Bosh sahifa » Tadbir senariysi » 8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

by nafisa nafisa

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

8-dekabr Konstitutsiya kuni

Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – Konistitutsiya kuni umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

8-dekabr-Konstitutsiya-kuniga-bayram-senariy

8-dekabr-Konstitutsiya-qabul-qilingan-kun-mavzusida-1-soatlik-dars-ishlanma

8-dekabr-Konstitutsiya-tadbiriga-senariy

Yangi 12 ssenariylar 

Konstitutsiya baxtimiz qomusi tadbir ssenariysi

Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga bag’ishlangan shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek, siyosiy adabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etilgan.

Konstitutsiya haqida she’rlar to’plami

(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kecha
qatnashchilari chiqadi).

1-boshlovchi — Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shurud,
Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.

2-boshlovchi:-O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang bor

Vatan haqida chiroyli she’rlar

MADHIYA YANGRAYDI

1-boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

2-boshlovchi: Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,
Zamon zayli bilan o’zgardi inson.
O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,
O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!

Konstitutsiya haqida rejali insho

“Assalom “ qo`shig`i

1 – boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling

2 –boshlovchi
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
O`quvchi-Shahzoda
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor bo’ldi.
O’zbekiston- ozod ,hur Vatan!
Quchoqlari to’la nur Vatan!
Istiqloling abadiy bo’lsin,
Dunyolar turguncha tur,
Vatan!

2-o’quvchi: 1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.
Toabad istiqlol oftobi kulsin.
Mustaqillik berdi bizga saodat,
Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.
“Mustaqil Vatan “ qo`shig`i

3-o’quvchi: 1992-yil 2-mart O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabul
qilindi.
Sen ham endi tenglar ichida tengsan,
Bag’ri butun yurtsan va bag’ri
kengsan.
Sendek xalqimning ham bag’ri
butundir,
Dunyo binosida bitta ustundir.
Millatlar uyida barcha qatori
Uning xos o’rni bor- qatorda nori

4-o’quvchi:
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!

1-boshlovchi: Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi, Prezidentimiz qayd etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagi g’oya va printsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos qilib olingan.

2-boshlovchi: Asosiy Qomusimizda xalq hokimiyatining real omillari ko’rsatib berilgan. CHunki hammamizga ma’lumki, davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning hammasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to’kin, xonadonimiz yopyg’ bo’lishining negizini tashkil etadi.

5-o’quvchi: 1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning O’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradi Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,
Jahonni qaratdi O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod,
Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,
Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,
Dilida xalqiga chuqur ehtirom
Hech hazon bo’lmasin biz kezgan
chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.

6-o’quvchi:
Marifat bo’stoni ezgu dostoni,
Dostligu tinchlikning metin
qo’rg’oni,
Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.
Ey obod diyorim O’zbekistoni!

“ Do`ppi tikdim” raqs

Boshqalar o’qimoqda..

7-o’quvchi: 3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.
Dunyo xaritasin bezab shersimon,
Qulochini yoydi hur O’zbekiston.
Xaritaga soling diqat nazarin,
Ko’ring, havas qiling yurtim
manzarin.
U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.
Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.
Istibdod zanjirin uzib batamom,
O’zligin olamga etdi namoyon.
Ozod nafas oldi bu jaho aro,
Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.

8-o’quvchi: 4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Shu tilda Temur bobo Lashkarga buyruq bergan .
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan
“Til- xalqning shavkat- shoni”,
Bu bobolar kalomi
Ona tilim unvoni Davlat tili maqomi

9-o’quvchi: 5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z
davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

Olam ahli bilan qilib barobar,
Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.
Chiqardi millatlar uyin to’riga,
Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.
Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shula sochdi bayrog’imiz sharori.
Olam aro madhiyamiz yangradi,
Eshitganki, kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!

“Yurt bayrog`i” qoshig`i

10-o’quvchi: 6-modda: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.
Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim,
Tarixda nomi Choch, gohi
Shoshkentim!
Binkentu, Banokat, ko’zi yosh
kentim,
Egilgan, sinmagan, boshi
Toshkentim!

11-o’quvchi: 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.
Adolatning qo’yib tamal toshini, Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.

12-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim o`zi istagan axborotni izlash , olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi
konstitsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin
Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur , erkin ijod
Jo’sh urar qonimizda.
“Avval o’yla”, deganlar
Fikrlaymiz o’ylaymiz.
So’zga navbat kelganda
Odob bilan so’zlaymiz.

13-o’quvchi: 31-modda: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.
Tiklandi iftixor va milliy g’urur,
Endi o’zbekman deb ayturmiz
mag’rur.
Tiklandi an’ana, urf-odatimiz,
Tiklandi qadriyat tarix va moziy,
E’tiqod, din-iymon, ilmiy ilohiy.
“Andijon polkasi” raqs

14-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakali Tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega.
Betob bo’lib , botib g’amga,
Yotib qolsk
nogahon.
Shifokorlar tez yordamga
Yetib kelar shu zamon.
Malakali tibbiy xizmat
Ko’rsatadi shifokor
Elga xizmat – oily himmat
Sahna ko`rinishi

13-o’quvchi: 41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy
ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
Ilmli kishini qadrlar zamon.
Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,
Ilm bilan bezar umrini bashar.
Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,
Ilm bilan bezar umrini bashar
Umri oqibatda topgaydir qadr,
Ilmdan yaratdi eng oliy qasr.

14-o’quvchi: 2004-yil 22-may “2004-2009-yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. 2017
yil 15 martda “Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizom” qabul qilindi.

15-o’quvchi: 49-modda Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va
madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat
muhofazasidadir
Obidalar, qo`lyozmalar
Ham osori atiqa,
Bobolardan xabar berar,
Har nafas,har daqiqa.
Yodgorlikni asrar bo`lsang
Asraganday ko`zingni,
Shunda saqlab qolajaksan
Kelajakni, o`zingni

16-o’quvchi: 50-modda Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar
Bugun ekkan qalamchang
Ka-a-tta terak bo`ladi.
Faqat uni avaylab
Asrash kerak bo`ladi
Tog` go`zal, o`tloq go`zal,
Sevamiz gulatrini.
Esda tutaylik, do`stlar,
Tabiatning qadrini
Kamalak” qo`shig`i yangraydi

17-o’quvchi: 55- modda Yer,yer osti boyliklari , suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer,yer osti boyliklar,
Suv, o`simlik dunyosi-
Umummilliy xazina,
Topilmaydi qiyosi.
Qanoat, insof darkor,
Tagi mo`l bo`lgan bilan,
Kelajakning haqqi bor,
Oqilona foydalan!
18-o’quvchi: 64-modda: Ota- onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdilar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va otaonalarining vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qishni ta`minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarni rag`batlantiradi.
Ko`zlarida mehr bor, so`zlarida sehr bor,
Beshik ustida bedor- mehribon onaizor.
Oq yuvib, oq taragan, yo`limizga qaragan,
Ko`nglimizga qaragan- mehribon onaizor.
Ota-oila suyanchi,tog`dek ulug` tayanchi,
Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor,
Sog`-salomat yursinlar, kamolimiz ko`rsinlar,
Ertaga ham bo`lsinlar baxtimizdan baxtiyor

19- o`quvchi: 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z otaonalari
haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar
Jonajon onajon!
Mehribon otajon!
Siz hayot ferdingiz,
Bol, novvot berdingiz.
Quyoshim, oyimsiz,
Bor bo`ling doim Siz!
Ulg`ayib albatta,
Bir umr xizmatda
Bo`lamiz begumon,
Otajon, onajon

“Tinchlik bo`lsin” qo`shig`i

20- o`quvchi: 68- modda O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, qvullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat
Viloyatlar, tumanlar,
Shaharlar, shaharchalar,
Qishloqlar-unovullar va
Qoraqalpog`iston-
Bari-bari jam bo`lib,
O`zbekiston atalar ,
Shunday gul-chechaklardan
Yaralgan go`zal bo`ston!

1-boshlovchi: Konstitutsiya jahon andozasida yozilgan, ilg’or va takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi

2-boshlovchi: Ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat qilayotganligi yurtdoshlarimizning ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi. U mustaqillik, ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bilan sug’orilib, kelajakda O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga kodirdir.
Aql Adolatni etur ustuvor.
Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

“Xorazmcha “ raqs

1-boshlovchi: Mana O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga  bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetib bormoqda
2 boshlovchi: Hozirgi so`zni maktabimiz rahbariga beramiz.

“Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston” qo`shig`i

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

She’rlar to’plami

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
1 Fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
fasdf

sdaf

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
1
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x