Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun tilaklar.
Sahifamiz orqali Turli soha vakillarini tabriklash uchun yangi tabriglarini topib foydalanishingiz mumkin.Yangi yil tabriklari. Yangi yil tabrigi va qutlovlari– turli sohalar uchun tilaklar.
Psixologchasiga tabrik.
Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2024 yil , ya’ni amalga oshadigan orzularingiz yili bilan tabriklayman. Har doim ruhingiz tetik, asablaringiz tinch bo‘lsin, kuchli energiyaga to‘lib yuring. Tuganmas mehr, pozitiv fikr, toza havo , chuqur nafas hamrohingiz bo‘lsin. Atrofingizdagi negativ zarbalar yo‘q bo‘lib ketsin, aurangiz mustahkam bo‘lsin! Ichingizdagi yig‘ilib qolgan toshlarni ham eski 2023 yilga qarab otib yuboring. Ruhingiz bilan 2024 -yil kemasida orzularingiz sari sayohat qiling. Kelajakda sizni buyuk ishlar va muvaffaqiyatlar kutmoqda. 2024 yilda siz eng chiroyli , eng boy, eng baxtli, eng omadli , eng kuchli insonlardan biriga aylaning, toza va samimiy qalb egasi bo‘ling. Miyangizni yangitdan yaxshi niyat bilan dasturlang..To‘lgan negativ xotiralarni udalit qivoring. 2024-yilni ijobiy fikrlashdan boshlang. Sizning ijobiy fikringiz tanangizdagi barcha organ va kimyoviy elementlarni ong ostida boshqarish xususiyatiga ega bo‘lsin.
Barchangizga yangi yilda ruhiy salomatlik tilab qolaman
Musiqiy tabrik.
Aziz hamkasblar yangi yilda mumtoz kuylarday umringiz sermazmun bo‘lsin, navo kabi ser jilo bo‘lsin, estrada qo‘shiqlariday sho‘x shodon bo‘lsin, fartpiano oq va qora klavishkariday kuningiz va tuningiz osuda o‘tsin, karnay va surnay ovozi kabi ishtiyoqingiz baland bo‘lsin, doira dombira singari maktabimizda har kunimizda ham dabdabali bo‘lsin doimo har kunimiz shunaqa bayramona bo‘lsin.
BAYRAM MUBORAK AZIZ HAMKASBLAR
Fiziklarcha tabrik.
Kirib kelayotgan yangi 2024 yilda omad va baxt mexanik harakatdek, eng asosiysi Broun xarakatidek doimo yoningizda to‘xtovsiz va tartibsiz harakat qilib yo‘ldoshingiz bo‘lsin. Butun olam tortishish qonunidek sizga baxt va omad ta’sirlashib, Nyuton boshiga olma tushgandek sizning boshingizga Baxt qushi qo‘nib yursin. Yurtimizning Mustaqilligi va Tinchligi Abadiy dvigateldek abadiy bo‘lsin. Xalqimiz Diffuziya hodisasidek bir biri bilan birikib aralashib inoq totuv va axil bo‘lib yashasin.
HAPPY NEW YEAR.
С НОВЫМ ГОДОМ.
YANGI YIL BILAN.
Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida she’rlar, ssenariylar, qo’shiqlar to’plami.
Boshlang’ichlar tabrigi.
2024-yilda ishlaringiz ALIFBO kabi tartibli,ALIFBE kitobidek mo‘jizali,ATROFIMIZDAGI OLAM kabi ko‘rkam,O‘QISH dek sermazmun,ONA TILI dek ma’noli,MATEMATIKA dek hisobli,JISMONAN sog‘lik,MUSIQIY kayfiyat,farzandlaring TARBIYA li,kamalakTASVIRIDEK jilokor ,INGLIZlardek ta’lim,RUSLARDEK biznesmen bo‘lishlaringni tilab qolaman.
Ko‘dingizmi biz BOSHLANG‘ICHlarni bag‘rimiz keng.Hech kimni esdan chiqarmaydi.
Boshlangʻich sinf ustozlaricha tabrik.
Kirib kelayotgan YANGI YIL sizlarga birinchi sinf bolalaridek begʻuborlik va erkatoylik, savodxonlik bayrami kabi quvonch, bolalarcha ishonch , bizlardek bagʻrikenglik, yumshoq h dek yumshoqlik, qattiq x dek matonat, qoʻshish amalidek baraka, koʻpaytirishdek toʻkinlik, Alifboni har bir harfidan boshlangan yaxshilikni, tuganmas sonlardek boylik va sogʻlikni tilayman. Yangi yilingiz muborak boʻlsin!
Biologcha tabriknoma!
Yangi yil bilan!!!Iloyim tanu joningiz sog‘, kayfiyatingiz doimo chog‘ bo‘lsin!Organizmingizga cheksiz ATF lar, o‘pkangizga musaffo kislorod, yuragingizga bir me’yordagi ritm tilaymiz!Iloyim boshingiz og‘riqni, yuragingiz miokardni, o‘pkalaringiz koronovirusni, jigaringiz gepatitni umuman ko‘rmasin! Doimo qon bosimingiz 120/70 bo‘lsin! minutlik hajmingiz 5 litrdan , o‘pka tiriklik sig‘imingiz 8-9 litrdan , eritrotsitlaringiz 5 mln.dan, leykotsitlaringiz 6-8 mingdan, trombotsitlaringiz 300-400 mingdan kam bo‘lmasin!(Hursandchiliklar, jismoniy mashqlar vaqtida bemalol bu ko‘rsatgichlarni o‘zgartirishingiz mumkin)Pulsingiz faqat hursandchilikda ko‘tarilsin!Tomirlardan oqayotgan qoningiz hech qanday to‘siqlarga uchramasin! Ko‘zlaringiz Golovin jadvalidagi 1,0 dan keyingi qatorlarni 50 yoshdan keyin ham o‘qiy olsin! Hech qanday mikrob, virus, bakteriya va zamburug‘lar sizni yenga olmasin!
Filologcha tabrik.
Assalomu alaykum aziz antroponimlar☺️ kirib kelayotgan yangi yil barcha kishilik va o‘zlik olmoshlariga qutlug‘ kelsin. 2024-yil «Kim?» so‘rog‘iga javob bo‘luvchi hamma «Ism»larga baxtning uyushgani, omadning murakkab qo‘shma gap shakli, sog‘lik-salomatlik uch nuqta shaklida, quvonch-shodliklar undov gap bo‘lib hayot kundaligingizga muhrlansin! Labingizni tabassum-la bezaguvchi mazmunli xabar mayli omonim, sinonim, paronim tarzida kirib kelsin umr eshigingizdan☺️ Barchaga umidli 2021-yil MUBORAK!
Adabiyotchilardan tabrik!!!
Shirindek go‘zal, Layli misol vafodor , Kumush yanglig‘ oqila ayollar -u Otabekdek ziyoli,Majnundek sadoqatda tengsiz , Anvardek o‘ktam yigitlar!! Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!! Olloh sizga «Avesto» umrini, «Qutadg‘u bilig» nurini ato etsin. Qadringiz » Shohnoma» misol baland, martabangiz «Xamsa»dek buyuk bo‘lsin.Navoiydek uluglik, Boburdek jasorat , Nodiradek go»zallik, Mashrabdek qalbi poklik, Yassaviydek kamtarinlik umringizni bezasin!! Tanosubdek ajdodlarga loyiq bo»ling,ta’did misol yutuqlarga erishing, talmeh misol chaqnab yuring! «Daftar hoshiyangizdagi 2024 — yil bitiklar «Ikki eshik orasidagi» ma’nili umringizni bezasin! Mashaqqat bilan «O‘t gan kunlar» ingizning «Kecha va kunduz»i shodlik lahzalariga aylansin!!! Bayram muborak bo‘lsin!!!
Ona tili ustozlaridan tabrik.
Yangi yilda turmush o‘rtog‘ingiz bilan ega ~kesimdek bahamjihat bo‘ling, atrofingizda o‘g‘il ~qizlaringiz hol, to‘ldirivchi,aniqlovchiday hamisha parvona bo‘lsin. To‘ldiruvchi hayotingizni baxtga to‘ldirsin. Fe’lingiz doim keng bo‘lsin. Tashvishlaringizga nuqta qo‘yilib, omadingiz vergulga to‘lsin.
Kitobxonlardan tabrik.
Assalomu alaykum, qadri va qaddi baland qadrdonim! Hademay ostonada turgan Yangi yil jilmayib kirib keladi. 2024 — yil o‘zining «Jimjitlig»i bilan «Shaytanat » olami vakillarini qalblarimizdan olib ketsin. «Dunyoning ishlari»ni qarangki, virus «Talvasa»lari «Ishonch ko‘priklari»mizni buza olmadi, har lahza «Ufq bo‘sag‘asida » ekanimizni his qilib yashadik. O‘tayotgan yil butun insoniyatga «Karvon qo‘ng‘irog‘i» yanglig‘ olisdan jaranglab, o‘ziga chorlayotgan sharqona «Diyonat»imizga qaytardi.
Tavsiya etamiz: Jingle Bells kuylari va qo’shiqlari. Yangi yil taronalari.
Ilohim, Yangi yil «Yangi ariq » kabi qaqragan «Ko‘ngil «larga Farhod muhabbatini, Shirin sadoqatini, Otabek zakosi- yu Kumushbibi hayosini olib kelsin!
Yangi yilda xalq cho‘ntagiga qo‘l solib kelgan «O‘g‘ri»lar «Sobiq»qa aylansin. «Bemor «larga Allohim shifo bersin. Topganlarimiz «To‘ylar muborak «ka, «Haj daftari»ni to‘ldirishga, «Qiyomat»da «Jannatga yo‘l » ochishga nasib etsin!
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Informatiklar tabrigi.
Kirib kelayotgan yangi 2021 yilda omad va baxt Googldek tez harakat, Facebookdek yorqinlik, terrabayt bagʻrikenglik, Paython kabi mukammal va aniq rejali hayotni, Yaratgandan soʻrab qolaman, Yurtimizning Mustaqilligi va Tinchligi windowsdek abadiy bo‘lsin. Tinchligimiz va mustaqilligimizga koʻz tegmasin
HAPPY NEW YEAR.
С НОВЫМ ГОДОМ.
YANGI YIL BILAN.
Matematiklarcha Yangi yil tabrigi.
Umringiz «ILDIZ»day uzun, Qadringiz «DARAJA»dek yuqori, Muxabbatingiz «FORMULA»dek kuchli, Do‘stlaringiz «SONLAR»dek ko‘p bo‘lsin. Sizga «MINUS CHEKSIZLIK» dan «PLYUS CHEKSIZLIK» gacha baxt tilayman. Hayotingiz davomida «NOMA’LUM IKS» larga o‘rin qolmasin. Mashaqqatli hayot yo‘lingizda »TO‘G‘RI CHIZIQ» day cheksiz sabr-toqat, »AYLANA’’ day uzilmas mehr, obro‘-e’tibor »FUNKSIYASINING MAKSIMAL QIYMATI» ni tilayman. Ushbu sharafli yo‘lingizda hech bir muammoning yechimi »BO‘SH TO‘PLAM» bo‘lmasin. Orzular aslo ‘ildiz ostida irratsional» boʻlib qolmasin. Yangi yilingiz muborak boʻlsin.
Tarixchilarcha tabrik!
Kirib kelayotgan 2021-yil yilda sog‘ligingiz Misr ehromlaridek mustahkam,
Umringiz Buyuk Xitoy devoridan ham uzun va koranavirusdan himoyada bo‘lsin (xunnlardan himoya qilgani kabi), Qadringiz Eyfel minorasidan ham baland,
Har bir o‘tgan lahzangiz Tojmahal va Parfenon kabi go‘zal va har xil tusda tovlanadigan,
Eng asosiysi Sin Shi Xuandi maqbarasidek joningiz yer ostidan ham but-butun chiqadigan bo‘lsin.
Shuningdek baxt va omad giyohingizni Gilgamishnikidek o‘g‘irlab ketishmasin.
Ilmingiz Behistun yozuvlaridek toshga bitilganidek xotirangizga bitilsin.
Yangi yilda sizga…. To‘marisning matonatini, Shiroqning botirligini,
Sezarning qobiliyatini, Makedonskiyning shijoatini, Muhammad payg‘ambarning e’tiqodini,
Medichilar ehtiromini,
Bismarkning diplomatiyasini,
Napaleonning hujumkorligini,
Motsartning sho‘xligini,
Baxning irodasini,
Xorazmiyning zehnini, Farg‘oniyning chirog‘ini, Farobiyning zakovatini, Beruniyning universalligini, Chingizxonning dovrug‘ini, Manguberdining jasoratini, Temurbekning mardligini,
Ulug‘bekning tilsimini, Boburning vajoxatini, Navoiyning ilmini,
Olimxonning boyligini,
Jadidlarning ma’rifatini,
Madaminbekning qaysarligini,
Leninning falsafasini,
Stalinning obro‘sini,
Gitlerning nutqini,
Kastroning omadini,
Szedunning murosasini,
Vilsonning ayyorligini,
Rashidovning tayyorligini,
Putinning siyosatini,
Karimovning chehrasini,
Mirziyoyevning donoligini,
Arxeologlarning sabrini,
Jahon tarixining mukammalligini,
O‘zbekiston tarixining milliyligini,
Manbashunoslarning mehrini
Messining driblingini,
Ronaldoning mehnatini chin dildan tilab qolaman.
YANGI YIL BARCHANGIZGA QUTLUG‘ KELSIN?
Yangi yil bayramiga matnli tabriklar.
- Hurmatli ________________ ! Sizni kirib kelayotgan «Yangi yil» bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Sizga va oila aʼzolaringizga baxt-saodat, uzoq umr xamda sixat-salomatlik tilab qolamiz! Yuzingizdan tabassum arimasin.
- Sizni «Yangi yil» bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, xonadoningizda tinchlik, salomatlik, xotirjamlik va mexr-oqibat xis-tuygʼulari xukmron boʼlishini tilab qolaman! Kelgusi xayotingizda xamisha sizga baxt-iqbol xamrox boʼlsin!
- «Yangi yil» bayrami munosabati bilan Sizga aʼlo kayfiyat xamda mustaxkam salomatlik tilab qolamiz. Omad va baxt qushlari yelkangizni aslo tark etmasin! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
- «Yangi yil» bayrami bilan Sizni chin koʼnglimdan muborakbod etaman! Ushbu bayram Sizga koʼpdan — koʼp omadli laxzalarni va va baxtli onlarni xadya etsin. Barcha ezgu orzu-umidlaringizni ruyobga chiqsin! Xursandchilik va baxt-iqbol tuygʼulari Sizni aslo tark etmasin!
- «Yangi yil» bayrami bilan tabriklab, Siz uchun ushbu yil umidli va barakali yillardan biri boʼlib qolishida xamda ushbu yilda ulkan muvaffaqqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Xayotingiz doim mazmunli va qiziqarli boʼlishini, baxtli laxzalarda xamisha oila xamda doʼstlar davrasida boʼlishingizni, cheksiz baxt, salomatlik va baraka sizni tark etmasligida tilakdoshmiz!
- Yurtimizga kirib kelayotgan «Yangi yil» bayrami munosabati bilan Sizga kelgusi ishlaringizda xamisha omad kulib boqishiga tilakdoshmiz! Sizga xar doim xam yaqin insonlaringizning mexr-oqibatlaridan musharraf boʼlish baxti nasib etsin. Oilangizda xar doim tinchlik-xotirjamlik, oʼzaro mexr-oqibat tuygʼulari xukmron boʼlsin!
- Xurmatli ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, !
Sizni barcha xamkasblarimiz nomidan «Yangi yil» bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklab, Sizga va oila aʼzolaringizga sixat-salomatlik, oilaviy baxt, toʼkin — sochinlik, farovon va mustaxkam turmush saodatini tilab qolamiz! Qalbingizda quvonch, labingizda kulgu xukmron boʼlsin! - «Yangi yil» bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarning xayotingizda xam ushbu bayram ramziga aylangan ijobiy yangilanish xolatlari sodir boʼlishida tilakdoshman! Xonadoningizga bitmas-tuganmas baxt-saodat va quvonch tashrif buyursin. Dasturxoningizda doimo toʼkin-sochinlik xukmron boʼlsin! Omad qushi sizga va yaqinlaringizga xamrox boʼlib qolsin!
- Xurmatli qadrdon doʼstlarim! Sizlarni «Yangi yil» bayrami munosabati bilan chin yuragimdan muborakbod etaman. Sizlarga ushbu bayram sharafi bilan yangidan-yangi muvaffaqqiyatlar, ijobiy oʼzgarishlar va omad yor boʼlishini astoydil tilab qolaman. Bundan tashqari, barcha kelgusi ishlaringizda xar qanday toʼsiqlarni mardonavor yengib oʼtib, ezgu maqsadlar sari dadil odimlab borishingizni va omad kaliti xamisha choʼntagingizni tark etmasligini astoydil xoxlab qolaman! Xamisha sogʼ-salomat boʼling, labingizdan kulgu arimasin!
Tavsiya etamiz: Yangi yil bayrami qo’shiqlari. Yangi yil bayrami eng sara taronalari.