Xiva - Muso To'ra madrasasi tarixi va fotosuratlari bilan.
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xiva – Muso To’ra madrasasi tarixi va fotosuratlari bilan.

Xiva – Muso To’ra madrasasi tarixi va fotosuratlari bilan.

Madrasa Yusuf Yasulboshi madrasasidan keyinda, Ichan-qal’a markazida joylashgan.Muso To’ra madrasasi XIX asrning birinchi yarmida, Ko‘hna Arkning kunchiqarida shahar o‘rtasining  shimoliy qismida Yusuf yasovulboshi madrasasi yonida peshtog‘i janubga qaratib qurilgan.

Xiva - Muso To'ra madrasasi tarixi va fotosuratlari bilan.

Muso To’ra madrasasi tarixi.

U 1841 yili Muhammad Rahim xon nabirasi va Olloqulixon jiyani Rahmonquli Inoqning o’g’li Muso To’ra tomonidan qurilgan. Xon sulolasi avlodiga To’ra so’zi qo’shildi. 1855 yilda Muso To’ra Turkman yomudlari jangida halok bo’ldi va madrasada dafn etildi.

Madrasaga tepadan qaraganda u trapetsiya shaklga ega. Madrasa ikkita hovli, ikki gumbazli vestibyul, hujra, machit va darsxonalardan iborat. Bino qayta ta’mirlangan va milliy hunarmandlar mahsulotlari do’koni sifatida ishlatilmoqda.

An’anaviy usulda qurilgan madrasa trapetsiyasimon tarhli,   orqa va ikki yon tarzi oddiy, bezaksiz. Bosh tarzdagi peshtoqi Xorazm me’morchiligiga xos sharafali, sirkori koshin bilan qoplangan, g‘ishtlar mavjli shaklda terilgan.
4 burchagida guldastalar bor. Darvozasi yog‘och o‘ymakorligida bezatilgan, orasida yozuvlar saqlangan. Yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, “Oz muddat martabaga erishgan, lekin jangda shahodat topib jannatga ketgan. O‘limidan so‘ng onasi uning xotirasi uchun, ushbu madrasani bino qilgan”.
Bugungi kunda madrasada yog‘och o‘ymakorligi maktabi faoliyat olib bormoqda.

Madrasa rasmlari.

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top