E’tiboringizga Vatan himoyachilari haqida kuni she’rlar ni taqdim etamiz. Eng sara she’rlar to’plamidan foydalaning. O’z fikringizni albatta qoldiring.
Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz,
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz.
Og’irimiz yengil qilib doimo,
Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz…..
Muxtojlik sezamiz ximoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va ko’kka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz xamsoyangizga.
14-yanvar she’rlar
14-yanvar she’rlar
Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Vatanim nomini dunyoga aytib,
Yetkizdim ta’rifin hech bir nuqsonsiz,
Dunyo go’zal dedi men aytdim unga,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Tinchlikni bahshida etdi yurtboshim,
So’ngi manzilimda xalqim yo’ldoshim,
Vatanim faxrimdir ko’kdadir boshim,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Bolakay yiqilib tushsa gar nogoh,
Qo’shnisi o’rnidan turgizar panoh,
Mehmonlar aytishar bu go’zal dargoh,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Bolalar hur quvnab o’ynashiga boq,
Bolakay vatan deb kuylashiga boq,
Yaxshilar ketmasin yurtimdan yiroq,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Azaldan mehribon oq-ko’ngil xalqim,
Albatta buyukdir bilsinlar har kim,
Barchaga savolim eshitingiz jim,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…
Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.
Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!
Oh , mening yuragim – jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.
Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.
Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR.
Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR.
Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.
Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.
Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.
Dasturxon qutligi – ular mehnati,
Ustimiz butligi – ular himmati.
Farzandlar chirog‘i – ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.
Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.
Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.
Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.
Vatan himoyachilari kuni she’rlar. Harbiy askarlar
Bir xil yur, deb uqtirar serjant,
Bir xil tur, deb uqtirar serjant.
Uxlar bo‘lsang, tushlaringni ham
Bir xil ko‘r, deb uqtirar serjant.Bir xil tushmas ammo negadir,
Poyma-poydir qadamlarimiz.
Kimdir safdan qolib ketadi,
O‘zib ketar ildamlarimiz.Bir haftami, o‘n kunmi o‘tgach,
Izga tusha boshlar hammasi.
Tarbiyalar bizlarni chanqash
Va toshyo‘lning o‘tdek nafasi.Hayotda-chi, ammo hayotda
Teng tushmaydi aslo odimlar.
Kimlar qolib ketadi ortda,
Ilgarilab ketadi kimlar.Buni o‘nglab bo‘lmaydi hargiz,
Har kim qo‘ldan kelgancha yashar.
Lekin, do‘stlar, shu yurt uchun biz
Bir umrga askarmiz, askar.Mayli, turfa kechsin kunimiz,
Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard.
Ammo shu el, shu Vatanni biz
Birday halol sevmog‘imiz shart!
O’zbekiston Askari
Qadamingdan o‘t chaqnar
liboslaring yarashar,
Ko‘rganlar xavas qilar-
O’zbekiston Askari!Sen o‘z o‘rning sardori
Ximoyangda yosh-kari
Sergak turgin, charchama,
O’zbekiston Askari!Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning-
O’zbekiston Askari!Ardoqlagin Vatanni
Bag‘ishlab jonu tanni
Yo‘latmagin dushmanni
O’zbekiston Askari!Ozod yurtim bor, deb ayt
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt-
O’zbekiston Askari!
Vatan himoyachilari kuni haqida she’rlar sizlarga yoqqan bo’lsa o’z fikringizni qoldiring. Sizlarga tavsiyamiz bor :