my.uzbmb.uz orqali o’qishni ko’chirish 2025.
Bugun, 15-iyuldan o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinishi boshlanishi kerak.
Hozircha ikkala tizimda ham arizalar qabuli boshlangani yo’q.
Ma’lumot uchun:
my.uzbmb.uz sayti orqali — xorijdan hamda O’zbekistondagi nodavlat va xorijiy oliygohlardan o’qishni ko’chirish uchun;
transfer.edu.uz sayti orqali — bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinadi.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin
Tavsiya etamiz: O’qishni ko’chirish 5 ta fandan imtihon topshiriladi


















