Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xoʻja Zaynuddin majmuasi tarixi haqida batafsil

Xoʻja Zaynuddin majmuasi tarixi haqida batafsil

by nafisa nafisa

Xoʻja zaynuddin majmuasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr 1 yarmi); ikki koʻcha kesishgan yerda bunyod etilgan xonaqohmasjid. 1465—80 yillarda Buxoro qozikaloni lavozimida boʻlgan Xoʻja Zaynuddin tashabbusi bilan Imom alBuxoriy sharafiga usta Mir Doʻstumbiy tomonidan qurilgan. Bino masjidga moʻljallab qurilgan, hujralari ham bor.

xo'ja Zaynuddin majmuasi

Xoʻja Zaynuddin majmuasi

Xonaqoh peshtoqgumbazli katta xona va 5 kichik hujralar hamda unga ikki tomondan tutash ayvondan iborat, hovuz hovlining katta qismini egallagan; xonaqohning jan. tomonidagi ravoqlardan biriga Xoʻja Zaynuddin qabri joylashtirilgan. Xonaqohning bosh tarzi peshtogʻida naqsh qoldikdari saqlangan. Katta xonadan 3 tomon (chuqur ravoq orqali koʻchaga va 2 tomonidan ayvon)ga chiqiladi. Xona gumbazi murakkab qalqonsimon bagʻallar yordamida asosiga tayangan, gumbaz ichi 32 ga boʻlinib, ular hallangan mayda gullar bilan bezatilgan, gumbazning quyi qismi muqarnaslar qatori bilan hoshiyalangan.

O’qituvchilar oylik maoshi qancha?

 

Xona devorlaridagi taxmonlar hamda mehrobga yarim gumbaz shaklida muqarnaslar ishlangan. Devor izoralari sirkori parchinlardan murakkab handasiy shakllar, oʻsimliksimon nakshlar bilan bezatilgan; gumbaz, taxmonlar, mehrob va gʻarbiy devordagi yozuvlar qatori kundal usulida bajarilgan. Devorning yuqori — asosiy qismi islimiy naqshlar (oq, qora, koʻk rang) bilan qoplangan. Katta xonaning ayvonga tutash devorlari ravoqli namoyonlarga boʻlingan. Shimoliy sharqidagi bal. 7 m boʻlgan 8 ustunli ayvon atrofi toshlar bilan qoplangan hovuzli hovliga qaragan (hovuzga oʻymakori ajdar shaklidagi marmar novdan suv keltirilgan).

Ayvon shifti toqili, yulduzsimon 7 hovuzaklarga boʻlinib, handasiy naqshlar bilan jozibador bezatilgan. X. 3. m. jamoat va diniy binolar meʼmorligini oʻziga xos mujassamlashtirgan inshoot sifatida qimmatlidir.

Tarbiya va odat haqida maqollar to’plami. Sara maqollar

 

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x