Konstitutsiya haqida she’rlar.
Ushbu sahifamiz orqali Konstitutsiya haqida bolalar uchun eng sara she’rlarni topshingiz mumkin.Konstitutsiya haqida she’rlar. Konstitutsiya moddalariga atab she’rlar, va Vatan haqidagi eng ommabop qo’shiqlar.
Bayram muborak aziz do‘stlar!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
Tavsiya etamiz : 8-dekabr Konstitutsiya kuni tadbir ssenariylar
Bizning Konstitutsiya!
O’qi, mehnat qil deydi,
Yurtni aziz bil deydi
Huquqing komil deydi,
Bizning Konstitutsiya!
Tinchligimiz tayanchi,
Farovonlik ishonchi.
Fuqarolar quvonchi
Bizning Konstitutsiya!
Qonunlarni bilamiz,
Shu yurt faxri bo’lamiz.
Jonu dildan sevamiz,
Bizning Konstitutsiya!
Faxrimiz, g’ururimiz
Sha’nimiz shavkatimiz.
Baxtimiz sururimiz
Bizning Konstitutsiya!
Qonunlarni bilamiz,
Shu yurt faxri bo’lamiz.
Jon-u dildan sevamiz,
Bizning Konstitutsiya!
Qomusim.
Kunduz – quyosh, tunlari
Nur sochar oy fonusim.
Sening bilan charog‘on
Hayotim, Bosh Qomusim!
Jajji qalbda orzular
Ushaladi sen sabab.
Sening o‘zing zo‘r muallim,
Sening o‘zing zo‘r maktab.
Huquq nima, burch nima
Bilib oldim o‘zingdan.
Sen azizsan men uchun
“Mustaqillik” so‘ziday.
Shu Vatan, deb yashayman,
Dilda orim, nomusim.
Yo‘llarimda mayoq bo‘l,
Qomusim, jon Qomusim!
Tavsiya etamiz : Konstitutsiya haqida sherlar 2
Qomusim sharofati.
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon,
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Konstitutsiya kitobi
Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
Oddiylik adolatdir
Baxtiyorman hur elimning,
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Tavsiya etamiz :Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Muqaddas kitob
Amu bilan Sirdaryodan
Kamol topgan o‘zbekmiz.
O‘z erkiga, huquqiga
Ega bo‘lgan o‘zbekmiz.
Xalqim diliga yog’du,
Sochar misoli oftob.
Qonunlar majmuasi,
Muqaddas, ezgu kitob!
Huquqlaring bilib ol.
O’qib olsang kundan – kun,
Fikring bo’ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo’lsang har ishda,
Dono bo’lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o’tadi, sen kutma!
O’qi, bedor bo’lsang ham,
Hayotda bo’lmaysan kam.
Tavsiya etamiz : Men va mening huquqlarim. Bola huquqlari haqida matn.
Konstitutsiya
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u.
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oily hakam!
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami
Konstitutsiya moddalariga she’rlar.
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El yurt qalbidan g‘uborlar ketgan
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan.(40-modda).Tibbiy xizmat doimo,
Kerak har bir kishiga.
Sog’lom tanda sog’ aql,
Urtum berar ishiga (40-modda).
- Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!(4-modda). - Vatanimning bayrog’i,
Dilginamning qarog’i.
Madhiya hamda gerbim,
Porloq yo’lim chirog’i (5-modda). - Azimdir Toshkent shahri,
Juda keng saxiy bag’ri.
Udir Vatan yuragi,
Ulug’ xalqim tilagi (6-modda). - Burchlarimizdan so’zlar,
Bilsang, o’n birinchi bob.
Burchimni anglashimda,
Qomusim misli oftob. - Bepul bilim olamiz,
Hur Vatanim qo’ynida,
Vatanga xizmat qiiish —
Har o’g’il, qiz o’yida (41-modda). - Oila — jamiyatning,
Asosiy bo’g’inidir.
Oltmish uchinchi modda,
Shu bo’g’in talqinidir. - Vatanimning nomini,
Aytar birinchi modda.
O’qib, o’rgansak uni,
Muhabbat ortar qalbda. - O’ttiz yettinchi modda,
Mehnat qilish haqida.
Har kim sevsa kasbini,
Egallagay baxtini. - O’ttiz to’qqizinchi modda,
So’zlaydi ta’minotdan.
Har bir inson keksaygach,
Mamnun bo’lar hayotdan. - Moddaning to’rtinchisin,
Ulug’ tilim tasdiqlar.
Ajdodlarim orzusi,
Ko’zlarimda charaqlar.
Tavsiya etamiz : Mustaqillik va O’zbekiston,Vatan haqida saralangan she’rlar
- Huquq, erkinlik haqda,
18-, 21-, va 31-modda.
O’qib, uqib, o’rganib,
Amal! qilamiz, albatta. - Bo’lmoq yaxshidir mulkdor,
Ham fermeru chorvador.
Ko’chmas mulkning egasi,
Tadbirkorlar sarasi (36-modda). - Tibbiy xizmat doimo,
Kerak har bir kishiga.
Sog’lom tanda sog’ aql,
Urtum berar ishiga (40-modda). - Atrof-muhitni saqlash,
Barchaning teng burchidir.
Uni asrab-avaylash —
Vijdonlining ishidir (50-modda). - Yetmish oltinchi modda,
Yurtim oliy organi —
Oliy majlis haqida,
Qunt bilan o’rgan uni. - Yuz yigirma beshinchi,
Moddani anglash kerak.
Ozod, hur Vatan uchun ,
Dovyurak o’g’lon kerak. - Milliy boyligimizni,
Qadriga yetmoq kerak.
Yer, suv, o’simlik barg
Elimga doim kerak (55-modda).
Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu- so‘llarim.
Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!(65-modda)- Oltmish oltinchi modda,
Farzandlik burchin so’zlar.
Har soniya, soatda,
Insoniylikni ko’zlar.
Vatan haqida qo’shiqlar MP3.
Tavsiya etamiz : Konstitutsiya haqida rejali insho