Akademik litseylarga qabul 2025-2026.
Akademik litseylarga qabul. 2025-2026.
2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.
Bunda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlari— fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda quyidagilarni belgilaydi:
oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Tavsiya etamiz: Chet tili birinchi fan bo’lgan ta’lim yo’nalishlariga test sinovi haqida