Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Minorai Kalon me’moriy ansambli tarixi va fotosuratlari

Minorai Kalon me’moriy ansambli tarixi va fotosuratlari

by nafisa nafisa

Buxoroning Registon maydonidagi ulug‘vor Kalon minorasi etagida joylashgan Minorai Kalon meʼmoriy ansambli XII-XVI asrlarda barpo etilgan. Majmua ikki madrasa – Miri-Arab va Amir-Olimxon madrasalari, Kalon minorasi va shu nomdagi masjiddan iborat.

Minorai Kalon meʼmoriy ansambli

Qizig‘i shundaki, bu joyda arablar istilosidan keyin VIII asrda ham minorasi bo‘lgan jome masjid mavjud edi.

XII asrda shaharni qayta qurish boshlanadi, bu esa yangi masjid va minorani qurilishiga olib keladi. Markaziy Osiyolik tarixchi Narshaxiyning guvohlik berishicha, minora chiroyli yasalgan bo‘lsada, bardoshli emas edi. Uning so‘zlari bashoratli chiqadi, chunki qurilish tugashi bilanoq minora yiqilib, masjidning katta qismini vayron qiladi. 1127 yilda shu kungacha saqlanib qolgan yangi masjid va Kalon minorasi qurilgan.

Minorai kalon

Majmua hozirgi holatga XVI asrda yangi masjid va Mir-Arab madrasasi qurilgan paytda keladi.

Buxoro – Ark qo’rg’oni tarixi,fotosuratlari bilan

Poi Kalon ansambli “SHHTning 8 moʻjizasi” 

21-iyun kuni Pekin shahrida SHHT Kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali qabul doirasida “SHHTning 8 moʻjizasi” mavzusidagi taqdimot boʻlib oʻtdi. SHHT kotibiyati tomonidan tashkil etilan tadbirda 600 dan ziyod siyosiy, ijtimoiy, biznes doiralar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi. SHHT bosh kotibi Vladimir Norov oʻz nutqida 18 yil avval Tashkilotga asos solishga doir qabul qilingan qaror unga aʼzo davlatlarning tinchlik va barqarorlikka yoʻnaltirilgan muhim strategik tanlovi boʻlganini taʼkidladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Nufuzli mehmonlar bosh kotib hamrohligida “SHHTning 8 moʻjizasi” koʻrgazmasini koʻzdan kechirishdi. Koʻrgazmadan SHHT mamlakatlari tabiati, urf-odatlari, anʼanaviy liboslari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlariga bagʻishlangan fotomateriallar, videoroliklar va qoʻllanmalar oʻrin olgan. Taʼkidlash joizki, Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bu koʻp millatli va sivilizatsiyalararo muloqotning ajoyib uygʻunligidir. Ularning har biri bir-biridan ajoyib madaniy va meʼmoriy yodgorliklar hamda betakror tabiatga ega. Shunisi diqqatga sazovorki, “SHHTning 8 moʻjizasi” roʻyxatidan Buxoro koʻrki boʻlgan, Minorai Kalon meʼmoriy ansambli ham oʻrin olgan boʻlib, Tashkilotga asos solingan kuni ushbu tarixiy maskanning ham taqdimoti ham oʻtkazildi.

 

Sitorai Mohi Xossa Buxoro Amiri saroyi

 

Minorai Kalon meʼmoriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni oʻz ichiga oladi. Kompleks XII-XIV asrlarda 3 binodan iborat: Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi.

-Minorai Kalon 1127-yilda Arslon xon tomonidan bunyod etilgan boʻlib, deyarli 900-yil davomida taʼmirlanmagan. Uning balandligi 46,5 metrni tashkil qiladi.

– Masjidi Kalon – Samarqanddagi “Bibixonim”dan keyin Markaziy Osiyoda kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi masjid. Ubaydullaxon hukmronligi davrida, qoraxoniylar masjidi oʻrnida qurilgan. Qurilish ishlari 1514-yilda tugallangan.

– Mir Arab madrasasi Ubaydullaxon hukmronligi davrida, 1535-1536-yillarda qad koʻtargan. Masjid ancha katta boʻlib, 111 ta hujra va 2 zalni oʻz ichiga olgan. SHHTning madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat, hamkorlikda rivojlanishga intilish kabi tamoyillari Tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

 

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x