Bosh sahifa » Yillik ish rejalar » O’qituvchilar oylik maoshi qancha?

O’qituvchilar oylik maoshi qancha?

by nafisa nafisa

O'qituvchilar oylik maoshi

O’qituvchilar oylik maoshi

Buni ham o’qing>>Fan oyliklarni o’tkazish tartibi va hujjatlari jamlanmasi

O’qituvchilar oylik maoshi qancha,O’qituvchilar qancha maosh olishi kerak,O’qituvchilaning oylik maosh haqida ma’lumot qidiryapsizmi.Bu haqida ushbu sahifamizdan ma’lumotlarni olishlaringiz mumkin.

O‘zbekistonda 2022-yilda ayrim toifadagi o‘qituvchining oylik ish haqlari oshiriladi. Bu haqda O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ma’lumot berilgan.

Ma’lum qilinishicha, iqtidorli o‘qituvchi ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha oshiriladi:

  • oliy toifali o‘qituvchilar uchun — kamida 15 foizga;
  • birinchi toifali o‘qituvchilar hamda — kamida 10 foizga;
  • ikkinchi toifali o‘qituvchi uchun — kamida 5 foizga.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda O‘zbekistonda oliy toifali o‘qituvchilarning maoshi ekvivalent hisobida ming dollarga yetkazilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, tibbiyot sohasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ikki baravar oshirilib, oliy toifali shifokorlar maoshi ming dollarga yetkaziladi.

2021-yilning 1-sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi . Bu haqida Prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra sentabr oyidan boshlab pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

Maktab direktori:
– 3 185 070 so‘m (400 o‘quvchigacha)
– 3 400 886 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
– 3 606 259 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
– 3 814 781 so‘m (1600 dan ortiq)

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
– 2 974 763 so‘m (400 o‘quvchigacha)
– 3 185 070 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
– 3 400 886 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
– 3 606 259 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
– 1 376 802 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
– 1 496 631 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
– 1 621 000 so‘m (1600dan ortiq)

CHQBT rahbari:
– 2 mln 299 ming 438 so‘m

O‘qituvchilar:
– O‘rta maxsus – 2 149 436 so‘m
– Mutaxassis – 2 299 438 so‘m
– Ikkinchi toifali – 2 574 348 so’m
– Birinchi toifali – 2 868 608 so‘m
– Oliy toifali – 3 170 010 so‘m

Kutubxonachi va kutubxona mudiri:
– Kutubxonachi (o‘rta maxsus) – 1 094 227 so‘m
– Kutubxonachi (oliy ma’lumotli) – 1 151 816 so‘m
– Kutubxona mudiri (o‘rta maxsus) – 1 261 866 so‘m
Kutubxona mudiri (oliy ma’lumotli) – 1 376 802 so‘m

Yoshlar yetakchisi – 2 mln 299 ming 438 so‘m (Agar yetakchilik shtati tugatilmasa)

Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi – (0.5 st) – 1 mln 149 ming 719 so‘m

Psixolog – 2 mln 69 ming 494 so‘m

Maktab laboranti (1 st) – 1 137 632 so‘m

 

Tavsiya etamiz : Barcha fanlaridan 2022-2023 o’quv yiliga mo’ljallangan taqvim mavzuiy rejalar

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x