Dekabr fan oyligi
Dekabr oyi maktablarda Tarbiya va ijtimoiy fanlar(tarix, huquq)dan fan oyliklari hisoblanadi.Shuning uchun bu fan oyligi hujjatlari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi Xalq ta’limi tizimini 2030-yigacha rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zlangan maqsadida fan o‘qituvchilarini bilim darajasini ko‘tarish, o‘qituvchilar orasidan ilg‘or, tashabbuskor va iqtidorli o‘qituvchilarni aniqlash, ta’lim jarayonida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muqobil metodlarni o‘rgatish, o‘quvchilardagi ijodiy va kasbiy qobilyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy rag‘batlantirish, umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, tarbiya ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilarning qobilyatlarini yuzaga chiqarish, yosh avlodning ma’naviy-intelektual salohiyatlarini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘iijrosini ta’minlash maqsadida Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2020-yil 24-noyabrdagi 199-sonli buyrug‘i hamda shahar xalq ta’limi bolimining “Tarbiya va ijtimoiy fanlar oyligi”ning o’tkazish bo’yicha qarori imzolandi.
Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yoʼlida xizmat qilish – eng oliy saodatdir)
Mustaqillik yillari Oʼzbekiston tarixida misli koʼrilmagan yangilanishlar va oʼzgarishlar davri boʼldi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan ulkan natijalar Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida xalqimiz tanlagan taraqqiyot yoʼlining toʼgʼri ekanligini koʼrsatmoqda. Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, izchil iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni taʼminlash, inson huquq va erkinliklarini faol himoya qilish, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish kabi yoʼnalishlar suveren davlatimizning adolatli va insonparvar ichki siyosatida ustuvor masalasiga aylanib ulgurdi. Ular sirasida jamiyat maʼnaviy yuksalishi va shaxs maʼnaviy kamolotiga berilayotgan eʼtiborni alohida taʼkidlash lozim. Bu haqiqatni bugungi kunda jahon hamjamiyati ham eʼtirof etmoqda, Oʼzbekiston tajribasini oʼrganishga boʼlgan qiziqish ortmoqda.
Mustaqillik – xalqimiz uchun chindan ham oʼzlikni anglash, maʼnaviy-ruhiy tiklanish davri boʼldi. Vatanimizning qadim va shonli tarixiga, xalqimizning boy maʼnaviy va madaniy merosiga boʼlgan munosabat oʼzgardi. Betakror tilimiz, muqaddas dinimiz, azaliy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarimizning hayotimizdagi oʼrni va nufuzi qayta tiklandi, donishmand ajdodlarimiz xotirasiga munosib hurmat va ehtirom koʼrsatildi.
Yurtboshimiz oʼzining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yoʼlida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitoblarida tarixda nom qoldirgan ajdodlarimizni eʼtirof etib: “Bugun yurtimizda kechagi kunni eslamaydigan, ajdodlarini, bobolarini yodga olmaydigan odamning oʼzi yoʼq, desam, adashmagan boʼlaman. Dunyo tarixida qudratli saltanat yaratgan sohibqiron Аmir Temur bobomiz, oʼz aql-zakovati, ulkan ilmiy salohiyati bilan jahon tamadduniga beqiyos hissa qoʼshgan buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz bilan kim faxrlanmaydi deysiz?” deb taʼkidlaydilar.
Insoniyatning koʼp ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zoʼravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni oʼziga tobe qilib, boʼysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi boʼlsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, yaʼni eng buyuk boyligi boʼlmish milliy qadriyatlari, tarixi va maʼnaviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdigʼini uzoq va yaqin tarixdagi koʼp-koʼp misollarda yaqqol koʼrish mumkin.
Dunyoni madaniyat, maʼnaviyat, maʼrifat qutqaradi. Jahon sivilizatsiyalari tarixi bunga guvoh. Insoniyat azal-azaldan taraqqiyotning yuksak bosqichi tomon maʼnaviyat, maʼrifat orqali intilib kelgan. Yurtboshimizning «Biron-bir jamiyat maʼnaviy imkoniyatlarini, odamlar ongida maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib oʼz istiqbolini tasavvur eta olmaydi», deganlari ham bejizga aytilmagan.
Har qaysi millat yoki xalqning maʼnaviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, oʼsib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu maʼnoda, umumtaʼlim muassasalarida har yili anʼnaviy tarzda dekabr oyi “Tarix va huquq fan oyligi” deb belgilangan.
Tarix fani boʼyicha:
5-sinflarda “Maktab ilm oʼchogʼi”,
6-sinflarda “Yunon-fors urushlari”,
7-sinflarda “IX-X asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar sulolasining inqirozi. Gʼaznaviylar davlati”,
8-sinflarda “Maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hayot”,
9-sinflarda “Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari”,
“Davlat va huquq asoslari” fani boʼyicha:
8-sinfda “Huquq muhofaza qiluvchi organlar”,
9-sinfda “Oila va jamiyat”.
Ochiq darslarda eng yaxshi deb topilgan darslarning ishlanmalaridan yigʼma jildlar tayyorlanib, mazkur yigʼma jildlar oʼqituvchilar xonasida yoki metodika xonalarida saqlanishi tavsiya etiladi.
Viloyat, tuman (shahar) maktab oʼqituvchilari tomonidan tayyorlangan “Eng yaxshi dars ishlanmasi” yigʼma jildi tayyorlanadi. Kelajakda mazkur yigʼma jildlardan yosh oʼqituvchilar, talabalar foydalanishlari uchun, ushbu jildlar metodik markazlarda yoki metod kabinetlarda saqlanadi. Bunday yigʼma jildlardan namunaviy dars ishlanmalari bankini yaratish va viloyat miqyosida ommalashtirish, shuningdek, respublika miqyosida oʼtkazilayotgan “Eng yaxshi dars ishlanmasi” tanloviga tavsiya etiladi.
Fan oyliklarini yakunlash
Festivalga yuqori sinf oʼquvchilariga mamlakatimizda istiqomat qiladigan turli millatlar (masalan; rus, koreys, tojik va h.k) nomlari yozilgan kartochkalar qurʼa tashlash yoʼli bilan boʼlib beriladi.
Tanlov shartlarini quyidagicha belgilash mumkin:
Devoriy gazeta yoki buklet tayyorlash. Unda
• Millatning rivojlanish tarixi;
• Madaniyati;
• Urf-odatlari;
• Turmush tarzi;
• Kiyim-kechagi;
Tanlovning ikkinchi sharti. Millatning qadriyatlarini 10-15- daqiqalik sahna chiqishlari (folьklor) orqali namoyish etish.
Eng yaxshi chiqishlar oylik soʼngida oʼtkaziladigan maktab fyestivalida namoyish qilinadi.
Fan oyligi davomida ommaviy axborot vositalarida, maktabning internet WEB sahifalarida maʼlumotlar berib boriladi.
Viloyat, tuman (shahar) metodistlari tomonidan tarix, davlat va huquq asoslari fanini oʼqitish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar, tadbir stsenariylari, dars ishlanmalari, test va nazorat ishlari toʼplamlari tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.
Ushbu oylik davomida Prezident Islom Karimovning “Oʼzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, ”Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yoʼlida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitoblari, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasidan foydalangan holda seminarlar tashkil etish tavsiya qilinadi. tarix fan oyligi Mazkur oylik davomida Tarix va Huquq fani bilan birgalikda “Dunyo dinlari tarixi” faniga alohida eʼtibor qaratish darkor. Bunda oʼquvchilar orasida “ommaviy madaniyat”, “odam savdosi”, diniy ekstremizm va missionerlikning oldini olishga, diniy bagʼrikenglik gʼoyalariga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilishga alohida eʼtibor berish, taʼlim sohasiga tezkorlik bilan kirib kelayotgan yangiliklardan xabardor boʼlib, ularni pedagogik faoliyatida qoʼllashga eʼtibor qaratish lozim.
Yuklab olish : Tarbiya va tarix fan oyligi
Tavsiya etamiz : Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi