Bosh sahifa » Fan oyligi » Geografiya va iqtisodiyot fan oyligi o’tkazish tartibi

Geografiya va iqtisodiyot fan oyligi o’tkazish tartibi

by nafisa nafisa

 Fan oyligi hujjatlari

Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan “Fan oyligi”ni oʻtkazish boʻyicha tavsiya
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalarga ega intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish muhim sanaladi.

Taraqqiyotning eng yuqori darajaga ko‘tarilishida mamlakatda yangi bilim va yangicha yondashuvlarning vujudga kelishiga ehtiyojning paydo bo‘lishi juda muhimdir. Barcha sohalar kabi Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda mavjud bo‘lgan muammolarning bartaraf etilishi ham ertangi istiqboldagi yutuqlarimizdan biridir. Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishni takomillashtirish uchun sohada faoliyat yuritib kelayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari o‘qituvchilarining bilimi va kasbiy mahoratini zamon talablariga moslashtirish, xalqaro miqyosda ta’limda ro‘y berayotgan yangiliklar va islohotlardan xabardor bo‘lib borishlari hamda ulardan eng samaralilarini o‘z faoliyatlarida qo‘llab borishlarini ta‘minlash nihoyatda muhimdir.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish talab etiladi. Kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda – ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsad qilib belgilangan.

  • umumta’lim muassasalarida geografiya fanini o‘qitish sifatini oshirish;
  • ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
  • pedagog kadrlar va o‘quvchilarning geografiya fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash koʻzda tutilgan.

Fan oyligini oʻtkazishda mahalliy sharoitlarni inobatga olib, ijodiy yondoshgan holda quyidagilarga eʼtibor qaratish tavsiya etiladi.

  • Oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, yuqori sifat samaradorlikka erishish, fanlar yoʻnalishidagi yangiliklarni izlab topish va taʼlim jarayoniga tadbiq etish, oʻquvchilarning hozirgi zamon fan va texnikasini oʻrganishga boʻlgan intilishlarini oʻstirish;
  • taʼlim jarayonida oʻqituvchi hamda oʻquvchilar oʻzaro hamkorligida ularning mahorati, iqtidori va qobiliyatini yanada kengroq namoyish etishlari uchun imkoniyat yaratish;
  • oʻquv jihozlaridan, koʻrgazmali tajribalardan, didaktik materiallardan unumli foydalanish oʻquvchilar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllashi orqali koʻnikma va malakalarini hosil qilish;
  • geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan yaratilgan elektron darslik, oʻquv filmlaridan dars jarayonida samarali foydalanish usullarini namoyish etishi;
  • darsdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarning taʼlim tarbiya jarayonidagi ahamiyatini koʻrsatish;
  • oʻqituvchi va oʻquvchilarni fan sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar va yangiliklar bilan tanishtirish;
  • rivojlangan mamlakatlar taʻlim tizimini oʻrganish orqali, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish.

Geografiya va iqtisodiyot fan oyligini o’tkazish bo’yicha kkerakli tadbir ssenariylar va ko’rgazmalarni yuklab oling.

Geografiya fan oyligi kechasi dasturi

Geografiya fan oyligi tadbiri senariy

Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan fan oyligi

 

Tavsiya etamiz : Fan oyliklarni o’tkazish tartibi va hujjatlari jamlanmasi

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x