Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Baland masjidi tarixi va me’morchiligi haqida.

Baland masjidi tarixi va me’morchiligi haqida.

by nafisa nafisa

Baland masjid — Buxoro shahridagi guzar masjidi  Bino murabba tarhli (pishiq gʻishtdan qurilgan), qalin devorli. Masjid harsang toshlar ustiga qurilgan.

Baland masjidi tarixi va me'morchiligi haqida.

Baland  masjidi tarixi

Baland masjidning shimoliy va sharqiy tomonlari naqshin shiftli ayvon bilan oʻralgan. Ichki devorlarining pastiga chiroyli izoralar qoplangan. Sharq tomondagi toʻq yashil rangli izoralarga 6 burchakli koʻk sopol koshinlar terilgan. Gʻishtchalar atrofiga nozik oʻsimliksimon shakllar chizilib, ustidan oltin suvi yuritilgan (bular yaxshi saqlangan). Devorning gʻarbiy tomonidagi izoralar koshin bilan qoplangan va kundal usulidagi naqshlar bilan hoshiyalangan.

Modarixon madrasasi tarixi va me’morchiligi haqida

 

Baland masjid derazalaridagi panjaralar sopol gʻishtchalardan terilgan. Mehrobining atrofi sirkor sopolchalar bilan bezatilgan va ularga oltin suvi yuritilgan. Uning yon tomonlari va tepasiga toʻgʻri burchakli sopolchalardan suls xati bilan yozuvlar bitilgan. Yozuvlar tepasiga, shiftga yaqinroq joyga muqarnaslar ishlangan, ularga ham oltin suvi yuritilgan.

Devorlardagi (jan. devordan tashqari) rasmlar hali ham avvalgidek yaltirab turibdi. Baland masjid ning shifti toqili, hovuzakli boʻlib, naqshlar bilan bezatilgan. Uni qurishda mumtoz davr meʼmorligining noyob va nafis usulidan keng foydalanilgan. Keyingi davrlardagi meʼmorlar Baland masjid ning bezaklaridan namuna koʻchirganlar. Baland masjid bezaklarining zarlari toʻkilib, naqshlari koʻchib, qorayib qolgan. Baland masjid bir necha bor taʼmirlangan.

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

 

Manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x