Konstitutsiya bo’yicha testlar va savol, javoblar

Konstitutsiya bo'yicha testlar va savol, javoblar

Konstitutsiya bo’yicha testlar va savol, javoblar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — xalqimizning erkinligi, huquqlari va burchlarini belgilab beruvchi eng muhim huquqiy hujjatdir. 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun sifatida yurtimizda katta ehtirom bilan nishonlanadi. Quyidagi testlar o‘quvchilar, talabalar va barcha fuqarolarning Konstitutsiya bo‘yicha bilimini mustahkamlash, asosiy moddalarni eslab qolish va huquqiy savodxonlikni oshirishga yordam beradi.

Tavsiya etamiz: Konstitutsiya haqida rejali insho

Konstitutsiya testlar Yuklab olish>>

1. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari … asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan normada tushirib qoldirilgan nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
a) adolat prinsipiga;
b) qonuniylik prinsipiga;
v) mutanosiblik prinsipiga;
g) insoniylik prinsipiga.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 20-moddasi

2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 20-moddasida keltirilgan “Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar” kimning foydasiga talqin etilishi belgilangan?
a) albatta davlat foydasiga;
b) inson foydasiga;
v) jamiyat foydasiga;
g) qonunchilik hujjatlari foydasiga.
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 20-moddasi

3. Shaxsni hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga kimning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi?
a) Bosh prokurorning;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;
v) Inson huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsmanning;
g) faqat sudning.
To‘g‘ri javob: g) asos Konstitutsiya 27-moddasi

4. Shaxs sudning qarorisiz qancha muddatdan ortiq vaqt davomida ushlab turilishi mumkin emas?
a) qirq sakkiz soatdan ortiq;
b) bir ish kuni davomida;
v) o‘ttiz olti soatdan ortiq;
g) uch sutkadan ortiq.
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 27-moddasi

5. Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning 29-moddasiga asosan har bir shaxs ushlanganida qaysi paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga egaligi belgilangan?
a) shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan vaqtdan boshlab;
b) shaxsning nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilgan paytdan boshlab;
v) shaxsning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab;
g) jinoyat protsessini boshlash to‘g‘risida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 29-moddasi

6. Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga … yo‘l qo‘yiladi.
Yuqorida keltirilgan normada tushirib qoldirilgan nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
a) faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan;
b) faqat qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra;
v) faqatgina sudning qaroriga asosan;
g) qonun ruxsat bergan hollardagina.
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 31-moddasi

7. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz qancha muddatga saylanadi?
a) o‘n yillik;
b) o‘n besh yillik;
v) muddatsiz;
g) besh yillik.
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 132-moddasi

8. Quyida berilgan javoblardan qaysi biri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatiga kirmaydi?
a) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi;
v) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikning qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar beradi.
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 133-moddasi

9. Konstitutsiyaviy sudning qarori ustidan kimga yoki qaysi organga shikoyat qilinishi mumkin?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga;
b) Bosh vazirga;
v) Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas;
g) faqat qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 133-moddasi

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari kimning taqdimiga binoan besh yillik muddatga saylanadi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;
b) Senat Raisining;
v) Markaziy saylov komissiyasi Raisining;
g) Bosh vazirning
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 134-moddasi

11. Quyida keltirilganlardan qaysi javobda sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi keltirilgan bo‘lib, ushbu organ sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashi belgilangan?
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Hay’ati.
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 135-moddasi

12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati qanchani tashkil etadi?
a) o‘n yil;
b) yetti yil;
v) besh yil;
g) uch yil.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 144-moddasi

13. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qanday soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majbur?
a) fuqarolarning daromadi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan soliq va yig‘imlarni
b) xalqaro shartnomalar bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni
v) qonun bilan belgilangan va konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmaydigan soliqlar va yig‘imlarni
g) mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan soliqlarni
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 63-moddasi

14. O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini nima tashkil etadi?
Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi
a) markazlashtirilgan boshqaruvga asoslangan rejali iqtisodiyot
b) fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan xilma-xil shakllardagi mulk
v) davlat monopoliyasi va xususiy mulk
g) bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat muhitini yaratish.
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 65-moddasi

15. O‘zbekiston Respublikasida monopoliyani tartibga solishga qaratilgan quyidagi jumlalardan qaysi biri to‘g‘ri?
a) davlat har qanday monopol faoliyatni taqiqlaydi
b) monopoliya faqat davlat ko‘magi asosida amalga oshiriladi
v) monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi
g) xususiy kompaniyalar ma’lum bir shart-sharoitlarda monopoliyani tashkil etishi mumkin
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 67-moddasi.

manba.

Tavsiya etamiz: 8-dekabr Konstitutsiya kuniga she’rlar, ssenariylar, dars ishlanmalar