Xivadagi Yaqubboy Xo'ja madrasasi haqida to'liq ma'lumotlar.
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xivadagi Yaqubboy Xo’ja madrasasi haqida to’liq ma’lumotlar.

Xivadagi Yaqubboy Xo’ja madrasasi haqida to’liq ma’lumotlar.

Yaqubboy Xo’ja madrasasi.o‘zining madrasasini Ichon-qal’aning o‘rtasida joylashgan Pahlavon Mahmud maqbarasining shimoli – g‘arbiy tomonidagi qorixonalar bilan  bir qatorda, ko‘kimtir – yashil «bantik»lar bilan bezatilgan peshtoqini g‘arbga qaratib qurdirgan. Shuning uchun ham adabiyotlarda bu madrasa musulmonlarning muqaddas qadamjosi bo‘lgan Pahlavon Mahmud maqbarasi kompleksi jumlasiga kiritilgan.

Xivadagi Yaqubboy Xo'ja madrasasi haqida to'liq ma'lumotlar.

Yaqubboy Xo’ja madrasasi.

Xivaning “Ichan-qal’a” tarixiy majmuasida XIX-XX asrlarga oid ko’plab arxeologik joylar mavjud. Bu erga etib borganingizda, siz turli vaqtlar va xalqlar o’rtasidagi aloqani sezishingiz mumkin. Aladdin ertakidagi kabi, bu eski shahar ko’chalarida birin-ketin etakchi bo’lgan ko’plab tarixiy maqbaralar va madrasalar mavjud. Xiva shahridagi ana shunday arxeologik joylardan biri Paxlavan Maxmudning qadimgi topinish maqbarasining g’arbida joylashgan Yoqubboy Xo’ja madrasasi. Madrasa 1873 yilda Xivadagi boy savdogar Yoqubboy Xo’ja tomonidan qurilgan.

Yaqubboy xo’ja o‘zining madrasasini Ichon-qal’aning o‘rtasida joylashgan Pahlavon Mahmud maqbarasining shimoli – g‘arbiy tomonidagi qorixonalar bilan  bir qatorda, ko‘kimtir – yashil «bantik»lar bilan bezatilgan peshtoqini g‘arbga qaratib qurdirgan. Shuning uchun ham adabiyotlarda bu madrasa musulmonlarning muqaddas qadamjosi bo‘lgan Pahlavon Mahmud maqbarasi kompleksi jumlasiga kiritilgan.

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

Devorlari pishgan g‘ishtlardan terilib, oralari hajja bilan suvalgan va asosiga er osti namgarchiligidan saqlanishi uchun marmardan gidroizolyatsiya qatlam qilingan. Madrasa oddiy qilib to‘rtburchak shaklda qurilgan. Uning kirish dahlizi bittagina xonadan iborat bo‘lib, ichki xovliga arksimon ochiqlik orqali chiqiladi. Madrasa hujralarining o‘lchamlari har xil bo‘lib, jami 9 ta. O‘rta hovlining shimoli – sharqiy burchagida to‘rtburchak shaklda qurilgan masjid joylashtirilgan.

Ushbu madrasa peshtog‘idagi kabi deyarlik barcha imoratlarning devorlariga naqsh sifatida to‘q yashil rangli (ko‘zmunchoq) bantiklar o‘rnatilgan. Bu bantiklar ikkita uchburchak va bitta to‘rtburchak shakllarning yig‘indisidan hosil qilingan bo‘lib, ularning o‘ziga xos ramziy ma’nolari bor.

Bantik – javonmard (saxiy, mard yigit)  timsoli. Uning mustahkam gavdasi donishmandlik belbog‘i bilan o‘ralgan va u qudratli himoyachidir.

Bu madrasada UNESCO ning tashabbusi bilan 2003 yilda ochilgan qadimgi usulda, tabiiy bo‘yoqlar tayyorlash va ipak tolasidan  qo‘lda gilamlar to‘qish ustaxonasi ishlab turibdi.

Madrasa rasmlari.

Xorazm tarixiy obidalari.Xo’ja Berdiboy madrasasi tarixi va rasmlari.

manba.

 

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top