Modarixon madrasasi – Buxorodagi Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1566— 67). Ikkalasi Qoʻshmadrasa majmuasini tashkil qiladi.
Modarixon madrasasi tarixi
Modarixon madrasasi – Buxorodagi Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1566— 67). Ikkalasi Qoʻshmadrasa majmuasini tashkil qiladi.
Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan (nomi ham shundan).
Meʻmorchiligi
Buxoro – Chashmai Ayub maqbarasi va fotosuratlari |
Modarixon madrasa devori qurilmasi 16-asr Buxoro meʼmorligiga xos boʻlib, ikki chekkasi pishiq gʻishtdan terilgan, oʻrtasi siniq gʻisht boʻlaklari bilan toʻldirilgan. Madrasa binosi 1997— 98 yillarda taʼmirlangan.
Bundan 455-yil muqaddam bunyod etilgan madrasada Hunarmandchilik markazi ochildi
Gap Buxorodagi Modarixon madrasasi haqida bormoqda. U Abdullaxon tomonidan onasi sharafiga 1567-yilda qurib bitkazilgan. Buxoroliklarga “Qoʻsh madrasa” nomi bilan yaxshi tanish ushbu tarixiy goʻshada Abdullaxon madrasasi ham joylashgan. Ikki qavatli, mahobatli qilib barpo etilgan, sharqona naqshlar bilan bezatilgan Modarixon madrasasi oʻz vaqtida ilmu maʼrifat maskani sifatida tanilgan.
Asrlar sinovidan oʻtgan bu tarixiy obida turli sabablarga koʻra qarovsiz holga tushgani, bu yerga sayyohlarni boshlab kelishga yurak betlamay qolgani ham bor gap. Ammo, chamasi, endi u kunlar ortda qoldi. Buxoro shahar prokuraturasi tashabbusi bilan ayni damda boʻsh turgan ushbu madaniy meros obyektidan oqilona foydalanish chora-tadbirlari belgilandi. Respublika Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tartiblari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Modarixon Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi ixtiyoriga berildi. Oʻz navbatida monomarkaz tomonidan 20 nafar hunarmand bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi. Unga koʻra, xalq amaliy sanʼati ustalari bu yerdan imtiyozli tarzda foydalanish imkoniga ega boʻldilar.
Chor Minor tarixiy yodgorligi tarixi, rasmlari bilan |
— Madrasa xonalaridan biri bizga ajratildi, — deydi kashtadoʻz Zulayho Karimova. — Bu yerda sevimli mashgʻulotimiz bilan shugʻullanishdan tashqari shogirdlar tayyorlaymiz. Hozirdayoq besh nafar qizga kashtadoʻzlik sir – asrorlarini oʻrgatyapman.
— Hunarmandchilik bilan oilaviy shugʻullanamiz, — deydi yana bir suhbatdoshimiz, miniatyurachi rassom Umid Mavlonov. — Buxoroning tarixiy yodgorliklari, qadimiy kitoblar biz uchun bitmas-tuganmas ilhom manbaidir. Modarixon madrasasining Hunarmandchilik markaziga aylantirilishi biz kabi boshpanaga ehtiyoj sezayotgan, koʻplab shogirdlar tayyorlayotgan xalq amaliy sanʼati ustalari uchun ayni muddao boʻldi.
Darhaqiqat, yaqin- yaqingacha sukunat choʻkkan, nazardan chekkada qolgan tarixiy goʻshaga hayot nafasi kirdi. Qadimiy hujralar ustayu ustazodalar bilan gavjumlashdi. Endi Modarixon sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan maskanga aylansa, ajab emas.
Darvoqe, Hunarmandchilik markazining ochilishi bayramona ruhda oʻtdi.Tadbirda Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov ishtirok etdi.
Abdullaxon madrasasi tarixi va fotosuratlari |