9-may xotira va qadrlash kuniga atab chiroyli she’rlar to’plamini joylashtiramiz. Ushbu 9-may she’rlardan maktabgacha ta’lim dargohlarida va maktablarda foydalaning.
Xotira muqaddas
O’zbek o’g’loni
Qalbini tig’laydi sog’inch tug’yoni
Ko’p yil bo’ldi axir sendan yo’q darak
Qachon uyga qaytasan o’zbek o’g’loniSog’misan esonmi? Bormisan hali?
Yoki qolib ketdingmi Volga bo’yida
Nogahon o’q tegib janglar mahali
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyidaEshitdim fashistga qarshi chiqibsan
Bir paytlar Chingizga chiqqandek zamon
Janglarda mardu mardon turibsan
Nomsiz tepalikda o’n bir qahramonFrontda bormikan dardingni tinglar
Yiqilsang qo’linga qo’lini tutib
Yotganda izg’irin qahraton tunlar
Janoning o’rniga shneling quchib
Do’sting ham yaxshimi, sen bilan ketgan
Yurgandir frontda yerlarni tepib
Do’ppisin o’rniga pilotka kiygan
Marshaldan g’ururli, chapani yigit!
Ismlaring kim edi Qodir? Pirimqul?
Berlin darvozasiga yozganmidingiz?
Qishloqqa qaytsangiz hanuz o’sha yo’l
Yo’lni eslatsam balki kelarmidingiz
Sog’ omon chiqqanding ota uyidan
Endi qayerlarda qolding sen inim
Onang hanuz kutar soyning bo’yidan
Qo’ylarni boqib, qaytar deb o’g’lim
Qayerlarga ketding yurtingdan nari
Qaytgin qo’llaringa ketmoningni ol
Unutma yurtingni boylik Gavhari
Otangdan qolgan dalalaring bor
Ey o’zbek shu kunlar bormi boshingda
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib
Minglab yetimlarni boqding uyingda
O’zingni bolangni frontga berib
Nomi o’chsin, o’sha la’nati urush
Hanuz Kechalari o’ylayman biroq
Yetmayman o’yimga bo’laman xomush
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq
Necha o’g’lon, necha pahlavon
Ketdingiz bedarak na nom na nishon
Atashar sizlarni nomalum askar
Noma’lum? Demak yashaysiz hamon
Bobo deymi, ota? Nima deb atay
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim
Mayli hammangizni og’a deb atay
Og’alar sizlarni rosa sog’indim.
9-may she’rlar
Xotira va qadrlsh kuni: Xurshid Davron.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir gʼurur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Koʼkarsa — ikkiga boʼlib tashlaydi
Yoʼlining ustida tursa hatto togʼ.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolgʼiz sen haqli!
Vatan haqida she’rlar to’plami.
9-may xotira she’rlar
Urr-a-a!
Qichqirar, boʼgʼilar yarim tunda u,
Xotini dahshatdan turadi sapchib.
U esa emaklar, (emaklaydi tun),
Yelkada yarador doʼstin opichib.
Tun uyqusiraydi,
Tun baqiradi:
“Batalьon, orqamdan!”
Ingraydi asta.
Kimnidir boʼgʼilib u chaqiradi.
Eski yaralarning kuyi ostida
Va yana oldinga, yana oldinga,
Musht boʼlib tugilar titroq qoʼllari.
Xira qorachiqdan kinolentadek
Oʼta boshlar olis urush yoʼllari.
Xotini uygʼotar…
Biroq urushning
Vahmidan qutulib ketolmas qalbi.
Qoʼlda papirosning rangin qutisi
Gʼijimlanar soʼnggi oboyma kabi.
Tavsiya etamiz : 9-may senariylari
Suratga jilmayar koʼz yosh aralash.
Beva hovlisiga tun oldin kirar,
Quyuqlashib borar dilda xotira.
Devorda, suratda: bir yigit kular,
Yonida jilmayar bir qiz bokira.
Beva eng chiroyli koʼylagin kiyib,
Ochiq derazadan termular gʼamgin.
Xona burchagida gʼamdan entikib,
Eski plastinka gʼijillar tagʼin.
Oqshomlari qiyin boʼlar bevaga:
Xotiralar dilga kirar quralash.
Ogʼir boʼlsa hamki, tasvir boʼlsa ham
Suratga jilmayar koʼz yosh aralash.
Tavsiya etamiz: 9-May Xotira va qadrlash kuni haqida insho.
Хараш
gap yoq oka ijodizga omad