Buxoro - Islom madaniyati poytaxti.Tarixiy va arxitektura yodgorliklari va fotosuratlari
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir.  Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi  2500 yildan  oshgan.

Buxoro - Islom madaniyati poytaxti.Tarixiy va arxitektura yodgorliklari va fotosuratlari

Buxoro tarixi

Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km.

Buxoro shahri qadim zamonlarda qanday nomlangani — nomaʼlum. Milodiy V asrga oid xitoy manbalarida Buxoro shahri Nyumi tarzida tilga olinib oʻtilgan. Binobarin, shaharda shu nomdagi mulk hukmdorining qarorgohi ham boʻlgan. Tan imperiyasining VII asrga oid solnomalarida Buxoro shahri An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxo) shakllarida qayd etib oʻtilgan. Keyinchalik shahar har xil nomlana boshladi.

Arab qadimiy manbalarda u Bumiskat, Madinat us-sufriya (Mis shahar), Numijkat (soʻgʻdcha numij yoki namich degani mashhur degan maʼnoni anglatgan) tarzida keltirilgan. Qadimiy zamonlarda yashagan mahalliy mualliflarning fikricha, shaharning nomi Buxor, yaʼni „Sanamlar turgan ibodatxona“ maʼnosini anglatuvchi bir soʻzdan kelib chiqqan.

Ayrim tadqiqotchilarning faraz qilishlaricha, Buxoro nomi mintaqaning eng asosiy buddaviylik ibodatxonasi vixara yoki ana shu vixaraning sug’diy transkripsiyasi boʻlmish buxoro (ibodatxona) soʻzidan kelib chiqqan. Ammo buddaviylik va moniylik diniy taʼlimotlariga oid osori atiqalar shahar hududida ham, umuman, Buxoro vohasida ham topilgan emas.

7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolari

Buxoro (Buxara) toponimi ilk bor Soʻgʻd yozuvlari bilan Buxoroda zarb qilingan mis tangalarida tilga olingan (milodiy IV-V asrlar).

Buxoro - Islom madaniyati poytaxti.Tarixiy va arxitektura yodgorliklari va fotosuratlari

Tarixiy va arxitektura yodgorliklari

Buxoro tarixiy yodgorliklari .Buxoro — oʻrta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini oʻzida saqlagan „muzey shahardir“. Koʻp asrlar avval qurilgan Poi Kalon, Qoʻsh Madrasa, Somoniylar maqbarasi, minorai kalon kabi ansambllar bugungi kungada ham barchaning diqqatida.

Kerakli taixiy obidaning ustiga bosish orqali ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin>>

Buxoro tarixiy yodgorliklari rasmlari

Samarqand tarixiy yodgorliklari haqida.

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top