MAKTABLARDA FAN OYLIGI QUYIDAGICHA
- Sentabr – Boshlang‘ich ta’lim
- Oktabr – Ona tili va adabiyot
- Noyabr – Rus va xorijiy tillar
- Dekabr – Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, huquq)
- Yanvar – Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya)
- Fevral – Aniq fanlar (matematika va informatika)
- Mart – Geografiya va iqtisodiyot
- Aprel – Amaliy fanlar ( tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnalogiya)
- May – Jismoniy tarbiya, ChQBT
“Fan oyliklari”ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
1. “Fan oyliklari”ni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi metodik tavsiyasi asosida maktab buyruqlari, metodik tavsiyalari ishlab chiqiladi va shu asosda tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshiriladi.
2.Har bir oyda barcha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ‘ fan oyligi” ni yuqori saviyada, Fan oyliklarni o’tkazish tashkil etilishiga shaxsan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining ijtimoiy fanlar (kimga briktirilgan boʻlsa) metodistlari mas’ulligi belgilanadi.
Tuman, shahar xalq ta’limi boʻlimlari tasarrufidagi ta’lim muassasalari miqyosida “Fan oyliklari” boshlanishidan oldin va yakunlangandan so‘ng o‘quvchilarning DTS bo‘yicha o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarining monitoringi o‘tkaziladi hamda tahlil qilinadi. (maktablar, fanlar kesimida jadval shakllantiriladi).
3. Maktabning foyesida tashkil etilgan “Fan oyliklari” burchagi ijtimoiy fan metodbirlashma barcha a’zolari tomonidan “tarix, davlat huquq asoslari, tarbiya” fanlariga oid ma’lumotlar (maktab buyrug‘i, chora-tadbirlar rejasi, ko‘rgazmali vositalar) hamda qo‘shimcha fanga oid yangi axborotlar bilan jihozlanadi.
4. Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ijtimoiy fanlar oyligini o‘tkazish jarayonidagi eng namunali tadbirlar, amaliy seminarlar va “Innovatsion mahorat darslari”, ilg‘or ish tajribalar viloyat, shahar ommaviy axborot (ijtimoiy tarmoqlar) vositalarida keng yoritib boriladi (ijtimoiy tarmoqga chiqariladigan barcha ma’lumotlarning saviyasi, sifati, o‘qituvchi va o‘quvchilarning kiyinish madaniyati rioya qilinganligi, olingan tasvirlarning sifatliligiga hududiy fan metodistlari mas’ul hisoblanadilar).
5. Maktabda oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan mazkur fanga doir devoriy gazetalar chiqariladi.
6. Barcha ta’lim muassasalari uchun 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi”ni keng nishonlanishi munosabati bilan “Fan oyligi” ning ikkiinchi haftasida #konstitutsiya _va_o‘quvchi chellenge e’lon qilish va oʻtkazish. Chellenge doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi”ni keng nishonlanishi, “Konstitutsiya” so‘zi turli davrlarda, turli ma’nolarda qo‘llanilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda u oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar poydevorini, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qat’iy nazorat qilinadigan asosiy qonunni anglatishini, Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanishi, unda jamiyatning ijtimoiy siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topganligi haqida bo‘lishi tavsiya etiladi (chellenge sifatli video va matn, rasmlar orqali tayyorlanadi va ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boriladi).
Ushbu chellenge o‘tkazishdan asosiy maqsad, O‘zbekistonimizning Konstitutsiyasida yurtdoshlarimizning kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish, ularning baxtu kamolini ko‘rishdek orzu-havaslari o‘z ifodasini topganligi bilan birga, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, unda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – Inson degan fikr ilgari surilgan va shu asosda fuqaro – jamiyat – davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimi belgilab berilganligi, asosiy qonunimizda davlatimizning, jamiyatimizning va har bir fuqaroning huquq va burchlari bir-biriga uygʻunlashib muvofiqlashtirilganligini yoshlar ongiga singdirish hamda konstitutsiyaga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishdan iborat.
7. Ijtimoy fan o‘qituvchilarning ijodiy ishlari, ko‘rgazmalari hamda o‘qituvchilar tanlovlari tashkil etish hamda eng namunali uslubiy birlashma va fan uyushmalarning ishlari ommalashtirish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.Fan oyliklarni o’tkazish
8. Oliy ta’lim muassasasi professor oʻqituvchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan mazkur fanga qiziqqan o‘quvchilar ishtirokida davra uchrashuvlari tashkil etiladi.
9. Maktabdagi uslubiy birlashmalar yillik ish rejasida “Fan oyliklari” uchun belgilangan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi (mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejalar kiritiladi, pedagogika kengashida tasdiqlanib, ijrosi ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz : Barcha fanlaridan 2022-2023 o’quv yiliga mo’ljallangan taqvim mavzuiy rejalar