Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Buxoro shahridagi Ulug’bek madrasasi tarixi va rasmlari

Buxoro shahridagi Ulug’bek madrasasi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Ulug’bek madrasasi — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Gʻijduvon shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik.

Buxoro shahridagi Ulugʻbek madrasasi tarixi

Ulug’bek madrasasi tarixi

Mirzo Ulug’bek Samarqand va Buxoroda qurdirgan  madrasalardan eng kichigi va soddarogʻi. Ikkinchi nomi Fayziya boʻlgan.Madrasa 1432/33-yili pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan. Darsxona, masjid, kutubxona va 20ta hujralardan iborat boʻlgan. Keyinchalik u vayron boʻlgan va hozirgi taʼmirlangan holatidagi koʻrinishi bir qavatdir.

Madrasa hujjati nizomida oʻquv binosi har yili taʼmirlanib borilishi qatʼiy shart qilib qoʻyilgan. Undan ortganigina qolganlarga taqsimlangan. 1583-yili Abdullaxon II tomonidan maxsus taʼmir qilingan.

Madrasa joylashgan va unchalik katta boʻlmagan hududda („Xojai Jahon sarmozori“da) Buxoro inqilobiga qadar 7 nafar oʻquv dargohi faoliyat yuritgan.Madrasa shoʻrolar davrida qarovsiz ahvolga tushib qoladi. 1933-yilda V. Shishkin, V. Nilsen va I. Notkinlar ilmiy tekshiruv ishlarini olib borishgan va madrasa oʻlchamlarini aniqlashgan.

Buxoro shahridagi Ulugʻbek madrasasi

Abduxoliq Gʻijduvoniyning 890 yilligi munosabati bilan Ulugʻbek madrasasi 1993-yil taʼmirlandi. 2003-yil Gʻijduvoniy daxmasi ustiga, tomi ustunli yogʻoch o’ymakori gumbaz  bilan yopilgan, ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi.

Ulug’bek madrasasi rasmlari.

Buxoro shahridagi Ulugʻbek madrasasi tarixiBuxoro shahridagi Ulugʻbek madrasasiBuxoro shahridagi Ulugʻbek madrasasi tarixi va rasmlari

Hozirda madrasaning darsxonasida Buxoro muzeyining filliali, masjidida — kutubxona oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.

Abdullaxon madrasasi tarixi va fotosuratlari

 

Madrasa bir qavatli, murabba tarxli (33×30 metr),masjid,darsxona va hujayralardan iborat. Peshtogʻi chuqur ravoqli. Oʻrtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8×4,6 metr), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy toʻridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovlining (15×13 metr) 2 yonida 8 ta hujra boʻlib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali.

Bizgacha Ulugʻbek madrasasining bosh tarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. Bosh tarzida Ulugʻbek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning gʻarbida shayx Abduxoliq Gʻijduvoniy qabri joylashgan. Bosh tarzi peshtogʻi yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi xujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan.Mirzo Ulug’bek Samarqand va Buxoroda qurdirgan  madrasalardan eng kichigi va soddarogʻi. Ikkinchi nomi Fayziya boʻlgan.

Fayzobod xonaqohi

 

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x