Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xivadagi Yor Muhammad Devon (Saidota) masjidi tarixi

Xivadagi Yor Muhammad Devon (Saidota) masjidi tarixi

by nafisa nafisa

Yor Muhammad Devon (Saidota) masjidi XVIII asrda qurilgan. U Said Olovuddin maqbarasi orqasida qad rostlagan.

Yor Muhammad Devon (Saidota) masjidi

Masjid haqida.

Xiva shahri hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir.

Xiva shahridagi Sayyid ota masjidi aslida Yor Muhammad devon tomonidan XIX asr boshida, Muhammad Rahimxon I davrida (1806-1825) qurilgan. Bir gumbazli oldi ayvonli bu masjid Sayyid Alouddin maqbarasining janubida, Abdurasulboyning madrasasiga yopishtirib qurilgan. Munis va Ogahiyning asarida bu devonbegining faoliyati haqida ko‘p ma’lumotlar keltirilib, jumladan shunday deyiladi “xonning o‘z sir-asrorlariga sherik qiladigan eng yaqin kishisidir”. Masjidning mehrobi ustida saqlanib qolgan yozuvlardan va xalq orasidagi rivoyatlardan Yor Muhammad devonbegining payg‘ambar avlodidan bo‘lgan ekanligi ma’lum bo‘ladi. Masjid bugungi kunda ta’mirdan chiqqan.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x