishdan ortiq shon-sharaf ham yo‘q. Mazkur tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo’lib, asrlar osha ajdodlarimiz o‘gitlarida, xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlarida yashab kelmoqda.

2-boshlovchi: — Bu bayram — el-yurtga sadoqat bayrami. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan 0‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorlik yo’lidagi mehnati xavfsizligining kafolatidir.

1-boshlovchi: — Vatan himoyachisi deganda ko‘z o’ngingizda kimlar gavdalanadi?

1-o’quvchi: — Men muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan akamni ko‘z oldimga keltiraman.

2-o‘quvchi: — Kursantlarga harbiy bilim berib kelayotgan dadamni birinchi navbatda eslayman.

3-o’quvchi: — Hozirgi kunda nafaqadagi bobom ham vatan himoyachisi bo‘lgan.

4-o‘quvchi: — Vatan himoyachisi deganda ko’z o’ngimizda, eng awalo, qomatiga harbiy libos yarashgan, tug’ilgan yurti va oq sut bergan xalqini jondan sevuvchi, zamonaviy harbiy bilim va ko‘nikmalarga ega, tinchlik va barqarorlikni saqlashdek olijanob maqsad yo‘lida har qanday jasoratga tayyor mard va botir o‘g‘lonlar namoyon bo’ladi.

1-boshlovchi: — Har birimiz yaxshi xulq va a’lo baholarimiz bilan vatanga sodiq farzand ekanligimizni ko‘rsatamiz. Hozirgi videorolikda ham bunga guvoh bo’lamiz. («Vatanimga xizmat qilaman» videoroligi namoyish etiladi).

2-boshlovchi: — 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52- moddasida «0‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — 0‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», deyilgan.

1- boshlovchi: — Vatan, vatan himoyasi haqida shoirlar ko‘p she’rlar bitgan. 0‘quvchilarimiz yod olgan ana shunday she’rlarni aytishadi. (Ular shoir Rauf Tolibning «O’zbek askari so’zi» nomli she’rini o’qishadi).

Tavsiya etamiz: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bolalar uchun she’rlar.

1-o‘quvchi:
Men askarman, doimo
Hushyorlik menga qurol.
Darrov sezaman, hatto
Shitirlasa, gar shamol.

2-o’quvchi:
Axir ona-Vatanim
Tikkan menga ko’zini,
Fido etib bu jonim,
Oqlayman yurt tuzini,

3-o’quvchi:
Qo’riqlayman el tinchin,
Tonglarning kulgusini,
Keksalar baxt, sevinchin,
Go’daklar kelgusini.

4-o’quvchi:
— Mustaqil ona-Vatan
Mening ko‘z qarog’imda.
Axir shu yurt, shu chaman,
O’stirdi quchog’ida,

1- boshlovchi: — Askar — mard, jasur, epchil, kuchli yigit degani. Sinfimizning o’g’lonlari
Vatanimizning bolajak posbonlaridir. Uiar hozir jasur askar bo’lish orzusida.

2-boshlovchi: — Ular ishtirokidagi sahna ko’rinishini tomosha qiling. (2010- yil 12- yanvarda poytaxtimizda ochilgan «Vatanga qasamyod» monumentining surati oldida o‘g‘il
bolalar daviatimiz timsoli — bayrog’imizni o‘pib, Vatan himoyasi uchun, qutlug’ zaminning har qarich tuprog’ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho‘kib qasamyod qilishadi. Sahna ko’rinishi tugagach, bo’lajak askarlar 0‘zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymonning «Askarlar» nomli jangovar qo‘shig‘ini aytib chiqib ketadilar).

Boshqalar o’qimoqda…

1- boshlovchi: — Bugungi kunda nafaqat mard yigitlar, balki jasoratli qizlar ham Vatan himoyasi, el kori uchun bel bog’lab xizmat qilmoqda. Ular haqida sinfimiz qizlari she’r yod olishgan. Marhamat!

1-o’quvchi:
To’marisning avlodlari asli sizlar,
Oybarchinday shijoatli, shahdli qizlar.
Qasamyodga sodiq qutlug’ ahdli sizlar,
El posboni libosini kiygan qizlar.

2-o‘quvchi:
Baxtlisizlar kun-tun elga tinchlik so’rab,
Lekin doim yurolmaysiz o’ynab-yayrab.
Yurtni ko‘proq sevgim kelar sizga qarab,
El posboni libosini kiygan qizlar.

3-o’quvchi:
Yelkangizda yulduzchalar porlab turar,
Sizni mudom yorug’likka chorlab turar.
Siz kulganda osoyishta olam kular
El posboni libosini kiygan qizlar.
(«Ko’pkari» raqsi).

Tavsiya etamiz: Vatan himoyasi – muqaddas burch haqida insho.

1-boshlovchi: — Biz To‘maris, Spitamen, Jaloiiddin Manguberdi, Amir Temur kabi dovyurak
sarkardaiarning vorislarimiz. Ishonch bilan aytamizki, bobolarimizga munosib, Vatanimizga sodiq farzand
bo’lamiz.

2-boshlovchi: — Tadbirimizga tashrif buyurgan ichki ishlar xodimlariga so‘z navbatini beramiz. (Ular ogohlik, tinchlikning qadriga yetish kerakligi haqida gapirishadi).

1-boshlovchi: — Bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug1 sana — Vatan himoyachilari kuni va 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 22 yilligi bilan chin qalbdan yana bir bor muborakbod etamiz.

2-boshlovchi: — Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo’lsin.

 Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak. azizlar!!!  

Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz
Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz.
Og’irimiz engil kilib doimo,
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.
Muhtojlik sezamiz himoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va ko’kka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz hamsoyangizga.

Tavsiya etamiz : tadbir senariylar to’plami

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x