Ertakli topishmoqlar toโplami. Ertaklardan parcha topishmoqlar
Huroyimning soโrogโiga javob
Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi boโladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi.
Huroyim qalinimga:
Oโnta uloq,
Yigirmata boโri,
Oโttizta yoโlbars,
Qirqta tulki,
Ellikta noโxta,
Oltmishta axta,
Yetmishta sargโaldoq,
Saksonta chaqaloq,
Toโqsonta tumaloq,
Yuzta jumaloq bersin
va shu soโzimning maโnosini ayirib bersin debdi. Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu topishmoqning maโnosi kishining hayotiga bogโliqligini aytadi. Kishi:
Oโnda uloqday boโladi,
Yigirmada boโriday boโladi,
Oโttizda yoโlbarsday boโladi,
Qirqda tulkiday boโladi,
Ellikda noโxtalangan otday aqli raso boโladi,
Oltmishda axtalangan otday qaytib qoladi.
Yetmishda sargโaldoqday tilda boru dilda hech narsa boโlmaydi,
Saksonda goโdak boladay boโlib qoladi.
Toโqsonda uydan chiqmay dumaloq boโladi,
Yuzda bergiligidan nargiligi oโngโayliroq boโlib qoladi.
Sultonxon Huroyimning soโrogโiga javob bergandan keyin, Huroyim unga turmushga chiqib, Rustamxon degan bir oโgโil tugโadi.
Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Yangi topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Hazil soโz oโyini haqida topishmoq >>
Bolaning javobi
Bir bor ekan, bir yoโq ekan, qadimgi zamonda bir maqtanchoq podsho bor ekan. Bu podsho, ยซYurtda mendan boshqa aqlli odam yoโqยป, deb yurgan ekan.
Bir kun podsho ovga chiqibdi. Tushgacha ov qilibdi, hech ovi yurishmabdi. Keyin bir bolani uchratibdi. Podsho bolaga qarab:
โ Hoy bola, bizni mehmon qilmaysanmi? โ debdi.
Bola:
โ Jonim bilan, yoshulli,โ debdi.
Shunda podsho:
โ Bizlarni nima soโyib mehmon qilasan? โ deb soโrabdi. Bola:
โ Topsak birni, topmasak ikkini soโyamiz,โ deb javob beribdi.
Podsho bolaning javobidan hayron qolibdi. Keyin vazirlariga:
โ Bu bolaning gapida bir xosiyat bor, buni bir sinab koโramiz,โ debdi.
Podsho odamlari bilan bolaning uyiga boribdi. Bola podshoni, uning odamlarini yaxshilab mehmon qilibdi. Podsho boladan:
โ Bola, sen nechta qoโy soโyding? โ deb soโrabdi. Shunda bola:
โ Birni topmadik, shuning uchun ikkini soโydik,โ deb javob qaytaribdi. Podsho yana taajjublanib:
โ Birni topmasang, ikkini qaerdan topib soโyasan? โ debdi.
โ Bizning bir boโgโoz sovligโimiz bor edi. Boshqa bir qoโy topolmay shu boโgโoz qoโyni soโydik. Oโzini soโygandan keyin, bolasi ham oโldi. Ana, ikkisini soโydik, deganning maโnisi shu,โ debdi haligi bola.
Podsho buni eshitib, bolaning aqliga hayron qolibdi. Keyin uni oโz saroyiga olib ketibdi. Bu bola oโqib dono boโlibdi, keyin podsho uni oโziga bosh vazir qilib olibdi.
Tavsiya etamiz : Oโyin va oโyinchoqlar haqida >>
Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>
Ertakli topishmoqlar: Malikaning topishmogโi
Bir bor ekan, bir yoโq ekan, qadim zamonda bir podsho boโlgan ekan. Uning Sohibjamol degan bir qizi bor ekan. Uning bir sheโriy topishmogโi bor boโlib, kimki topishmogโimning mazmunini aytib bersa, oโshanga tegaman. Kimki topolmasa, jallodga kallasini oldiraman, der ekan. Har tomondan shahzodalar, bekzodalar, boyvachchalar kelib uning topishmogโini topolmay kallalaridan judo boโlaveribdilar.
Oโsha mamlakatning kunchiqar tomonidan bir xaroba kulbada bitta kal qari onasi bilan yashar ekan. U bu xabarni eshitib:
โ Oโsha qizning topishmogโiga men javob beraman,โ debdi.
Onasi qoโrqib, kalni yuborishga unamabdi.
โ Qanchadan-qancha shahzodalar, bekvachchalar va boyvachchalar topolmaganini sen toparmiding, โ deb qargโab beribdi. Kal oxiri onasini unatibdi. Onasi oโgโliga koโmoch qilib beribdi. Shundan keyin kal podshoning saroyi tomon boribdi. Kal podshoning taxti tagiga borib uch kun yotibdi. Shunda malikaning kanizaklaridan biri kalni koโrib qolib, soโrabdi:
โ Sen bu yerda nega yotibsan? Senga bu yerdan boshqa yotadigan joy yoโqmi?
Shunda kal:
โ Men malikaning topishmogโini topgani keldim,โ debdi.
Kanizak malikaga kalning gapini aytibdi.
Malika: ยซOlib kelinglar!ยป โdebdi. Kalni uning huzuriga olib kiribdilar. Malika unga topishmoqni aytibdi:
Uzoq yerda oโt qoโyur-o,
Ani toping, Axlantoz.
Sassiq soyda it hurar-o,
Ani toping, Axlantoz.
Chorbogโimda juft chinor-o,
Ani toping, Axlantoz.
Eshigimda qoโsh munguz-o,
Ani toping, Axlantoz.
Qora tolim butoqsiz-o,
Ani toping, Axlantoz.
Oqqina qoโzim suyaksiz-o,
Ani toping, Axlantoz.
Shunda kal malikaning sheโriy topishmogโiga shu javobni aytibdi:
Uzoq yerda koโyur-o,
Boโri koโzi, oyimqiz.
Sassiq soyda it hurur-o,
Qurbaqalar, oyimqiz.
Chorbogโingda juft chinor-o,
Ota-onang, oyimqiz.
Eshigingda qoโsh munguz-o,
Ini-ogang, oyimqiz.
Qora toling butoqsiz-o,
Qora soching, oyimqiz.
Oqqina qoโzing suyaksiz-o,
Qoโsh anoring, oyimqiz, โ deb javob beribdi kal.
Shunda malika, shu kal topishmogโimning javobini topdi, deb kanizaklarga aytibdi. Kanizaklar darrov choparlarga xabar qilibdi. Choparlar tezda podshoga xabar qilibdilar.
Podsho choparlarga suyunchi beribdi. Podsho qirq kechayu-qirq kunduz toโy qilib, malikani kalga beribdi va kalni oโziga oโng qoโl vazir qilib olibdi. Kal malika bilan murodu maqsadiga yetibdi. Ertakli topishmoqlar
Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Yangi topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Hazil soโz oโyini haqida topishmoq >>
Tavsiya etamiz : Oโyin va oโyinchoqlar haqida >>
Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>