Bosh sahifa » Insholar » Men va mening huquqlarim. Bola huquqlari haqida matn.

Men va mening huquqlarim. Bola huquqlari haqida matn.

by nafisa nafisa

Men va mening huquqlarim. Bola huquqlari haqida matn.

Bola huquqlari haqida.

Barchamizga ma’lumki o‘zbek xalqi bolajon xalq. Bu bugun yoki kecha shakllangan anana emas, balki asrlar davomida bizga meros bo‘lib kelayotgan qadriyatdir. Bu qadriyatlarning tag zamirida bolani e’zozlash, unga, eng avvalo, inson sifatida muomalada bo‘lish, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalari yotadi.

Bugungi kunga kelib bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Konvensiya — mening huquqlarim haqimda.

“Bola huquqlari to‘g‘risida” xalqaro Konvensiya yaratish g‘oyasi 1959-yil bola huquqlari haqidagi Deklaratsiya qabul qilingandan so‘ng paydo bo‘lgan. Biroq uni tayyorlash jarayoni ko‘p vaqtni talab qildi. Oradan 30 yil o‘tib, 1989-yil 20-noyabrda BMT Bosh Assambleyasida “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi.

Konvensiya bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan birinchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yilda mazkur Konvensiyaga qo‘shilib, O‘zbekistonda bola huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha bir qancha xalqaro-huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.

Tavsiya etamiz: Konstitutsiya haqida rejali insho

Men qanday huquqlarga egaman?

Konvensiyaning birinchi qismida “bola” tushunchasiga aniqlik kiritiladi va uning huquqlari sanab o‘tiladi: yashash huquqi, fuqarolik, o‘z fikrini bildirish, ota-onasi kim ekanini bilish va boshqalar.

Ushbu hujjat zo‘ravonlik va qurolli to‘qnashuvlar qurboni bo‘lgan, shuningdek, qonunni buzgan va muomalaga layoqatsiz bolalarning yuridik himoyasini nazarda tutadi. Shuningdek, unda bolalarni ba’zi bir salbiy hodisalar (giyohvandlik va ruhiy ta’sir etuvchi moddalarni noqonuniy iste’mol qilish, bola savdosi va g‘ayriqonuniy maqsadlarga jalb etib, ulardan foydalanish) kabi ta’sirlardan himoya qilish masalalari ham alohida qayd etilgan.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan har bir mamlakat o‘z milliy qonunchiligini uning qoidalariga muvofiq qayta ko‘rib chiqishlari lozim.

Ilgari bola haqida g‘amxo‘rlik u himoyaga muhtoj bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilar edi. Konvensiya qabul qilinishi munosabati bilan mutlaqo yangi konsepsiya belgilandi. Unda ta’kidlanishicha, g‘amxo‘rlik va himoya bu — muruvvat masalasi emas, balki huquqdir.

Konvensiyaning ikkinchi qismida, uni ratifikatsiya qilgan davlatlar unga qat’iy rioya etish ustidan nazorat tizimi va uning mazmuni haqidagi ma’lumot tartibi belgilab qo‘yilgan. Bola huquqlari bo‘yicha juda keng vakolatga ega bo‘lgan BMT Qo‘mitasini ta’sis etish haqida yo‘riq berilgan.

Konvensiyaning uchinchi qismida uning talablari davlatlar tomonidan qabul qilinishi va rioya etilishining huquqiy jihatlari belgilab qo‘yilgan.

Siz oʻz fikringizni aytish huquqiga egasiz.

bola huquqi

Siz istagan narsalaringiz haqida oʻylashingiz va oʻz fikrlaringizni bildirishingiz mumkin.

Siz hayotingizga taaluqli boʻlgan barcha masalalar boʻyicha oʻz fikrlaringizni bildirish huquqiga egasiz. Sizning qarashlaringiz yoshingiz va yetukligingizga muvofiq hurmat va e’tiborga olinishi kerak. Sizga tegishli muhim qaror qabul qilinishidan oldin, sizdan ushbu masala boʻyicha oʻz fikringizni bildirish imkoniyati berilishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 12-modda) 

Tavsiya etamiz: 8-dekabr Konstitutsiya kuni tadbir ssenariylar

Siz oʻz fikringizni erkin ifoda etish huquqiga egasiz. Bu har qanday turdagi axborot va fikrni izlash, olish va uzatish huquqiga ega deganidir. Siz oʻz fikringizni ogʻzaki, san’at asarlari yoki chizmalar shaklida ifodalashingiz mumkin, bunda siz qonun va boshqalarning huquqlarini hurmat qilishingiz kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 13-modda)

Siz erkin fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga egasiz. Sizning diningiz yoki imoningizni e’tirof etish erkinligi faqat qonun bilan belgilangan holatlarda cheklanishi mumkin — masalan, bunday erkinlik jamoat xavfsizligi tartibiga tahdid solsa. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 14-modda)

Agar qonunga zid boʻlmasa va boshqa odamlarga zarar yetmasa, siz boshqa odamlar bilan muloqot qilish, uyushmalar yoki guruhlarni tuzish va ularning tarkibiga kirish huquqiga egasiz. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 15-modda)

Hech kim menga zarar yetkazishga haqli emas emas!

Hech qanday shaxs bolalarga nisbatan yomon muomalada boʻlishi yoki ularni xavf ostiga qoʻyishi mumkin emas.

Hech kim, hatto ota-onangiz ham sizga zarar yetkazish huquqiga ega emas. Har bir bola zoʻravonlikning barcha shakllaridan (jismoniy, psixologik va jinsiy), gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada boʻlinishidan, qoʻpol muomala qilinishi, shuningdek, ekspluatatsiyadan himoya qilinishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 19-modda) 

Bolalar giyohvand moddalardan himoyalangan boʻlishi kerak. Ular narkotik moddalarni sotib olmaydilar, sotmaydilar va ishlab chiqara olmaydilar. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 33-modda) 

Bolalar jinsiy ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, jumladan, bolalar nikohidan qonun tomonidan himoyalangan. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 34-modda) 

Bolalar oʻzlarining farovonligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan barcha boshqa ekspluatatsiya (foydalanish) shakllaridan qonun tomonidan himoyalangan. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 36-modda) 

Hech kim bolani sotish yoki daromad olish uchun oʻgʻirlashga haqli emas. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 35-modda) 

Bolalarni mamlakatdan noqonuniy olib chiqish, masalan, kimdir tomonidan oʻgʻirlanishi yoki ota yoki onaning roziligisiz ulardan biri bolani chet elga koʻchirishi yoki chet elda ushlab turishi taqiqlanadi. Hukumat bolaning qaysi mamlakatda boʻlishidan qat’iy nazar, uni ozod qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 11-modda ) 

Tavsiya etamiz: Konstitutsiya kuni haqida sherlar to’plami

Siz ta’lim va dam olish huquqiga egasiz.

Bolalar dam olish, oʻz yoshiga mos oʻyinlar va koʻngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin ishtirok etish va san’at bilan shugʻullanish huquqiga ega. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 31-modda.) 

Davlat bolalarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan, ularning ta’lim olishi va rivojlanishiga toʻsqinlik qiladigan ishni bajarishlaridan himoya qiladi. Agar bola ishlayotgan boʻlsa, u xavfsiz sharoitga va adolatli ish haqi olish huquqiga ega. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 32-modda.) 

Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻining holati va kasbiy tayyorgarligiga koʻra mehnat qilish, oʻz faoliyat turi va kasbini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

Men sogʻlom boʻlish huquqiga egaman!

Bolalar yaxshi sharoitda oʻsishi lozim.

Har bir bola yashash huquqiga ega. Hukumat bolalarning omon yashashi va sogʻlom rivojlanishini imkon qadar yuqori darajada ta’minlashi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 6-modda). 

Har bir bola tibbiy xizmatdan foydalanish, toza ichimlik suvidan foydalanish, sogʻlom oziq-ovqat iste’mol qilish va xavfsiz, ozoda muhitda yashash huquqiga ega.

Davlat bolalar oʻlimi va kasalliklar sonini kamaytirishga, ochlik bilan kurash olib borishga ma’sul, shuningdek, har bir bolaning sog’-salomat bo’lishiga intilishi kerak.

Homilador ayollar va yosh onalar tibbiy yordam olish huquqiga ega. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 24-modda.) 

Bolalar jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishlari uchun zarur boʻlgan turmush darajasida yashash huquqiga ega. Ota-ona yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslar oʻz qobiliyatlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari kerak. Agar ota-onalar yoki bolalarning vasiylari oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki uy-joy bilan ta’minlashga qiynalsalar, davlat ularga yordam berishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 27-modda.) 

Hukumat kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yoki boshqa yordam koʻrsatishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 26-modda.) 

Bolalarga qonunga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatishilishi lozim.

14 yoshdan katta boʻlgan bola tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

Bolaning hayoti, sogʻligʻi va normal rivojlanishiga zarar yetkazadigan har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar oʻtkazish taqiqlanadi. (Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida. 22-modda. Bolaning sogʻligʻini saqlash huquqi kafolatlari.)

Tavsiya etamiz: 8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

Men ta’lim olish huquqiga egaman.

Mening huquqlarim.Barchaga ta’lim olish huquqi kafolatlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida (4-moddasi) ham bilim olish huquqi belgilab qo‘yilgan.

“Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi”.

Bilim olish huquqi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
  • ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
  • ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
  • barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
  • oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish ta’minlanadi;
  • boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega;
  • Respublikada istiqomat qilayotgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Tavsiya etamiz:  Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

Sud tizimi vakillari sening yoshingni hisobga olishadi!

Sud tizimi vakillari bolalarga kattalardek muomala qilmasliklari lozim.

Qonunni buzganlikda ayblangan bolalarga nisbatan oʻlim jazosi, qiynoqlar, shavqatsizlik, umrbod qamoq jazosi va kattalar bilan bir joydagi qamoq jazosi qoʻllanilishi mumkin emas. Qamoq jazosi faqat noiloj chora sifatida va imkon qadar qisqa muddatga tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum boʻlgan bolalar huquqiy yordamga va oilasi bilan aloqada boʻlish huquqiga egalar. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 37-modda) 

Jinoiy qonunchilikni buzgan bolalar oʻzlarining qadr-qimmati va ahamiyatga ega ekanini his qilishni ta’minlaydigan, inson huquqlariga va boshqalarning asosiy erkinliklariga hurmatni mustahkamlaydigan munosabat va muomala huquqiga egalar. Davlat bolaning oʻzini oʻnglab olishiga, jamiyatda foydali oʻrin tutishiga koʻmaklashishi kerak. Qamoq jazosi faqat oxirgi chora sifatida ishlatilishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 40-modda) 

Ota-onam menga gʻamxoʻrlik qila olmasa nima boʻladi?

Bolalarga nisbatan qilinayotgan barcha harakatlar ularning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan boʻlishi kerak.

Hukumat bolalarni ota-onalari yoki vasiylari tomonidan himoya qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatilishini ta’minlashi shart. Shuningdek, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish uchun mas’ul boʻlgan shaxs va muassasalar oʻz ishlarini yaxshi bajarishlarini ta’minlashi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 3-modda.) 

Oilasi gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalar davlatdan himoya va yordam olish huquqiga ega. Bola yangi oilaga yoki bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin va u yerda uning diniga, madaniyatiga va tiliga hurmat koʻrsatilishi lozim. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 20-modda.) 

Agar bola oʻz ota-onasi bilan har ikkala ota-onaning oʻlimi, ularning jiddiy kasalligi, yomon yashash sharoitlari yoki vasiylarning yoʻqligi sababli ortiq yashay olmasa va uning endilikda yangi ota-onasi boʻlsa, bu “asrab olish” deb ataladi.

Agar asrab olish natijasida bolaning hayoti va turmush sharoiti yaxshilanadigan boʻlsa, bola qonun doirasida asrab olinishi mumkin. Bola asrab olish faqat ota-onalarning, qonuniy vakillarning va boshqa barcha manfaatdor shaxslarning ongli roziligi bilan amalga oshiriladi. Ushbu shaxslar farzand asrab olishdan foyda olishi mumkin emas (masalan, pul olish orqali). (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 21-modda.)

Tavsiya etamiz:  Konstitutsiya moddalariga she’rlar, qo’shiqlar.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar