oyin-va-oyinchoqlar-haqida-topishmoqlar
Bosh sahifa » Topishmoq » O’yin va o’yinchoqlar haqida sara topishmoqlar to’plami. Topishmoqlar

O’yin va o’yinchoqlar haqida sara topishmoqlar to’plami. Topishmoqlar

E’tiboringizga O’yin va o’yinchoqlar haqida sara topishmoqlar to’plamini havola etamiz.

oyin-va-oyinchoqlar-haqida-topishmoqlar

O’yin va o’yinchoqlar topishmoqlar :

Uzun terak, uchi mening qo‘limda.
(Varrak)

Oq g‘ozim uchdi ketdi,
Ichagini cho‘zdi ketdi.
(Varrak)

Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Hazil so’z o’yini haqida topishmoq >>

Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>

Osmonda oq eshak,
No‘xtasi qo‘limda.
(Varrak)

Cho‘pchagim cho‘pchak,
Oltin belanchak,
Yetti qizning onasi,
Haligacha kelinchak.
(Qo‘g‘irchoq)

Tap-tap etadi,
Ursam uchib ketadi.
(Koptok)

Po‘lat qushim uchdi-ketdi.
Bir zum o‘tmay Oyga yetdi.
(Raketa)

Shamolday uchqur,
Yo‘q oyog‘i va qo‘li.
Ko‘zga ko‘rinmas,
Charog‘on yurgan yo‘li.
(Elektr toki)

Suv emas, simda oqar,
O‘t emas, chiroq yoqar.
(Elektr toki)

O‘zi qator joylangan,
Bir-biriga boylangan.
Bir-birini kuzatar,
Behisob nur uzatar.
(Elektr stolbasi, tok)

O‘zi turar o‘rnida,
Qo‘li ketgan har yoqqa.
(Elektr stolbasi, tok simi)

Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek.
(Lampochka)

Uyga osdik bitta nok,
Yop-yorug‘ bo‘ldi har yoq.
(Lampochka)

Uyimizga in qo‘ygan,
Tilla qushu tilla qush.
Kech kirganda yashnasang,
Odamlarning ko‘ngli xush.
(Lampochka)

Tagida taglik,
Boshida qalpoq,
Qalpoq tagidan
Mo‘ralab chiqar.
(Stol lampasi)

Dengizda kema suzar,
Ketma-ket oltin uzar.
(Paxta terish mashinasi)

Uradi o‘rog‘i yo‘q,
Yig‘adi tirnog‘i yo‘q.
Doni bo‘lar qop-qop,
Yanchadi, to‘qmog‘i yo‘q.
(Kombayn)

Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Hazil so’z o’yini haqida topishmoq >>

Gurillashi tegirmonday,
Lekin tegirmon emas.
Uchishlari g‘ajirday,
Lekin g‘ajir emas.
(Samolyot)

Gur-gur etar, uchar ketar,
Yurtdan yurtga odam eltar.
(Samolyot)

Uzoqlarga uchsa ham,
Talpinib qanot qoqmas.
(Samolyot)

Ot mindim ola qashqa,
Chopdim tog‘u toshqa.
(Samolyot)

Yo‘qdur qo‘lu oyog‘i,
Na ko‘zi, na qulog‘i,
Ammo unga bir qadam
Yer shari, Oyu, Zuhro.
(Kosmik kema)

G‘ildiraksiz parovoz,
Parovozki juda soz.
Dengizlarda suzadi,
Baliqlardan o‘zadi.
(Paroxod)

Cho‘zilib yotar narvon,
Undan o‘tar uy-karvon.
(Temir yo‘l, poezd)

Kichik temir ustida,
Shamoldek yelib yurar.
Egalarim kelsin, deb
Har doim kutib turar.
(Tramvay)

Ko‘zi yaltiraydi,
Ichi qaltiraydi.
(Avtomashina)

Yozda toycha,
Qishda xurjun.
(Velosiped)

Baland temir uy yurar,
Burni tog‘larni surar.
(Ekskavator)

Sen ichida tursang tikka,
Olib chiqar yuksaklikka.
(Lift)

Bir uy bor:
Ko‘r bo‘lib kirasan,
Ko‘zli bo‘lib chiqasan.
(Maktab)

Uyimiz nurdan,
O‘rganish bizdan,
O‘rgatish sizdan.
(Maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi)

Sandiq to‘la pista-bodom,
Ochib ko‘r, bo‘lsang odam.
Xosiyati ko‘p, olam-olam,
Terib ol uni har dam.
(Kitob)

Qo‘l bilan ekiladi,
Ko‘z bilan teriladi,
Og‘iz bilan o‘riladi.
(Daftar, yozuv)

Rangi har xil,
Nomi bir xil.
(Rangli qalam)

Barcha turdagi topishmoqlar to’plami : o’tish >>

Qiziqarli topishmoqlar to’plami : o’tish >>

Rus tilidagi topishmoqlar : o’tish >>

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top