Mundarija
Harbiylik – ulug’ kasb.
I-Krish:
O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari.
II-Asosiy qism:
a)O’Z.Res.Mudofa vazirligi
b)O’Z.Res. Qurolli kuchlar tarixi
III-Xulosa:Huquqiy asos
a)Harbiylik —ulug’ kasb
O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari.
Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari — Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qoʻshilmalar va qismlarni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari bayrogʻi Asos solingan.
Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va boʻlinmalar, Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qoʻshinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari,Chegara qoʻshinlaridan tashkil topgan.
Tavsiya etamiz: Vatan himoyasi – muqaddas burch haqida insho.
Qurolli kuchlar tarixi.
Oʻzbekiston armiyasi 2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi.[4] Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan.[5]
Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014 yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420ta tank, 715ta BTR (zirhli transport vositasi), 109ta raketa tizimlari, 69ta qiruvchi samolyot, 65ta vertolyot, xususan, 25ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.
GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻistonham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻizistonva Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin),Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston(80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan.
Tavsiya etamiz: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bolalar uchun she’rlar.
Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya vaXitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan.
Qayd etish joiz, GFP’ning 2014 yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Bayonotida „Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston RespublikasidaMudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashgan sobiq SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik komiteti hamda Ichki qoʻshinlari OʻzR yurisdiksiyasiga olinadi“, deb koʻrsatilgan edi. Bu 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunda „Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega“ deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
Harbiylik — mening tanlovim.
O‘zbekiston o‘zini suveren davlat deb e’lon qilganining oltinchi kuni, ya’ni 1991 yil 6 sentyabrda Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 1992 yil 14 yanvar kuni esa Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazildi. Bunday tarixiy qaror qabul qilingan kunning yuksak ahamiyati e’tiborga olinib, 1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi.
Bugungi kunda milliy armiya safida xizmat qilish yoshlar uchun haqiqiy mardlik va jasurlik ishiga aylangan. Armiya ular uchun chinakam toblanish maktabi va Harbiylik ulug’ kasb bo‘lmoqda. Yoshlar orasida harbiyda xizmatni o‘tashga bo‘lgan havas va ishtiyoqning tobora ortib borayotgani sababi ham shundan aslida.
Lekin muddatli harbiy xizmatga hamma yosh yigitlar ham olinavermaydi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan va intellektual salohiyatga ega bo‘lishdan tashqari, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va o‘rta ta’lim maktabi doirasidagi bilimi talab darajasida bo‘lgan navqiron yigitlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tashlari uchun yo‘llanma beriladi.
Davlatimiz tomonidan muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarga oliy o‘quv dargohlariga kirish uchun imtiyozlar berilgani yigitlarning ruhiyatini ko‘taribgina qolmay, ularning kelgusida mustaqil hayotda munosib o‘rinlarini topishlariga ham mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Ha, sho‘ro davridagi askarlikni hozirgisi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Muhimi shundaki, farzandi armiyaga ketayotgan onalarning ko‘zida yosh, yuragida xavotir yo‘q. Aksincha, mening o‘g‘lim haqiqiy Vatan himoyachisi bo‘ldi, degan faxr tuyg‘usi bilan jigarbandlarini harbiy xizmatga kuzatmoqdalar.
Dunyoda kasblar ko‘p, harbiylik ular orasida eng ulug‘idir. Vatan himoyachisi hisoblangan harbiylarimiz nafaqat o‘zini, oilasini, balki xalqini, mamlakatini himoya qiladi. Bu — katta baxt, ulkan sharaf.
Tavsiya etamiz: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni uchun tadbir ssenariylari